• 2. Namunalash
  • Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida




    Download 3,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/70
    Sana17.12.2023
    Hajmi3,42 Mb.
    #121615
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70
    Bog'liq
    FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎУВ ЎЛЛАНМА

     
    1. Qiyoslashni o‘tkazish 
    Tashqi ko‘rik. Termometrni tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagilar 
    tekshiriladi:
    - foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq butlanganligi, mexanik 
    shikastlanishlarni bo‘lmasligi;
    - foydalanish xususiyatlarini yomonlashtiruvchilarni yo‘qligi;
    - markalanishini va yig‘ilishlarini to‘g‘riligi.
    Belgilab qo‘yilgan talablarni qoniqtirmaydigan termometrlar yaroqsiz deb 
    hisoblanadi va uni keyingi qiyoslash operatsiyalari o‘tkazilmaydi.
    2. Namunalash 
    Termometr ko‘rsatkichi xona haroratida ixtiyoriy vaziyatda o‘rnatiladi va 
    bevosita termometrni butlovchilari majmuasiga kiradigan biron-bir kabel-
    biriktiruvchi orqali elektron blokga ulanadi. Ikki minut o‘tgach termometrni 
    ishlash qobiliyati tekshiriladi. Keyin termometr issiq suvli idishga solinadi va ikki 
    minut o‘tgach yana termometrni ishlash qobiliyati tekshiriladi. Termometrni
    butlovchilari majmuasiga kiradigan bog‘lovchi kabel bilan termometr 
    kompyuterga ulanadi. Termometrni butlovchilari majmuasiga kiruvchi
    «ThermoChart» dasturi yordamida , avvalgi qiyoslashda o‘rnatilgan termometrni 
    induvidual darajalashtirish koeffitsenti hisoblab chiqiladi, va ularni qiyoslash 
    guvonomasida ko‘rsatilgan bilan solishtiriladi («ThermoChart» dasturi bilan 
    ishlash tartiblari Davlat standartlarida ilova qilinadi).
    Asbob keyingi qiyoslashlarga yaroqli deb topiladi, qachonki:
    − datchik joylashgan muxitda termometr harorat o‘zgarishlariga sezuvchan 
    bo‘lsa va raqamli indekslashtirish tavsiflari foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada 
    ko‘rsatilganga muvofiq bo‘lsa;


    33
    − termometrning individual darajalashtirish koeffitsientlari uni qiyoslash 
    haqidagi guvohnomasida ko‘rsatilganlarga muvofiq kelsa.
    Agar termometrni individual darajalashtirish koeffitsientlari uni qiyoslash 
    haqidagi guvohnomasida ko‘rsatilgan qiymatlaridan farqlansa, unda qiyoslash 
    to‘xtatiladi va termometr yaroqsiz deb topiladi. Keyingi qiyoslash, uslubiyat 
    bo‘yicha muttaxassislar ishtirokida, individual darajalashtirish koeffitsientlariga 
    yangi qiymatlar kiritilgandan keyin amalga oshirilishi mumkin.

    Download 3,42 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   70




    Download 3,42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sobitjon Inog’omov farmasevtik qurilmalarida

    Download 3,42 Mb.
    Pdf ko'rish