• Fanga oid kompetensiyalar
  • Darsning borishi Tashkiliy qism
  • Sinf: 6 dars mavzusi: Musbat va manfiy sonlarni ko`paytirish. Darsning maqsadi




    Download 40.48 Kb.
    bet1/3
    Sana31.10.2023
    Hajmi40.48 Kb.
    #91776
      1   2   3
    Bog'liq
    38 son matematika fani oqituvchisi b (4)
    14 Кимё ўзбек, Сиртыига ОН баҳолаш (1) (3)

    SINF: 6 DARS MAVZUSI: Musbat va manfiy sonlarni ko`paytirish.
    Darsning maqsadi:
    ta’limiy: O`quvchilarda musbat va manfiy sonlarni ko`paytirish bo`yicha egallangan bilim, ko`nikma, malakalarni mukammallashtirish, mustahkamlash .
    tarbiyaviy: O`quvchilarda mehnatsevarlik, guruhlarda ishlash qobiliyatini shakllantirish, Al – Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg`oniyning eng buyuk xizmatlari haqida qisqacha to`xtalib, ularda vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish, ota-bobolarimizning jahon fani taraqqiyotiga qo`shgan hissasi haqida tasavvur hosil qilishdan iborat.
    rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarda topshiriqlarni bajarish jarayonida mantiqiy fikrlashni, o`quvchilar matematik nutqi, diqqati, xotirasini o`stirish, ularda tahlil qilish, taqqoslash, xulosalar chiqarish ko`nikmasini shakllantirish.
    Tayanch kompetensiyalar:

    1. Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.

    2. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilar 5-sinfda o’tilgan mavzular haqidagi tushunchaga ega bo’lishlari kerak.

    Dars turi: O`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini rivojlantiruvchi
    Dars jihozi: Darslik, dars ishlanmasi, testlar, tarqatma materiallar, mavzuga oid ko`rgazmali qurollar.
    Darsning foydalaniladigan metodlar: Savol-javob, suhbat, amaliy ishlar, guruhlarda ishlash metodlarini kompleks holda qo`llash .
    Darsning borishi
    Tashkiliy qism: O`quvchilar guruhlarga bo`linadilar. Guruhlar tomonidan Al – Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg`oniyning eng buyuk xizmatlari haqida qisqacha to`xtalib o`tiladi:
    Al – Xorazmiy(783 – 850) –

    • Bog`dodda IX –asrda faoliyat yuritgan “Bayt ul –hikma” ning yetakchi olimi, ilmiy rahbari, fanda yangi yo`nalish va maktab yaratgan allomalardan edi.

    • “Al-jabr val-muqobala” kitobi jahonda birinchi bo`lib algebra faniga asos bo`lgan.

    • Matematika fanida o`nlik pozitsion hisoblash sistemasini yaratdi. Shu asosda u qo’shish, ayirish, ko`paytirish va bo`lish amaliyotining qulay va oson yo`lini kashf etib, sharq va yevropani ilg`or hisoblash tizimiga o`rgatdi.

    • Fanda har qanday muntazam, izchil hisoblash jarayonini anglatadigan matematik tushuncha – algoritm tushunchasi ham al-Xorazmiy nomi bilan bevosita bog`liq, chunki olimning lotinlashgan nomi g`arbda “Algorizm”, “Algoritmus” bo`lib o`zgarib ketgan.

    • Fan olamida birinchi astronomik jadval “Ziji Xorazmiy” ni yaratgan.

    Abu Rayhon Beruniy (973 – 1048) –

    • Xorazm Ma’mun Akademiyasining yetuk olimi, ajoyib rahbari va mohir tashkilotchilaridandir.

    • U yevropalik olimlardan 6 asr burun yerning o`z o`qi atrofida aylanishi haqida fikr yuritdi. Shuningdek yerning dumalaoq shaklda ekanligi,jismlarning yer markaziga tortilishi haqidagi g`oyalari ham fan olamida buyuk kashfiyotlardan edi.

    • Dunyoning eng mukammal xaritasini ishlab chiqdi, o`zi yaratgan astronomik asboblar yordamida yer sharining o`ziga xos shakli globusni kashf qildi.

    • Yevropalik mashhur sayyoh Xristofor Kolumbdan 5 asr avval dunyoning narigi tomonidan bizga noma’lum bo`lgan yirik quruqlik – Amerika qit’asi mavjudligini ilmiy bashorat qildi.

    Ahmad Al – Farg`oniy(787 – 861) –

    • Sharqda birinchi astronomik asboblar ixtirochisi.

    • Matematik geografiya faniga asos solgan.

    • Ispaniyalik mashhur sayyoh Xristofor Kolumb Amerikani kashf etishda al-Farg`oniyning astronomik jadvallari va xaritasidan foydalangan.

    • Misrdagi Nil daryosi suv rejimini tartibga solishda u yaratgan nilometrdan o`tgan asrning 60-yillarigacha foydalanib kelingan.

    Guruhlar tomonidan yuqoridagi ma’lumotlar berilish jarayonida o`qituvchi tomonidan uy vazifasi 1015-1016-misollar tekshiriladi.
    Yozuv taxtasining o`ng tomoniga guruhlar nomlari yozilgan qog`ozlar osilib, har bir guruh darsda ishtirokiga qarab ballar bilan baholanadilar.

    Download 40.48 Kb.
      1   2   3




    Download 40.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sinf: 6 dars mavzusi: Musbat va manfiy sonlarni ko`paytirish. Darsning maqsadi

    Download 40.48 Kb.