|
I.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi
|
bet | 32/50 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 9,33 Mb. | | #273422 |
Bog'liq 7-Sinf soati ish reja va konspekti 2024 -2025-yilI.Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi : o’quvchularga mavzu haqida tushuncha berish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirish.
O’zini-o’zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallash.
Mashg’ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg’ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko’rgazmali va boshqalar.
Mashg’ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko’rsam tezroq o’rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg’ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko’rgazmalar va tarqatma materiallar, o’quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so’rash: a) Savol – javob o’tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
BIRINCHI YORDAM Tezyordamni chaqiring. Shikastlangan odamning boshini qaysi holatda uchratgan bo’lsangiz, shu holicha ikki tomonidan qo’llaringiz bilan qimirlamasligini ta’minlang. Nafas yo’llarining o’tkazuvchanligini ta’minlang. Es-hush va nafas darajasini kuzating. Tashqiqonketishinito’xtating. Shikastlangan odamning me’yoriy tana haroratini ta’minlang. Agar shikastlangan odam boshida himoya qalpog’i bo’lsa, uni yechmang. Uni shikastlangan odam nafas olmayotgan holdagina yeching.
HARAKAT-TAYANCH SOHASINING SHIKASTLANISHI
Harakat - tayanch sohasining shikastlanishi juda keng tarqalgandir. Ular turli sharoitlarda yuz beradi: yiqilganda, noqulay yoki kutilmagan harakatda yoki yo’l-transport hodisasida. Sinish bu suyak butunligining buzilishidir. U to’liq va chala, yopiq yoki ochiq bo’lishi mumkin. Nisbatan keng tarqalgan yopiq sinishda teriga shikast yetmaydi. Ochiq sinishda esa, yara jarohati yuz beradi.
CHIQISH - bu suyak bo’g’imdagi odatiy holatiga nisbatan siljishidir.
Suyakning chiqishiga sabab bo’lgan katta kuch ta’sirida suyak sinishi va atrofdagi asab hamda qon tomirlarga jarohat yetkazishi mumkin. Suyakning chiqishini bo’g’imning ko’zga tashlanadigan deformatsiyasiga ko’ra osonlik bilan aniqlash mumkin.
BIRINCHI YORDAM
• Tana jarohatlangan qismining harakatsizligini ta’minlash
• Jarohatlangan joyga sovuq narsa qo’yish
Tananing jarohatlangan qismi "shina" (taxtacha, karton, buklangan jurnallar, ko’rpa, bintlarva h.k) bilan mustahkamlanadi.
• O’rnatilganidan so’ng barmoqlarni tekshir, paypaslab ko’rganingda ular iliq va tirnoqlar atrofi
pushti rangda bo’lishi kerak.
|
| |