83
- elektr ta’minoti to‘ridagi kuchlanish, V 220 ± 22;
- elektr ta’minoti to‘ridagi chastota, Gs 50 ±0,5.
2. Issiqlik nurlanishi manbalari spektrofotometrga yaqin masofalarda ishlatish
mumkin emas. Bunday manbaalar o‘lchash asbobidan kamida 1,5
m masofada
ishlatish uchun ruxsat beriladi.
3. Spektrofotometr erga tutashtirilgan bo‘lishi lozim (erga ulanish).
4. IKS-24 va IKS-29 turlaridagi spektrofotometrlarni dastlabki qizdirish vaqti
45 minutdan kam bo‘lmasligi zarur, IKS-22, IKS-22A va IKS-22V – turlarida esa
2 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
5. Qiyoslash vositalari va ular uchun kerak bo‘ladigan
eritmalar ularni
foydalanishga oid xujjatlariga muvofiq holda tayyorlanadi.
Qiyoslashni o‘tkazish
1. Tashqi ko‘rik
Tashqi ko‘rikni o‘tkazishda quyidagilar ko‘proq e’tibor beriladi:
- spektrofotometrning butlanganligini ma’lum
turdagi spektrofotometrning
pasport ma’lumotlariga muvofiq kelishini to‘liq tekshirib chiqiladi.
Davriy
qiyoslashlarda, IKS-22, IKS-22A, IKS-24 va IKS-29
spektrofotometrlari uchun
polistirol
plenkasidan tashqari, ZIP (o‘lchash asbobining zahiradagi qismlari)
mavjud emasligiga yo‘l qo‘yiladi;
- shkala va boshqarish organlarida aniq yozuvlar va belgilarning mavjudligi;
- markirovkani makvjudligi (korxona –tayyorlovchining nomi va tovar belgisi,
spektrofotometr turi va raqami).