Qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish
1. Qiyoslash natijalarini Davlat standarti ilovasida berilgan shakldagi
protokolga kiritiladi.
2. Konduktometrni ijobiy bo‘lgan natijalari standartlashtirish bo‘yicha milliy
organ tomonidan o‘rnatilgan tartibda qiyoslash haqida guvohnoma berish bilan
rasmiylashtiriladi.
3. Ushbu standartning talablarini qoniqtirmaydigan konduktometrlarni
chiqarilishga va qo‘llanilishga ruxsat berilmaydi. Qiyoslovchi tamg‘a yoki
guvohnoma shu haqda ma’lumot beradiki, standartlashtirish bo‘yicha milliy organ
O‘zstandart agentligi tomonidan o‘rnatilgan tartibda qiyoslash haqidagi
guvohnoma bekor qilinadi va sabablarini ko‘rsatgan holda xabarnoma beradi.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
1. Konduktometrlarni ishlash prinsipi haqida gapirib bering?
2. Konduktometrlar qaerlarda qo‘llaniladi?
100
3. Konduktometrlarni turlari va tiplari haqida ma’lumot bering.
4. Elektr o‘tkazuvchanlik nima?
5. Solishtirma qarshilik haqida ma’lumot bering?
6. Konduktometrlarni qiyoslash usuli haqida gapirib bering?
101
7-LABORATORIYA ISHI
POLYARIMETRLARNI QIYOSLASH
Ishdan maqsad:
polyarimetr va saxarimetrlarni standart asosida
qiyoslashni
o‘rganish.
Vazifa:
polyarimetr va saxarimetrlarni tuzilishi va ishlash prinsiplarini
o‘rganish va
qiyoslash
natijalari
bilan tanishish.
Asboblar va qurilmalar
1. P
olyarimetr va saxarimetr
(laboratoriyaga oid);
2. Har xil konsentratsiyali qand eritmalari.
Nazariy qism
P
olyarimetr va saxarimetrlar suyuq va qattiq agregat xolatidagi moddalarni
qutblanish tekisligini burilish burchagini o‘lchash asosida suyuqlik tarkibidagi bir
xil moddani konsentratsiyasini aniqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash qurilmalari
hisoblanadi.
P
olyarimetrlar
asosan
ishlab
chiqarishning
kimyoviy
laboratoriyalarida, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoatida va ilmiy-laboratoriyalarda
moddalar tarkibini ham sifat tomonidan, ham miqdor tomonidan analiz qilish
uchun keng miqyosda qo‘llaniladi (8.1- rasm). Polyarimetr va saxarimetrlarni
qiyoslash metodikasini o‘rganishdan avval polyarimetrlarning tuzilishi, ishlash
prinsipi va ular qanday yorug‘lik nurlari asosida ishlaydi, tabiiy nur nima,
qutblangan nur nima, degan savollarga javob berishimiz kerak.
Maksvellning elektromagnit to‘lqin nazariyasiga ko‘ra, yorug‘lik nuri to‘lqin
uzunligi 4000 A
0
dan 8000A
0
gacha (=(4000 8000) A
0
; 1A
0
=10
-8
sm ) bo‘lgan
elektromagnit to‘lqinlardan iborat. YOrug‘lik to‘lqinini tashkil qilgan
o‘zgaruvchan elektr maydon kuchlanganligi
)
Е
(
va magnit maydon
|