Sirka kislota olishning butanni oksidlashga asoslangan yangi usuli katta ahamiyatga
ega.
Sirka kislotani metandan olish jarayoni ko‘p bosqichli bo‘lgani holda (metan —
asetilen — sirka aldegid — sirka kislota) butanni oksidlab kislota olish bir
bosqichlidir, bu esa katta iqtisodiy samara beradi.
Oziq-ovqat sanoatida
ishlatiladigan sirka essensiyasi biokimyoviy usul bilan olingan sirka kislotadan
tayyorlanadi. Bu usul spirtning havo kislorodi ta’siri ostida „sirka zamburug‘lari“
ishtirokida oksidlanishiga asoslangan.
Ana shu jarayonning borishi tufayli uzum
vinosi havoda ochiq qoldirilsa,
oksidlanishi natijasida sirkaga aylanib qoladi.
Sirka kislota rangsiz, o‘tkir hidli suyuqlik, qaynash harorati 118°C). Dunyoda
sirka kislotasi hozirgi vaqtda har yili 3,5 mln. tonnadan ko'proq ishlab
chiqarilmoqda. Sirka kislota va uning xossalari sanoatning turli tarmoqlarida juda
keng ishlatiladi. U asetilselluloza olishda (undan asetat tolasi, plastmassalar, laklar,
yonmaydigan kinoplonkalar va boshqalar olinadi), atsetillovchi
modda sifatida
organik sintez sanoatida oziqovqat va to'qimachilik sanoatlarida va boshqalarda
ishlatiladi