|
Maktab MMIBDO’_________ ___________________________ sana______ ________________ 20___yil
|
bet | 25/50 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 9,33 Mb. | | #273422 |
Bog'liq 7-Sinf soati ish reja va konspekti 2024 -2025-yilMaktab MMIBDO’_________ ___________________________ sana______ ________________ 20___yil
Sana: “__” ____________ 20__-yil. Sinfi: _____ Sinf rahbari: _____________________
17-mavzu: 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni.
I. Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o’zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo’lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo’lish, Vatan muammolarini o’zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o’z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo’lib ulg’ayish xislatlarini tarbiyalash.
O’zini-o’zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirish.
Mashg’ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg’ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko’rgazmali va boshqalar.
Mashg’ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko’rsam tezroq o’rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg’ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko’rgazmalar va tarqatma materiallar, o’quv qurollari, elekron materiallar.
|
| |