Ohaktoshni kuydirishga tayyorlash




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

Ohaktoshni kuydirishga tayyorlash. Ohaktosh bo‘laklarining iloji boricha bir 
xil o‘lchamda bo‘lishi ohakning sifatli kuydirilishini ta’minlaydigan muhim 
shartlarning biridir. Bu shartga shu sababdan rioya qilinishi kerakki, birinchidan, 
kuydirish muddati ohaktoshlarning o‘lchamiga bog‘liq, ikkinchidan, bir xil 
o‘lchamdagi ohaktosh bo‘laklari nisbatan ancha katta bo‘shliqhosil qiladi., shu bilan 
shaxta pechlarda gazlarga kam qarshilik ko‘rsatiladi. Yirik va mayda ohaktosh 
bo‘laklari aralashiga kuydirilsa, ohakning bir qismi chala, bir qismi esa o‘ta pishib 
ketadi. 
Bir xilda yirik shixta ishlatilsa, kuydirilayotgan material shaxta pechda tekis 
joylashadi. Pechga o‘lchami har xil ohaktosh solingan yirik bo‘laklari og‘ir bo‘lgan 
sababli pech periferiyasi bo‘yicha mayda bo‘laklar esa o‘rtasi (markazi)da to‘planib 
qoladi. Ohaktosh bo‘laklari qanchalik kichik bo‘lsa, shixta gazlarning o‘tishiga 
shunchalik ko‘proqqarshilik ko‘rsatadi. Tutun gazlar va yoqilg‘ining yonishi va 
ohakning sovishi uchun zarur havo qarshiligi kamroq uchastkalarda o‘tadi. Natijada 
pech markazida shixta etarli darajada pishmaydi va yoqilg‘ining talaygina qismi unda 
yonmay qolishi mumkin. 
Ohaktoshlar kuydirish uchun saralash vaqtidayoq tegishlicha tayyorlana 
boshlanadi. Odatda saralash paytida ohaktoshlar maydalanadi. Chunki ohaktosh 
bo‘laklari ko‘pincha juda katta, ya’ni 50-60 sm gacha va undan ham katta 
o‘lchamlarda bo‘ladi. 
Ohaktoshni qanchalik katta-kichik o‘lchamda maydalash kerakligi odatda 
ishlatiladigan pech tipiga bog‘liq bo‘ladi. Shaxta pechda kuydirilganda ko‘ndalangiga 
20-40, 40-80 va 80-120 mm keladigan ohaktoshlar alohida-alohida pishadi. 80-120 
mm bo‘laklar faqatgina shu vaqtgacha ishlatib kelinayotgan pechlarda kuydiriladi. 
Chunki ohaktosh bo‘laklari katta bo‘lgani uchun ularni uzoq vaqt kuydirishga to‘g‘ri 
keladi. Yangi pechlar qurayotganda esa 20-40 va 40-80 mmo‘lchamdagi 


91 
ohaktoshlardan foydalanish zarur. Aylanma pechlarda kuydirilayotganda 5-20 va 20-
40 mmo‘lchamlardagi ohaktoshlar ishlatiladi. 
Maydalash jarayoni yopiq yoki ochiq sikl bo‘yicha olib borilishi mumkin. 
Ochiq sikl bo‘yicha ishlatilayotganda, material maydalagich apparatidan faqat bir 
marta o‘tkaziladi. Yopiq sikl bo‘yicha ishlayotganda esa yirik bo‘laklar yana 
qaytadan maydalanadi. Ochiq sikl bo‘yicha ishlayotganda maydalangan mahsulot har 
xil, ya’ni chang-kukundan tortib maydalagich chiqish teshigining eni baravari 
keladigan o‘lchamdagi parchalardan iborat bo‘ladi. Bunday mahsulotdagi tovar 
fraksiya unchalik ko‘p bo‘lmaydi, odatda 50% dan kamrog‘ini tashkil etadi, qolgan 
qismi esa chiqindiga chiqib ketadigan mayda-chuydalardan iborat bo‘ladi. 
Maydalashning yopiq sikli nisbatan ko‘proq 60-70% tovarli fraksiya olishga imkon 
beradi. Shuning uchun ham bir xil fraksiya kattalikdaga mahsulot olish uchun 
maydalashning ana shu usuli qo‘llanadi. 
Maydalash-saralash ustanovkasi quyidagicha ishlaydi. Kondan tashib 
keltirilgan ohaktosh qabul qiluvchi bunkerga solinadi, u erdan plastinka ta’minlagich 
yordamida bir tekisda panjara to‘rga uzatib turiladi. To‘r panjaralari orasidan 
o‘tmagan yirik bo‘laklar maydalagichga, maydalari esa saralagich sim g‘alvirga 
yuboriladi. Maydalagichda maydalangan mahsulot ham ana shu sim g‘alvirga 
tushadi. Saralagich sim g‘alvir odatda bir necha elakdan iborat bo‘ladi. Elaklarning 
soni bo‘lak-parcha o‘lchamlari soniga bog‘liq. Yuqorigi elakdan o‘tmagan yirik 
ohaktosh bo‘laklari yana maydalashga yuboriladi, har qaysi elakdan ushlanib qolgan 
mayda bulaklari esa saralagich sim g‘alvir ostiga o‘rnatilgan bunkerning tegishli 
bo‘limlariga to‘kiladi. 
Ohaktosh bo‘laklarining o‘lchamlari va fraksiyaning talab qilinayotgan 
yirikligiga qarab bir yoki ikki pog‘onali maydalash sxemasi qo‘llaniladi. Bir 
pog‘onali sxema bo‘yicha maydalayotganda material bitta maydalagichda 
maydalanadi. Ikki pog‘onalida esa material ketma-ketiga ikki maydalagichdan o‘tadi: 
birinchisining chiqish teshigi katta, ikkinchisining kichik bo‘ladi. Maydalangan 
mahsulot shu orada yana bir bor saralanishi ham mumkin. 


92 
Qanday tipdagi maydalash apparatini tanlash xom ashyo turiga bog‘liq. Misol 
uchun, zich ohaktoshlar jag‘li maydalagichlarda maydalanadi. Bo‘sh karbonat jinslar, 
asosan bo‘rni maydalashda bu maydalagichlarni ishlatib bo‘lmaydi. Chunki 
maydalagichlarga yopishib qolishi mumkin. Shuning uchun tishli valslar ishlatiladi. 
Zich ohaktoshlar SM11 A va SM-16 A markali maydalagichlarda yaxshi 
maydalanadi (10-jadval). 
10-jadval. 
Jag‘li maydalagichlarning texnik ta’rif-tavsifi 
Ko‘rsatgichlarning nomi 
Maydalagich turi 
SM-11 A 
SM-16 A 
Solish teshigining o‘lchami, mm ……………. 
Solinayotgan material bo‘laklarining ruxsat etiladigan 
eng katta o‘lchamlari, mm……… 
Chiqish teshigining eni, mm…………………. 
Ishlab chiqish unumi, m
3
/soat………………. 
Elektrodvigatelning belgilangan quvvati, kvt… 
400X600 
350 
60 gacha 
12-15 
23,5 
600X900 
500 
150 gacha 
70 
80 
Maydalangan mahsulotda o‘lchami har xil donalardan taxminan qancha 
bo‘lishini (maydalagich chiqish teshigining eniga qarab) 10-jadvalda keltirilgan 
ma’lumotlardan bilish mumkin. 
Ko‘rinib turibdiki, chiqish teshigi tovar fraksiyasining eng katta o‘lchamidan 
kattaraq maydalagich ishlatish hamda yopiq sxema bo‘yicha maydalash maqsadga 
muvofiqdir. Bu holda mayda-chuyda chiqindi kam bo‘ladi. Misol uchun 40-80 mm 
o‘lchamlarda maydalsh uchun chiqish teshigi 60 mm maydalagich ishlatish kerak 
bo‘lsa, unda maydalangan mahsulotda 48% tovar fraksiya, chiqish teshigi 100 mm 
bo‘lsa, taxminan 46+24·0,46=57% tovar fraksiya hosil bo‘ladi. Chunki 80 mm dan 
yirik bo‘laklarni ikkinchi marta maydalash 9% ga yaqin tovar mahsulot beradi. 
Maydalangan ohaktoshni elash uchun har xil saralagich sim g‘alvir, shu 
jumladan uch elakli ekssentrik saralagich ishlatiladi (11-jadval). 


93 
11-jadval 
Jag‘li maydalagichda maydalangan mahsulotning dona tarkibi 
Donalarning o‘lchami, 
mm 
Donalarning protsent hisobidagi miqdori (maydalagich 
chiqish teshigining eni kuyidagicha bo‘lganida, mm) 
60 
100 
0-5 
5-20 
20-40 
40-80 
80-120 

17 
30 
48 


11 
16 
46 
24 
Elak teshiklarning o‘lchamlari ohaktosh donalari kanday yiriklikda bo‘lishi 
kerakligiga qarab tanlanadi. Tanlanayotganda shuni nazarda tutish kerakki, elak 
teshiklarining o‘lchami kichraysa, saralagich sim g‘alvirning unumi ham keskin 
kamayadi. Elaklarni almashtirayotganda saralagich sim g‘alvir talab qilgan darajada 
unumli ishlatiladigan bo‘lishiga qarab tegishlicha hisoblab tekshirilishi lozim. 
12-jadval 
Ohaktoshlarni elash uchun ishlatiladigan saralagich sim g‘alvirning texnik 
ta’rifi-tavsifi 
Ko‘rsatgichlar nomi 
Saralagich turi 
SM-96 
SM-61 
Elak o‘lchamlari, mm 
Elaklar soni, dona 
Elak teshiklarining o‘lchamlari, mm 
Ishlab chiqarish unumi, m
3
/soat 
Elektrodvigatel quvvati, kVt 
750X2000 

60X60 
13-16 
3,2 
1230X3050 

32X32 
60 
7,8 
Ohaktosh sifati belgilariga qarab saralanadi. Tarkibida ko‘p gil yoki qum 
aralashma bo‘lgan ohaktoshlarni ajratib tashlash kerak, aks holda kuydirish 
temperaturasida bunday ohaktosh qisman erib yumshaydi va katta bo‘lak-bo‘lak 


94 
bo‘lib qotib qoladi yoki pech qoplamaga yopishib, shixtaning osilib qolishiga 
sababchi bo‘ladi. 
Ohaktoshlarni konning o‘zida maydalab, elab, saralab olgan ma’qul. Shunda 
uni tashish arzonga tushadi, ohaktosh chiqindilarini to‘kish joylari osongina topiladi. 
Pech tinimsiz ishlashi uchun pech sexdagi sarflash bunkerlarida pechning 
butun bir yoki ikki smena davomida (maydalagich-saralagich, uskunaning ishlash 
rejimiga qarab) to‘xtovsiz ishlab turishi uchun etarli miqdorda mayda ohak zaxirasi 
saqlanadi. Zavod xom ashyo bazasi yaqinida bo‘lsa, omborda, uch kunlik xom ashyo 
zaxirasi turishi kerak. Zavod tashib keltiriladigan xom ashyo hisobiga ishlasa bir 
oylik ohaktosh zaxira saqlanadigan ombor quriladi. 
Omborlarga yuklash-tashish ishlarini qo‘lda bajarish o‘rniga mexanizmlar 
vositasida bajarish imkonini beradigan tuzilmalar o‘rnatiladi. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish