|
Dunyoqarashi - dunyoqarash asoslarini tarkib toptirish
|
bet | 5/7 | Sana | 29.12.2023 | Hajmi | 2,95 Mb. | | #128982 |
Bog'liq Sinf rahbarining o’quvchilar jamoasini shakllantirish metodikasiDunyoqarashi mehnatga va ijtimoiy mulkka munosabatni tarbiyalash, politexnika bilim.doirasini kengaytirish, kasbni ongli tanlashga tayyorlash Siyosiy ongi o’z huquqini anglab yetishga o’rgatish,fuqarolik mas’uliyatini tarbiyalash Madaniyati - axloqli, ongli intizomni va xulq madaniyatini tarbiyalash, o’qishga ongli munosabatni tarbiyalash,bilish faolligini va aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish Sinf rahbarining o’quvchi shaxsi va jamoani o’rganishdagi mahorati. Pedagogik mahorat ham – farosat va bilimlarning, chinakam ilmiy, tarbiyadagi qiyinchiliklarni yongishga qodir bo’lgan nufuzli rahbarlikning, shaxslar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo’lgan shaxs shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondoshishi, donolik va ijodiy dallilik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo’lgan qobiliyat majmuasidir. Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm – farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalr ham kiradiki, ular tarbiyaga ozroq kuch sarflab, ko’proq natijalarga erishish imkonini beradi. Tarbiyaning maqsadlari, vositalari va natijalari o’rtasida, shuningdek, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi tafakkuri, motivlari o’rtasida g’oyat murakkab bog’liqlik bor. Kattalarning maqsadi, odatda, yoshlarning maqsadlari (hatto strategik maqsadlari) bor. O’quvchining rivojlanish mantiqi, uning tafakkuri, harakatlari bitta nuqtai nazarda, tarbiyachining mantiqi boshqa nuqtai nazarda turishi mumkin. Bunday variantda hech qanday tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish bo’lmaydi. Sinf rahbarining o’quvchi shaxsi va jamoani o’rganishdagi mahorati.
Agar pedagogik san’at haqida gapirganda, chamasi, uning asosiy ko’rinishlari – o’quvchilarga umidbaxsh faraz bilan yondoshish, talab va ishonchning birligi, uning shaxsga avayla munosabatda bo’lish, uni hurmat qilishdan iborat bo’lishi mumkin.
Pedagogik umidbaxshlik hatto eng qarovsiz o’quvchi ham o’zida ko’pgina ijobiy narsalarga egadir, degan ishonchga asoslangan.
Pedagogik mahorat o’ziga o’quvchilar haqidagi, ularning psixologiyasi to’g’risidagi, ta’lim muassasasi haqidagi, ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyani tashkil etadi, pedagog, tarbiyachi bu madaniyatni egallamasa, hech vaqt o’z ishining chinakam ustasi bo’la olmaydi, eski usuldan, bir qolipdagi tayyor andazalarni ishlatishdan nariga o’tmaydi.
|
| |