Skaner toifalari




Download 38.5 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi38.5 Kb.
#75229
Bog'liq
111Skanerlar
6-lekciya-1, Xoltoʻrayev Layoqatsizlik , ATT 2-maruza, таквим, Очик дарс охирги, 317-320 Xamrayev O, mirjon web ilova MI, Mavzu tj abslar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi. Reja K, Kompyuter tarmoqlari-fayllar.org, 18 NAVOIY RIDONA GAZALLARI, Mehmondorchilik, davlat boshqaruvida ATK mustaqil ish — копия, Konfrensiyaga, Н

1. Skaner haqida ma’lumot
Kompyuterning deyarli har bir foydalanuvchisi qog‘oz shaklidagi hujjatlarn ielektronshaklga almashtirish muammosiga duch keladi. Biroq axborotni qo‘lda kiritish protsedurasi ulkan vaqtni oladi va xatoliklar tug‘ilishi mumkin. Bundan tashqari qo‘lda tasvirlarni emas, balki faqat matnlarni kiritish mumkin. Buning iloji skaner bo‘lib, u kompyuterga rasmlarni ham, matnli hujjatlarni ham kiritish imkonini beradi
Skanerlar qog‘ozdan, plyonkadan yoki boshqa qattiq tashuvchilardan “analogli” matnlarni yoki rasmlarni o‘qiydi va ularni raqamli formatga o‘tkazadi. Ular hamma yerda: ulkan hujjatlar arxivi ishlab chiqiladigan kata idoralarda, nashriyotlarda va loyixalash – konstruktorlik idoralarida, shuningdek, unchalik kata bo‘lmagan firma va uy-offislarda qo‘llanadi. Skanerlarning qo‘llanish doirasi qanchalik keng bo‘lsa, ularning turlari ham shunchalik ko‘pdir. Skanerning bahosi bir necha o‘ndollardan bir necha o‘nminglab dollargacha bo‘lishi mumkin, optic ajratish qobiliyati bir dyuymga 100 dan 11000 nuqtagacha (inglizcha dpo, dotperinch) skanerlash tezligiesa 1-2 dan 80 b/min mingacha bo‘lishi mumkin. U yoki bu aniq vazifalarni bajarishi uchun harqanday rusumham qo‘llana olmaydi. Odatda, skanerning yaroqliligi uning texnik parametrlari majmui: konstruktiv toifasi, formati, ajratish qobiliyati, rangchuqurligi, optikzichliklar diapazoni vah.k.bilan belgilanadi.
Skaner toifalari
Hozirgi kunda skanerlar 4 konstruksiyada- qo‘l bilan, varoq tortish bilan, planshetli va barabanli shaklda ishlab chiqarilmoda, shu bilan birga ularning afzalliklari bilan bir qatorda, kamchiliklari ham bordir.
Qo‘l skanerlari –oddiy yoki o‘zi harakatlanuvchi skanerlar eni 10 sm atrofidagi hujjat qatorlarini ishlab chiqadi va eng avvalo uni mobil SHK egalari uchun ko‘proq ishlatadi. Ular sekin ishlaydi, past optik ajratish qobiliyatiga ega (odatda bir dyuymga 100mm) va ko‘pincha tasvirlarni qiyshiq tasvirlaydi. Biroq ular ixcham va qimmat emas.
Varoq tortuvchi skanerlarda, faksimil apparatidagi kabi, hujjat sahifalari o‘qishda o‘rnaltiruvchi roliklar ( bular ko‘pincha chiqishda rasmni qiyshiq bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin ) yordamida maxsus tirqish orqali o‘tkaziladi. Shunday qilib bu tipdagi skanerlar ma‘lumotlarni bevosita jurnal yoki kitoblardan kiritish uchun yaroqsizdir. Umuman varoq tortuvchi skanerlarning imkoniyatlari cheklangan, shu sababli ularning ommaviy bozordagi narxi pasaymoqda.
Planshetli skanerlar juda univerasaldir. Ular nusxalash apparatining yo‘qori qismini eslatadi: originalni-qog‘oz hujjat yoki yassi narsani – maxsus oyna ustiga qo‘yiladi, oyna ostida optikali va analog-raqamli o‘zgartirgich bo‘lgan karetka ko‘chib yuradi (biroq oyna va original ko‘chib yuradigan, optika va ARO‘I qo‘zg‘almas bo‘lgan “planshet ”lar ham mavjud, bunda skanerlash sifati yo‘qoriroq bo‘ladi). Odatda planshetli skaner originalni pastdan yoritib, o‘zgartirgich pozitsiyasidan uni o‘qiydi. Plyonka yoki diapozitivdan tasvirni aniq skanerlash uchun originallarni go‘yoki orqasidan yoritish lozim. Buning uchun slaydli qoshimcha xizmat qiladi, u lampadan iborat bo‘lib, skanerlovchi karetka bilan sinxron ravishda ko‘chadi va rang temperaturasiga ega bo‘ladi.
Barabanli skanerlar yorug‘lik sezgirligi bo‘yicha planshetli qurilmalardan juda ustun bo‘lib, rasmlarni yo‘qori surat bilan tiklanishi talab etiladigan poligrafiyada qo‘llanadi. Bunday skanerlarning ajratish qobiliyati odatda bir dyuymga 8000-11000 va undan ortiq nuqtani tashkil etadi. Barabanli skanerlarda originallar baraban deb ataladigan shaffof silindrning ichki yoki tashqi tomoniga (rusumiga qaraba) joylashtiriladi. Baraban qancha katta bo‘lsa, uning sirti original montaj qildigan yuzi ham shuncha katta, shunga mos ravishda, skanerlanuvchi maksimal soha ham shuncha katta bo‘ladi. Original montaj qilingandan so‘ng baraban harakatga keltiriladi. Bir aylanishda piksellarning bitta chizig‘i o‘qiladi, demak, skanerlash jarayoni tokarlik – vint o‘yish stanogi ishini juda eslatadi. Slayd orqali o‘chgan (yoki noshaffof originaldan qaytgan ), kuchli lazer tomonidan yaratiladigan ingichka yorug‘lik nuri oynalar tizimi orqali FEK (fotoelektron ko‘pytirgich ) ga tushadi va u y erda raqamlarga aylantiriladi.
8.8-rasm.Skaner ishining sxemasi
Skanerning eng keng tarqalgan turi, bu-planshetlidir. 8.8-rasmda uning ish tamoyili keltirilgan
Bularda ham, skanerlarning boshqa tiplaridagi kabi, originaldan qaytgan nur ishlatiladi. Biroq qo‘lli va varaq tortuvchi qurilmalardan farqli o‘laroq stol usti rusumlari qaytgan nurni aniqroq qayd etish mexanizmiga ega. Bu rusumlarda nur skanerlashdan keyin va hatto undan oldin uzunroq yo‘l o‘tadi, chunki u rangli tasvirlarni skanerlashda qizil, yashil va ko‘k tashkil etuvchilarni ajratish uchun yorug‘lik filtrlaridan o‘tadi. Yorug‘lik nuri originalga tushadi, undan qaytadi va oynalar tizimi orqali yorug‘lik sezgir diodlarga tushadi, u yerda elektr signaliga o‘zgartiriladi. Bu signal analog-raqamli o‘zgartirgichga tushadi, u yerda original piksellarini ( bo‘z rangning oq va qora tuslari, rangli tuslar) ifodalaydi. Bu raqamli axborot keyingi ishlab chiqish uchun kompyuterga uzatiladi.
Skanerlarni ulash interfeyslari.
Stol usti skanerlarining barcha zamonaviy rusumlari kompyuterga ulanish uchun ushbu interfeysdan foydalanadi: parallel port, SCSI va USB.
Parallel port.
Bu interfeys quyi darajali interfeyslarda qo‘llaniladi. IEEE 1284 standartiga mos portlardan ( ECP va EPP portlaridan) foydalanilganda ma’lumotlarni uzatish tezligi ortadi. Barcha kompyuterlarda parallel port borligi uchun bu interfeysli skanerlar universaldir.
Parallel ulanishli skanerlar bir qator muhim kamchiliklarga ega. Birinchidan, parallel portga bir vaqtda ulangan skaner va printer yoki boshqa qurilmaning ( zip, LS-120 yoki CD-R/CD-RW) me`yoriy ishlashi har doim ham ta`minlayverishiga erishib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, ma`lumotlarni uzatish tezligi parallel port tezligi bilan cheklangan. Sizning kompyuteringizda yangi ECP yoki EPP portlar o‘rnatilgan bo‘lsa ham, ular SCSI yoki USB interfeysidan foydalanilgandagi kabi ma`lumotlar uzatish tezligiga erisha olmaydi. Skanerni bunday ulash tipidan biror-bir sabablarga ko‘ra boshqa interfeyslardan foydalanish iloji bo‘lmaganidagina foydalanish mumkin.
SCSI interfeysi
SCSI interfeysiga turli qurilmalarni, shu jumladan, skanerlarni ham ulash mumkin. Bu ulash usuli ma`lumotlarni qoniqarli uzatish tezligini ta`minlaydi. SCSI-adapterlarining zaruriy platalari skaner bilan birgalikda sotiladi.
USB interfeysi
So‘nggi vaqtlarda USB shinasi, ayniqsa uni Windows 9x operatsion tizimini qo‘llaydigan qilinganidan so‘ng juda ommalashdi. Bu ulanish tipi ko‘p tayyorgarlikka ega bo‘lmagan foydalanuvchiga juda qo‘l keladi – kabelni ulansa bo‘ldi, tizimning o‘zi barcha zaruriy dasturiy ta`minotni mustaqil o‘rnatadi.
Download 38.5 Kb.




Download 38.5 Kb.