|
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsda foydalaniladigan metodlarBog'liq 10-sinf-jismoniy-namunaDars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsda foydalaniladigan metodlar: interfaol, zamonaviy va noan’anaviy.
Dars jihozlari: xushtak, bayroqcha, sekundomer, sport anjomlari, qog‘oz va ruchka.
Kompetensiya: chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlarni bajara olish kompetensiyasi
№
Darsning borishi
Vaqt
Uslubiy ko‘rsatma
Tashkiliy qism
1
Tayyorlov qismi. O‘quvchilarni saflash, salomlashish, navbatchi o‘quvchi axborotini
tinglash, davomatni aniqlash, darsda qatnasha olmaydigan (kasal) o‘quvchilarni
aniqlash.
5
daqiqa
O‘quvchilarning sport
kiyimiga e’tibor berish
2
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga
burilish, yurish.
Gavdani tik tutishga
e’tibor qaratish
3
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
Mashqlarni to‘g‘ri va
mukam-mal bajarilishiga
erishish
O‘tilgan mavzuni takrorlash
1
O‘tgan dars yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob
o‘tkazish;
5
daqiqa
Nazariy bilimlarning
to‘gri anglashi va
mashq(lar)ni to‘liq va
to‘g‘ri bajarishiga e’tibor
berish
2
O‘tgan dars yuzasidan olingan amaliy bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob
o‘tkazish;
Asosiy qism
1
Yangi mavzuni tushuntish. Tayanib sakrash.
Siz, aziz o'quvchilar, buning uchun avval ikki oyoqlab sakrashni o'zlashtirib olishingiz
kerak. Bunda ko'prikchaga depsinib chiqib, sakrash bajariladi, so'ng ikkala oyoqqa
tushiladi. Qizlar sakrashni quyidagicha bajaradilar: ular uzoq bo'lmagan masofadan
yugurib kelib ko'prikcha ustiga ikkala oyoq bilan chiqadilar, qo'llarini to'g'riga cho'zib,
"kozyol" ustiga qo'yib, tayanch hosil qilib o'tiradilar. Shundan so'ng, qo'l va oyoqlari
bilan itarilib, qo'llami tepaga ko'tarib, yerga tizzani biroz bukib ikki oyoqlab
tushadilar. Mashq chog'ida xavfsizlik ta'minlangan bo'lsagina, sakrashga ruxsat
beriladi. "Kozyol" ustidan oyoqlarni yoZib sakrash. Buning uchun
qisqa masofadan yugurib kelib ko'prikcha ustiga ikkala oyoqni qo'yib depsinib,
"kozyol" ustiga qo'llarni cho'zib qo'yiladi va "kozyol"dan tezda itarilib, birdaniga
ikkala oyoqni yoziladi hamda belni biroz orqaga egib, bosh ko'tariladi. Shu holatni
iloji boricha saqlab qolib, yerga sakrab tushish oldidan gavda biroz orqaga tashlanadi,
so'ng oyoq tezdajuftlab olinadi. Xavfsizlikni saqlovchi sakrovchining tirsagi
yuqorisidan ushlab qoladi. Sakrashga o'tishdan ilgari quyidagi mashqlami bajarish
foydadan xoli bo'lmaydi: a) turgan joydan depsinib tepaga sakrash, oyoqlami yozib,
qayta juftlashtirish; b) yotgan holatdan qo'llami tayanch qilib birdaniga sakrab
turish,oyoqlarni yozgan holatda bukilib - yerga tayanish va dastlabki holatga qaytish;
d) oyoqlarni yozib sakrash.
20
daqiqa
O‘z-o‘zining
xavfsizligini ta’minlash
qoidalariga rioya etish.
Bajarilishi kerak bo‘lgan
shartlarni ko‘rsatib,
tushuntirib berish.
|
| |