• Vazifa
  • Mustaqil tayyorlanish uchun savollar




    Download 3,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/70
    Sana17.12.2023
    Hajmi3,42 Mb.
    #121615
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70
    Bog'liq
    FARMASEVTIK QURILMALARIDA O’LCHASH ASOSLARI ЎУВ ЎЛЛАНМА

     
    Mustaqil tayyorlanish uchun savollar 
    1. rN metr nima va ular nima maqsadda qo‘llaniladi? 
    2. pH – metrlar va ularni ishlash prinsiplari to‘g‘risida ma’lumot bering? 
    3. pH – metrlarni tiplarini va xillari bilasiz?  
    4. pH – metrlarni qo‘llanilishi? 
    5. pH – metrlarni qiyoslash usulini tushuntirib bering? 
     
     
     
     
     


    77
    5-LABORATORIYA ISHI 
     
     
    SPEKTROFOTOMETRLARNI QIYOSLASH
     
    Ishdan maqsad: Spektrofotometrlarni ishlash prinsiplari va tuzilishlarini 
    o‘rganish. Qiyoslash uslubi bilan tanishish. 
    Vazifa: Asbobni qiyoslashni o‘tkazish, natijalarini jadvalga yozish.
    Asbob va uskunalar: KFK-2M spektrofotometri, turli moddalarning 
    har xil konsentratsiyadagi eritmalari.
    Nazariy qism 
    Spektrofotometr — optik nurlanishning ikki oqimini o‘lchash uchun 
    mo‘ljallangan o‘lchash asbobi bo‘lib, ulardan bittasi tadqiqot ob’ektiga 
    tushuvchi yorug‘lik oqimini, boshqasi esa - namuna bilan u yoki bu yorug‘lik 
    oqimini o‘zaro ta’sirlashishi asosida eritmaning optik zichligi yoki nur 
    o‘tkazish koeffitsientini o‘lchashga asoslangan. Spektrofotometrlar optik 
    nurlanishning turlicha to‘lqin uzunliklarini o‘lchashga imkon beradi 
    (ultrabinafsha nurlar diapazonidan to infraqizil nurlar diapazonigacha) va 
    natijada oqimlar nisbatlarini spektri olinadi.
     
     
     
     
     
     
     


    78
    5.1-rasm. Sektrofotometrni umumiy ko‘rinishi. 
    Spektrofotometr fotokolorimetriyada va spektral taxlillarda qo‘llaniladigan 
    asosiy o‘lchash asbobi hisoblanadi. Spektrofotometrlar turli diapazondagi–
    ultrabinafshadan to infraqizilgacha to‘lqin uzunliklarida ishlaydi.  Bunga 
    bog‘liqliklariga ko‘ra asboblar turli xil mo‘ljallanishlarga ega.
    Quyidgi 5.2 va 5.3 -rasmlarda berilgan ob’ektning spektral tavsifi ma’lum 
    bo‘lgan ishchi standartga nisbatan spektral aperturali akslanish koeffitsentini
    o‘lchovchi, spektrofotometrlarni ikkita asosiy sxemalari keltirilgan: 
    5.2-rasm.O‘lchanadigan namuna oq yog‘du bilan
    yoritilgandagi o‘lchash sxemasi.
    O‘lchanadigan namuna monoxromatik yog‘du bilan yoritilgandagi o‘lchash 
    sxemalarida monoxromator yuboriluvchi oqimda joylashtiriladi. Zamonaviy 
    spektrofotometrlarda tavsiflari va o‘lchash aniqliklarini yaxshilash uchun ikkitalik
    monoxromatorlardan ham foydalaniladi. 
    5.3-rasm. O‘lchanadigan namuna monoxromatik yog‘du
    bilan yoritilgandagi o‘lchash sxemasi. 
     


    79
    Konstruktiv sxemalari bo‘yicha spektrofotometrlarni ikki xil ko‘rinishdagi 
    tuzilish sxemalari mavjud: ponasimon plastinkali ko‘rinishdagi va geterodin 
    sxemali ko‘rinishdagi nurlanish yorug‘ligini qabul qiluvchi spektrofotometrlar. 

    Download 3,42 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70




    Download 3,42 Mb.
    Pdf ko'rish