Metrologik tavsiflarni aniqlash




Download 3,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/70
Sana17.12.2023
Hajmi3,42 Mb.
#121615
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70
Bog'liq
FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎУВ ЎЛЛАНМА

3. Metrologik tavsiflarni aniqlash 
Metrologik 
tavsiflarni 
aniqlashni 
qiyoslanayotgan 
termometr 
ko‘rsatkichining etalon termometr ko‘rsatkichi bilan bevosita solishtirish usulida 
aniqlanadi. Buning uchun ikkala termometr quyidagi: -50; 0; +50; +100; +150; 
+199.90; +250; +300 ºS haroratdagi issiqlik eltuvchilari bo‘lgan suyuqlik
termostatlarga joylashtiriladi. Termometrlarni ko‘rsatilgan qiymatlardan ±1ºS ga 
og‘ishiga yo‘l qo‘yiladi, bundan 0 va +199.90ºS nuqtalar istis’no qilinadi. 0ºS 
nuqtada issiqlik elituvchini haroratlarida manfiy (-) tomonga og‘ishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. +199.90ºS nuqtada issiqlik elituvchini haroratlarida musbat (+) 
tomonga og‘ishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
3.1 Manfiy harorat oblastida termometrni mutlaq xatoliklarini aniqlash.
3.1.1 -50 dan 0ºS gacha diapazondagi issiqlik elituvchining haroratlarini 
ushlab turishni ta’minlovchi, past haroratli termostat (masalan, «Termotest-05-
02») yoqiladi. Termostatga, uni yordamida etalon bo‘lgan va qiyoslanadigan 
termometrlar issiqlik elituvchi joylashadigan kaseta o‘rnatiladi. Termostatni 
issiqlik elituvchini haroratlari (-50±1) ºS ga teng rejimga o‘tkaziladi. Issiqlik 
elituvchini harorati etalon termometr ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat qilib turiladi.
3.1.2 Termometr datchigi issiqlik elituvchiga 75 mm. dan kam bo‘lmagan
chuqurlikda botiriladi. Ikki minut muddat o‘tgandan keyin, 30 sekund vaqt 
oraliqlarida etalon bo‘lgan va qiyoslanadigan termometrlardan 10 tadan kam 
bo‘lmagan ko‘rsatkich olinadi. O‘lchash natijalarini jadvalga kiritiladi. Termometr 


34
ko‘rsatkichlarini o‘rtacha qiymatlari aniqlanadi va ular orasidagi farqlar hisoblab 
chiqiladi.
3.1.3 Termostatning issiqlik elituvchisi haroratlarini 0 dan +1 ºS gacha 
ushlab turuvchi rejimga o‘tkaziladi. Issiqlik elituvchini harorati etalon termometrni 
ko‘rsatkichlari bilan nazorat qilinadi. Qiyoslash 3.1.2-bandda bayon etilgandek 
amalga oshiriladi. 
3.2.Termometrni mutlaq xatoliklarini 0 dan+100 ºS gacha diapazonda
aniqlanadi.
3.2.1 Issiqlik elituvchining haroratini 0 dan +100 ºS gacha diapazonda 
quvvatlab turishini ta’minlab beruvchi termostat (masalan «Termotest-100») 
yoqiladi. Termostatga termometr uchun kaseta o‘rnatiladi.
3.2.2. 3.1.2 bandda bayon etilgandek +50 va +100 ºS haroratlarda qiyoslash 
amalga oshiriladi. 
3.3 Termometrni mutlaq xatoliklarini +100 dan +300 ºS gacha bo‘lgan
diapazonda aniqlash.
3.3.1 Issiqlik elituvchini haroratini +100 dan +300 ºS gacha bo‘lgan 
diapazonda ushlab turishni ta’minlab beruvchi termostat (masalan «Termotest-
300») yoqiladi. Termostatga termometr uchun kaseta o‘rnatiladi (Davlat standarti 
ilovalarida taqdim etilgan kasetalardan jamlangan kaseta).
3.3.2 3.1.2 bandda bayon etilgan usul bo‘yicha +150, +199,90, +250 va
+300 ºS haroratlarda qiyoslash amalga oshiriladi. 
3.4. Agar termometr xatoliklari 50 dan +199,99 ºS gacha diapozonda 0.05 ºS 
moduldan oshmasa va +200 dan +300 ºS gacha diapozonda 0.2ºS moduldan
oshmasa qiyoslash natijalari ijobiy hisoblanadi. Agar termometr xatoliklari 50 dan 
+199,99 ºS gacha diapozonda 0.05 ºS moduldan va o‘ziga xos ravishda, +200
dan +300 ºS gacha bo‘lgan diapazonda 0.2ºS dan oshsa, unda qiyoslanuvchi 
uslubiyat bo‘yicha temometrni individual koeffitsientlari bilan to‘g‘rilanadi.
Darajalashtirish koeffitsienti to‘g‘rilangandan so‘ng, termometrni metrologik
tavsifini aniqlashni qayta o‘tkazish kerak. Agarda termometrni mutlaq xatoliklari 
to‘g‘rilangandan keyin ham 50 dan +199,99 ºS gacha diapozonda 0.05 ºS 


35
moduldan va o‘ziga xos ravishda, +200 dan +300 ºS gacha bo‘lgan diapazonda
0.2 ºS oshsa, unda termometr yaroqsiz deb topiladi.

Download 3,42 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   70




Download 3,42 Mb.
Pdf ko'rish