bo‘ladi. Sirka aldegidning sirka kislotagacha oksidlanish uch bosqichda boradi:
Birinchi bosqichda hosil bo‘lgan persirka kislota kuchli oksidlovchi bo‘lib,
ikkinchi bosqichda u sirka aldegid bilan birikib uni sirka angidridiga aylantiradi.
Persirka kislota portlovchi modda. U portlaganda
kislorod va sirka kislotaga
aylanadi, portlashni oldini olish maqsadida persirka kislotani to‘planib qolmaslgi
uchun oksidlash jarayonini suyuq muhitda olib boriladi. Buning uchun aldegid va
marganets(II) atsetatning (katalizator) sirka kislotadagi eritmasidan foydalaniladi.
(Mn(CH
3
COO)
2
)
reaksiyaning ham birinchi, ham ikkinchi bosqichlarini
tezlashtiradi. Uchinchi bosqichi - angidridning gidratlanishi (1) va (2) bosqichlardan
ko‘ra sekinroq boradi. Aldegidni oksidlash reaktorda (oksidlash kolonnasida) olib
boriladi. Reaktor xrom nikel molibdenli po'latdan yasalgan bo‘lib, balandligi 12 m,
diametri 1 m. Kolonnaning ostiga aldegid va katalizatorning
sirka kislotadagi
eritmasi to'xtovsiz kelib turadi, kislorod esa 0,04
MPa bosim bilan bir necha
quvurchalar orqali mayda pufakchalar shaklida kolonnaga bir tekisda taqsimlanib
kiradi. Sovitish va optimal haroratni (65—70 °C) saqlash
uchun kolonna ichida
sovitgichlar o‘rnatilgan. Kolonnaning yuqori qismidan sirka kislota chiqadi va
rektifikatsiyaga yuboriladi.