• Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • Mashg’ulot turi
  • Mashg’ulot metodi
  • Mashg’ulotning borishi: Tashkiliy qism
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi




    Download 9,33 Mb.
    bet21/50
    Sana04.10.2024
    Hajmi9,33 Mb.
    #273422
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
    Bog'liq
    7-Sinf soati ish reja va konspekti 2024 -2025-yil

    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
    Mashg’ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
    Mashg’ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko’rgazmali va boshqalar.
    Mashg’ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko’rsam tezroq o’rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
    Mashg’ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko’rgazmalar va tarqatma materiallar, o’quv qurollari, elekron materiallar.
    Mashg’ulotning borishi:
    Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
    Uyga vazifani so’rash: a) Savol – javob o’tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
    II. Asosiy qism:
    O’qituvchi:
    Dunyodagi hamma narsaning ma’no-mazmuni o’zida mujassam etadigan timsoli bor. Jumladan, Vatanning ham timsollari ko’p. Vatanning timsollari rasmiy va norasmiy bo’lishi mumkin. Mamlakatimizning davlat ramzlari – bayrog’imiz, gerbimiz va madhiyamiz, shuningdek, respublika Prezidenti, parlamenti, hukumati, Konstitutsiyasi, davlat tili, poytaxt kabi davlatchilik belgilari ham rasmiy timsollar hisoblanadi. Chunki ularning har biri Vatanning eng muhim xususiyati – ozodligi va mustaqilligi, davlat suverenitetini ifoda etadi. Rasmiy timsollar Vatanning mustaqil davlatchilik an’analari bilan bog’liq. Mustaqil bo’lmagan, ya’ni o’z davlatiga ega bo’lmagan xalqning rasmiy timsollari ham bo’lmaydi. Vatan timsollari xalqni birlashtirib, uni yagona maqsad sari safarbar etib yashashga, har qanday sharoitda ham o’z yurti manfaatlari uchun kurashishga da’vat etadi. Vatanimizning davlat ramzlaridan yana biri – O’zbekiston madhiyasidir. Uning matnini O’zbekiston Qahramoni, shoir Abdulla Oripov yozgan, musiqasini esa kompozitor Mutavakkil Burhonov yaratgan. Vatan timsollari sendek yoshlarni mard va vatanparvar, el-u yurt ishiga sadoqatli qilib tarbiyalashda ma’rifiy vosita bo’lib xizmat qiladi

    O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasida o’lkamizning serquyoshligi xalqimizning bag’rikengligi, ajdodlarimizning buyukligi va boy tariximiz va butun dunyoni lol qilgan buyuk ma’naviyatimiz madh etilgan.



    Download 9,33 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




    Download 9,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

    Download 9,33 Mb.