Portlandsement klinkerining uchkalsiyli silikati va alit fazasi




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

Portlandsement klinkerining uchkalsiyli silikati va alit fazasi 
Alit — portlandsementning yuqori mustahkamligi, tez qotuvchanligi va boshqa 
qator xossalarini ta’minlovchi klinkerning muhim silikat mineralidir. Uning miqdori 
klinker tarkibida 45…80%. Hozirgi kunda uni uch kalsiy silikatning kam miqdordagi 
MgO, A1
2
O
3
, P
2
O
5
, Sg
2
O
3
va boshqalar bilan qattiq eritmasi deb hisoblanadi. C
3
S
tarkibida bu moddalarning miqdori kam bo‘lishiga (2…4%)qaramay, ular C
3
S ning 
struktura va xossalariga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi 
CaO-SiO
2
sistemasida uchkalsiyli silikat–3CaO · SiO
2
(Ca
3
SiO
5
) muhim birikma 
hisoblanadi. Uch kalsiyli silikat murakkab polimorfizm xususiyatiga ega bo‘lib, 1100 
°C haroratgacha bo‘lgan oraliqda etti turdagi polimorf shakllarda kristallanadi: 
Uch kalsiyli silikatning barcha modifikatsiyalari trigonal panjaraga juda yaqin 
bo‘lgan kristall panjaralar hosil qiladi. C
3
S ning shakldan-shaklga o‘tishini o‘rin 
almashinishga taalluqli deb tushunilsa bo‘ladi. Strukturalar shunchalar o‘xshashki, 
dastlabki koordinatsion bog‘larni buzmasdan turib bir shaklni boshqa shaklga 
aylantirish uchun atomlar holatini bir ozgina o‘zgarishning o‘zi kifoyadir. 
O‘zgarishlar bilan birga kechuvchi termik effektlar juda ham kam bo‘lib, 250 kal/mol 
miqdorini tashkil etadi. Uch kalsiyli silikat 1250 °C dan past haroratlarda barqaror 
bo‘lmay, uzoq davom etuvchi termik ishlovda C
2
S va CaO ga parchalanadi. 
Parchalanish 1250 °C dan ortiq haroratlarda pishish asoratlaridan chetlab o‘tilishi 
uchun tez sovitish tavsiya etiladi. Ingliz olimlarining (Uelch va Gatt) izlanishlari 
orqali shu fikr tasdiqlandiki, ilgari hisoblanganidek C
3
S 1900 °C haroratda 
parchalanmaydi, balki 2070 °C haroratda CaO va suyuqlik hosil qilish bilan 
inkongruent tarzda eriydi. Gattning keyingi izlanishlari natijalari uni yuqori 
barqarorligi va 2150 °C haroratda parchalanish haqida guvohlik beradi. Uch kalsiyli 


147 
silikatni kristall panjarasining tuzilishi o‘ta murakkabligi bilan farqlanadi, shuning 
uchun C
3
S strukturasi xanuzgacha uzil-kesil ochilmagan. Strukturaning o‘ziga xos 
xususiyati – kalsiy atomlarining tartibsiz muvofiqlanishi va ularda boshqa atom 
aralashmalarning joylashishi uchun bo‘shliqlar mavjudligidir. C
3
S kristall panjarasi 
tetragonal o‘qlarda joylashuvchi [SiO4
]–4
mustaqil tetraedrlaridan tashkil topadi. C
3

strukturasida bir-biri bilan kalsiy ionlari orqali bog‘lanuvchi ikki asosiy dalil mavjud, 
ya’ni struktura elementlari orasida ion bog‘lanish mavjud bo‘lib, murakkab ionlar 
strukturaning aosiy elementlari bo‘lib hisoblanadi. Bunday murakkab ionlardan biri 
ortosilikatlar uchun xos bo‘lgan, kalsiy ionlari orqali bog‘langan orolsimon 
tetraedrlar ko‘rinishida bo‘ladi (rasm 17). Ushbu dalil asosida ko‘rsatilgan C
3

strukturasining bir qismi nihoyatda zich tarzda o‘raladi. Ca-O masofa 2,35 A
o
tashkil 
etadi. Yana boshqa bir dalilga ko‘ra, kremnekislorodli tetraedrga tegishli bo‘lmagan 
kislorod ionlarini kalsiy ionlari bilan bog‘lanishidir. Kislorodning bunday «erkin» 
ionlarining mavjud bo‘lishi C
3
S ning o‘ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. Bu ionlar 
kalsiy bo‘yicha–6 bo‘lgan koordinatsion songa ega. Kislorodning koordinatsion ko‘p 
oyoqligi bo‘lmish oktaedr C
3
S strukturasida buzilgan. K alsiy ionlari kislorod ioni 
atrofida shunday tarzda joylashganki, ulardan beshtasi bir yarimsferada, bittasi esa – 
boshqasi ichidadir, va bu kristall panjara ichidagi elektr maydoni taqsimlanishi 
buzishi lozim. Panjara ichidagi bo‘shliqlar 2,8A
o
gacha bo‘lgan o‘lchamga ega, bu 
esa struktura bo‘shliqlari ichiga Ba
2+
, Mg
2+
, OH– kabi ionlarining kirishi uchun 
etarlidir. 
Portlandsement klinkerlarida uchkalsiyli silikat asosidagi qattiq eritmalar 
klinkerning alit fazasini hosil qiladi. Portlandsement klinkerlari tarkibida alit 
fazasining miqdori 50–70 og‘irlik % oralig‘ida o‘zgaradi. Alit sanoat klinkerida 
monoklin, trigonal tarzda yoki monoklin va trigonal modifikatsiyalar aralashmasidan 
iborat bo‘lishi mumkin. Ba’zi sekinsovitiluvchi mahsulotlarda alitning – TII triklinli 
shakli mavjud bo‘ladi. TI – shakl klinkerlarda uchramaydi. Ba’zi klinkerlarda R-
shaklning mavjud bo‘lishi mumkin. Alitlarning C
3
S nisbatlari bo‘yicha ko‘p ishlar 
mavjud bo‘lsada, alit fazasining portlandsement klinkerlaridagi maydoni to‘liq 


148 
aniqlangan emas. Elektron mikroskopii yordamida bajarilgan izlanishlar alitli 
fazaning tarkibi o‘zgarmas emasligi, va MgO va Al
2
O
3
dan tashqari temir, kaliy, 
natriy, fosfor, titan, xrom, marganets ionlari hamda sulfat-ionlari va o‘rin 
almashinuvchi qattiq eritmalar kabi strukturasida uchkalsiyli silikat hosil qiluvchi 
boshqa element ionlaridan iborat ekanligi aniqlandi. Bunday ionlarning C
3
S kristall 
panjarasiga kirishi uni tartibsiz holatga keltiradi, va bu alitning gidravlik faolligini 
kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bunday effektni bog‘lovchi moddalar 
texnologiyasida «legirlovchi» deb yuritiladi, legirlash amalidan esa klinkerlarning 
gidravlik faolligini ko‘tarish usuli kabi foydalaniladi. Laboratoriya izlanishlari shuni 
ko‘rsatadiki, alit fazasini sintezlash haroratidan boshlab sekinlikda sovitish hosil 
bo‘lgan mahsulotni gidratatsiya chog‘ida mustahkamligini pasayishigava issiqlik 
ajralishini pasayishiga olib keladi. Suningdek, alitning yuqori haroratli 
modifikatsiyalari, qoidaga ko‘ra past haroratli modifikatsiyaga nisbatan ko‘proq faol 
ekanligi aniqlangan. Shuning uchun yuqori sifatli sement klinkeri olish uchun alitning 
yuqori haroratli trigonal yoki monoklinli shakllarini barqarorlashtirish maqsadida 
klinker tezlikda sovutilishi lozim. 
Alit kristallar odatda olti oyoqlik yoki to‘g‘ri burchaklik shaklda bo‘ladi. 
Uning zichligi 3,15 g/sm
3
. Toza C
3
S 1200…1250°C dan 1900…2070
0
C gacha 
harorat oraliqda barqaror bo‘ladi. Bu temperaturadan pastda C
3
S—C
2
S va CaO gah. 
2070
o
C dan yuqorida esa C
3
S eriydi. Pastki temperatura chegarasi amaliy ahamiyatga 
ega, chunki klinker sanoat pechida sovish zonasiga o‘tib soviyotganida bir oz vaqt 
1200…1250
o
C chegarada turib qoladi, bu esa C
3
S ning parchalanishiga olib keladi 
va demak, klinker sifatini yomonlashtiradi. Odatdagi temperaturalarda o‘ta sovish 
sababli klinker parchalanmaydi. 


149 
17-Rasm. Nish iva Taksuchi ma’lumotlariga ko‘ra,C
3
S ning modifikatsiyasi 
romboedrik kristall reshetka (R) qo‘rinishida. Rasmda qo‘rsatilgan kalsiy atomlari 
(shtrixlanmagan katta kruglar), kremniy atomlari (shtrixlanmagan kichik kruglar), 
kislorod ionnlari (shtrixlangan katta kruglar) va kislorodli tetraedrlar ( uch 
burchaklar) 
Klinkerdagi SO
3
miqdori, mass.% 
18-Rasm. Klinkerdagi MgO ning SO
3
ning miqdoriga nisbati . 


150 
Portlandsementning mustahkamligiga va boshqa xossalariga klinkerdagi alit 
kristallarining shakli (o‘lchami, klinker bo‘ylab turli o‘lchamdagi kristallarning 
taqsimlanishi, kristallanish darajasi va boshqalar) ham ancha ta’sir ko‘rsatadi. 
Petrografik taxlillarning ko‘rsatishicha, 600…700 markadagi portlandsementni 
tayyorlash uchun klinker tarkibidagi turli o‘lchamli alit kristallarning orasida asosan 
o‘lchami 3…20 mkm yiriklikdagi kristallar ko‘proq bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, 
kristallar to‘g‘ri prizmatik yoki geksagonal shaklda bo‘lishi ma’kul (Yu.M.Butt, 
V.V.Timashev). 
Xom ashyo tarkibidagi mavjud yoki maxsus xom ashyo aralashmasiga 
kiritiladigan FeO, MgO, CaSO
4
, CaF
2
, R
2
O
5
, TiO
2
, Sg
2
O
3
, MnO, Fe
2
O
3
kabi 
qo‘shilmalar portlandsement mustahkamligiga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan. 
Kuydiriladigan xom ashyo aralashmalari tarkibida 0,1…0,5% miqdorda yuqorida 
aytilgan qo‘shilmalarning bo‘lishi alitning kristallanishiga legirlovchi modda sifatida 
ta’sir ko‘rsatadi, bu esa sementlarning aktivligini oshirishga imkon tug‘diradi. Ammo 
bu qo‘shilmalarning ta’sir qilish mexanizmi yaxshi aniqlanmagan. M.M.Sichev, 
Yu.M.Butt, V.T.Timashev taxminicha, bunday moddalar sement klinkerini 
pishirishda alit kristallarining juda qulay struktura va o‘lchamlarda hosil bo‘lishiga 
imkon berib, boshqa kam mustahkamlik beradigan minerallarni hosil qilmaydi. 
Portlandsement klinkerida hosil bo‘ladigan alit tarkibini quyidagi formula bilan 
ifodalash mumkin: 
54CaO • 16SiO

• MgO • Al
2
O
3
Bog‘lovchi materiallar texnologiyasi uchun eng 
muhim sistemalardagi fazaviy muvozanatlar to‘g‘risidagi ba’zi ma’lumotlarni ko‘rib 
chiqamiz. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Portlandsement klinkerining uchkalsiyli silikati va alit fazasi

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish