|
-mavzu: Buyuk allomalar hayoti– ibrat namunasi (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan)
| bet | 30/50 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 9,33 Mb. | | #273422 |
Bog'liq 7-Sinf soati ish reja va konspekti 2024 -2025-yil20-mavzu: Buyuk allomalar hayoti– ibrat namunasi (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).
I. Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo’lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg’u’larini singdirish. Shuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag’rikenglik g’oyalarini singdirish.
O’zini-o’zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olih ko’nikmalarini egallash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Mashg’ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg’ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko’rgazmali va boshqalar.
Mashg’ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko’rsam tezroq o’rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg’ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko’rgazmalar va tarqatma materiallar, o’quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
|
| |