2. Qiyoslash sharoitlari va unga tayyorlanish 2.1. Qiyoslash o‘tkazilayotgan vaqtda har bir muayyan qurilma uchun
foydalanishga oid xujjatlarda nazarda tutilgan harorat, nisbiy namlik va atmosfera
bosimi talablariga mos kelishi kerak.
2.2.
Qiyoslash o‘tkazishdan oldin quyidagi tayyorgarchilik ishlarini bajarish
kerak:
- qurilmani to‘g‘ri ulanganligini tekshirib ko‘rish kerak;
- qurilmani erga ulanganligini tekshirish kerak;
- qurilma va namunaviy polyarimetrik plastinkalarni ishchi xolatda 1 soatdan
kam bo‘lmagan vaqt ichida saqlash kerak;
- qurilmani ishlatish bo‘yicha instruksiyada ko‘rsatilgan vaqt davomida tok
manbaiga ulab qizdirish kerak;
- namunaviy polyarimetrik plastinkani kyuveta qo‘yiladigan joyning o‘rtasiga
o‘rnatish kerak;
- namunaviy polyarimetrik plastinkani 8
o
aylanish burchagi ostida 20-60
minut davomida termostatlangan xolatda temperatura o‘zgarishlarini hisobga olgan
xolda ushlab turish kerak (3
o
S gacha temperatura o‘zgarishida - 20 minut, 6
o
S
gacha temperatura o‘zgarishida-40 minut, 10
o
S gacha temperatura o‘zgarishida -
60 minut)
3. Qiyoslashni o‘tkazish Tashqi ko‘rik. P
olyarimetrni
tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagilar
tekshiriladi:
3.1.1. Fotoelektrik polyarimetrning pasportida ko‘rsatilganiga bog‘liq xolda
barcha qismlarini to‘liqligini tekshirish (qo‘shimcha qismlaridan tashqari);
- markirovkaning mavjudligi (qurilmaning tipi, ishlab chiqaruvchi
korxonaning mahsulot belgisi, qurilmaning tartib raqami);
109
- qurilmaning tashqi ko‘rinishida defektlarni yo‘qligini tekshirish;
- shisha kyuvetalarda dars ketishlar, qo‘pol qirilishlarning yo‘qligiga ishonch
hosil qilish.