|
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsda foydalaniladigan metodlarBog'liq 10-sinf-jismoniy-namunaDars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsda foydalaniladigan metodlar: zamonaviy.
Dars jihozlari: xushtak, bayroqcha, sekundomer, sport anjomlari, qog‘oz va ruchka.
Kompetensiya: Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish kompetensiyasi
№
Darsning borishi
Vaqt
Uslubiy ko‘rsatma
Tashkiliy qism
1
Tayyorlov qismi. O‘quvchilarni saflash, salomlashish, navbatchi o‘quvchi
axborotini tinglash, davomatni aniqlash, darsda qatnasha olmaydigan (kasal)
o‘quvchilarni aniqlash.
5
daqiqa
O‘quvchilarning sport
kiyimiga e’tibor berish
2
Saf mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlarni turgan joyda bajarish, joyida tomonlarga
burilish, yurish.
Gavdani tik tutishga e’tibor
qaratish
3
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
Mashqlarni to‘g‘ri va mukam-
mal bajarilishiga erishish
O‘tilgan mavzuni takrorlash
1
O‘tgan darsda o‘quvchilarga o’tilgan tayanib sakrash mavzusi bo’yicha nazariy
bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
5
daqiqa
Nazariy bilimlarning to‘gri
anglashi va mashq(lar)ni to‘liq
va to‘g‘ri bajarishiga e’tibor
berish
2
O‘tgan darsda o‘quvchilarga o’tilgan tayanib sakrash mavzusi bo’yicha amaliy
bilimlarni mustahkamlovchi savol-javob o‘tkazish.
Asosiy qism
1
Yangi mavzuni tushuntish.
Siz quyida gimnastika devori va o‘rindig‘i bo‘ylab tirmashib chiqishni,
to‘siqlardan oshib o‘tishni, arqonga tirmashib chiqishni o‘rganasiz. Bu mashqlar
amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, sizda chaqqonlikni, jasurlikni, chidamlilikni
tarbiyalaydi. Gimnastika devori va o‘rindig‘iga tirmashib chiqish esa harakatlar
mosligini rivojlantirishga, qomatni to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Bu
mashqlarni o‘rganishda gimnastika devori, gimnastika o‘rindig‘i va boshqa sport
asbob-anjomlaridan foydalanasiz. Gimnastika devoriga tirmashib chiqish va u
asosda bajariladigan mashqlar: 1. Oldingi sinflarda o‘tilgan gimnastika
o‘rindig‘i va gimnastika devori bo‘ylab tirmashib chiqishning turli usullari bilan
o‘tish.2. Gimnastika devorida tirmashib yurib,30° gacha burchak ostida
o‘rnatilgan o‘rindiqqao‘tish va undan tushish.3. Gimnastika devorida yon tomon
bilan tirmashib yurish. 4. Gimnastika devorida orqa bilan tirmashib yurish.
5. Gimnastika devori hamda gimnastika o‘rindig‘i bo‘ylab tirmashib yurishni
o‘tilgan boshqa turli usullar bilan qo‘shib bajarish.Burchak ostida o‘rnatilgan
gimnastika o‘rindig‘iga tirmashib chiqishni o‘rganish uchun yordamchi
mashqlar:1. Gimnastika o‘rindig‘idan yurish: o‘rindiqning chetidan qo‘l bilan
ushlab, tizzalarga tayangan holda oldinga va orqaga emaklab yurish.
2. Oldin 25–30° burchak, keyin 45° gacha burchak ostida qo‘yilgan o‘rindiqda
tirmashib yurish. 3. Gimnastika o‘rindig‘idan gimnastika devoriga tirmashib
o‘tish va tushish. 4. Gimnastika o‘rindig‘ida oyoqlarni turli holatlarda: bukkan,
rostlagan holda, oyoq uchida, kaftni to‘liq bosgan holda tirmashib yurish.
5. Tirmashib yurishning shu usullarini nishab tomonga qarab bajarish.
20
daqiqa
O‘z-o‘zining xavfsizligini
ta’minlash qoidalariga rioya
etish. Bajarilishi kerak bo‘lgan
shartlarni ko‘rsatib, tushuntirib
berish.
|
| |