|
Sinf: O‘qituvchi: SanaBog'liq 10-sinf-jismoniy-namunaAsosiy qism
1
Yangi mavzuni tushuntish. URM mashqlar majmuasi.
1- majmuasi
1- mashq. D. h.oyoqlar yelka kengligida ochilgan, qo‘llar pastda, zanjir qilingan .
1 oyoq uchida turib, qo‘llar kaftini yuqoriga qilib ko‘taring.
2 yonga engashib, og‘irlikni o‘ng oyoqqa tushirib, chapga biroz egiling. chapga
burilib, qo‘llarni yonga uzating. 4 dastlabki holatga qayting. Shuning o‘zini
boshqa tomonga bajaring. 2- mashq. D. h qo‘llarni yonga tushirib, tik turing
. 1 o‘ng oyoqni oldinga chiqarib, uchiga qo‘ying. 2 o‘ng qo‘lingizni chap
qo‘lingiz ustiga chalishtirib qo‘ying. 3 oyoqlar orasini ochib, qo‘llaringizni
yonga uzating va biroz cho‘ziling. Shuning o‘zini boshqa tomonga takrorlang.
3- mashq. D. h. tik turib, oyoqlar orasini yelka kengligida ochib, qo‘llarni yonga
uzating . 1 o‘ngga burilib, o‘ng oyoqni buking va oyoq uchida turib, yonga
egiling, qo‘llarni oldinga uzating. 2 yarim o‘tirib, o‘ngga egiling. Chap qo‘lni
bilakdan bukib, yelka orqasiga, o‘ng qo‘lni esa bilakdan bukib, belga qo‘ying.
3 dastlabki holatga qaytib, shuning o‘zini boshqa tomonga bajaring. 4- mashq. D.
h qo‘llarni yonga tushirib, oyoq uchida tik turing . 1 chap oyoqni bukib, o‘ng
oyoqning yoniga qo‘ying. Gavdani salgina burib, qo‘llarni chap yonga cho‘zing.
2 dastlabki holatga qayting va shuning o‘zini boshqa tomonga bajaring.
5- mashq. D. h. tik turib, oyoqlar orasini yelka kengligida oching va qo‘llarni
belga qo‘ying .1 oyoqlarning uchiga ko‘tarilib, tizzalarni ozgina buking. 2 oyoq
kaftini yerga qo‘yib, tovonlarni ichkaariga buring va tizzalarni to‘g‘rilang.
3tizzalarni biroz bukib, oyoq uchiga ko‘tariling va qo‘llarni belga qo‘ying.
Shuning o‘zini boshqa tomonga bajaring.
20
daqiqa
O‘z-o‘zining xavfsizligini
ta’minlash qoidalariga rioya
etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan
shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib
berish.
|
| |