|
Sinf rahbarining asosiy vazifalari
| bet | 29/50 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 9,33 Mb. | | #273422 |
Bog'liq 7-Sinf soati ish reja va konspekti 2024 -2025-yilTashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so’rash: a) Savol – javob o’tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
«Yo’l harakati qoidalari» bizning hayotimizda muhim o’rin tutadi. Hohlaymizmi-yo’qmi, har bir harakatlanish ishtirokchisi (yosh bolalar, o’smirlar, kattalar) qatnov qismlarida harakatlanadi. Shu bilan birga ular yo’l harakati qoidalariga rioya qilishdan manfaatdordirlar.
Yo’l harakati qoidalarining asoslaridan biri bo’lgan yo’l belgilari transport vositalarining haydovchilariga, piyodalarga va umuman barcha harakatlanish ishtirokchilariga taalluqlidir.
Yo’llarda sodir etilayotgan yo’l-transport hodisalarining aksariyati belgilarga qaramay yoki ahamiyat bermay harakatlanayotgan yo’l ishtirokchilariga tegishlidir. Shu bois, ularni yaxshi o’rganish inson hayoti uchun juda muhim. Yo’l belgilari quyidagi yettita guruhga bo’linadi:
1) ogohlantiruvchi belgilar; 2) imtiyoz belgilari; 3) taqiqlovchi belgilar; 4) buyuruvchi belgilar;
5) axborot-ishora belgilari; 6) servis belgilari; 7) qo’shimcha axborot belgilari.
Ogohlantiruvchi belgilar haydovchiga yo’lning xavfli qismiga yaqinlashayotganligi, xavfning turi va shakli haqida axborot beradi. Ogohlantiruvchi belgilarning asosi oq, hoshiyasi qizil rangda bo’lgan
aksari teng tomonli uchburchak shaklidan iborat. Imtiyoz belgilari chorrahalarda, yo’lning qatnov qismlari kesishgan joylarda, shuningdek, yo’lning tor qismida yo’l harakati qatnashchilarining harakatlanish navbatini belgilash uchun qo’llaniladi. Bunday belgilar boshqa guruh belgilaridan olingan bo’lib, ularning shakllari turlichadir.
III. Yakuniy qism:
Dars yakunida o’quvchilar bilan birgalikda olgan bilimlarni umumlashtirilib, savollar bilan mustahkamlanadi.
O’quvchilar rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO’_________ ___________________________ sana______ ________________ 20___yil
Sana: “__” ____________ 20__-yil. Sinfi: _____ Sinf rahbari: _____________________
|
| |