90
3.
Spektral ajratish qobiliyati, spektral diapazon kabi tushunchalarni
tushuntirib bering?
4. Spektrofotometrlarni qo‘llanishsh soxalari?
5. Eritmaning nur o‘tkazish koeffitsienti deb nimaga aytiladi?
6. Eritmaning optik zichligi deb nimaga aytiladi?
91
6-LABORATORIYA ISHI
KONDUKTOMETRLARNI QIYOSLASH
Ishdan maqsad: Konduktometrlarni ishlash prinsiplari va qurilmalar
yordamida o‘lchash usullarini o‘rganish. Qiyoslash uslubi bilan tanishish.
Vazifa:Uslubiyatga muvofiq holda konduktometrni
qiyoslash va qilingan
laboratoriya ishi haqida xulosa yozish.
Asbob va uskunalar: Mark 601 portativ konduktometri. Turli
moddalarning har xil konsentratsiyadagi eritmalari. “Mark 601” portativ
konduktometri
eritmalarning
elektr
o‘tkazuvchanligi
o‘lchashda
farmatsevtikada, oziq-ovqat sanoatida, biotexnologiyada va kimyo sanoatida
keng miqyosda qo‘llaniladi.
Nazariy qism
Konduktometr — elektrolitlarning elektr o‘tuvchanligini o‘lchash
uchun
mo‘ljallangan o‘lchash asbobi hisoblanadi. (suvli va suvsiz eritmalar, kolloid
sistemalar, eritmalar, kattiq maxsulotlar va h.k.) (6.1-rasm).
Konduktometrik taxlil elektrodlararo kengliklarda
muhitning maxsulot yoki
moddalarning kimyoviy konsentratsiyalaridagi o‘zgarishlariga asoslangan, u
odatda muvozanat qiymatiga yaqin bo‘lgan edektrodni potensialiga bog‘liq emas.
Konduktometriya doimiy va o‘zgaruvchan (past va yuqori chastotadagi) toklarni
qo‘llash bilan taxlilni to‘g‘ridan-to‘g‘ri usullarini (masalan,
tuz miqdorini
o‘lchashlarda foydalaniladigan) va bilvosita usullar (masalan, gazga oid taxlillar),
shuningdek xronokonduktometriyani, quyi chastotali va yuqori chastotali titrlashni
o‘z ichiga oladi.
Konduktometrni ishlash prinsipi suvni elektr o‘tkazuvchanligini (asbobni
elektrodlari yaratgan doimiy elektr maydonidagi tok kuchi) suvda eritilgan tuzlarga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqliklariga asoslangan. Tuzlar, kislotalar,
asoslarni
eritmalaridagi modda konsentratsiyasini aniqlash, ba’zi bir sanoat eritmalarini
tarkibini nazorat qilishda keng miqyosda qo‘llaniladi.
92
Konduktometr o‘zida kichik o‘lchamlardagi
mikroprotsessorli asbobni
mujassam etadi va solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash uchun
mo‘ljallangan. Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikni nazorat qilish qulay bo‘lishi
uchun konduktometrda solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikni absolyut
qiymatlarini 25
o
S da solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikga
keltiruvchi haroratga
xos kompensator bo‘ladi. Konduktometrda haroratga xos kompensatorni o‘chirish
bilan erishiladigan, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikni absolyut qiymatini
o‘lchash rejimi nazarda tutilgan.
Konduktometr quyidagilarda qo‘llaniladi:
- distillangan suvni sifatini
baholashda;
- tuproq sho‘rlanishini baholashda;
- konduktometrik titrlashda va hokazolar.
Ixchamlashtirilgan
konduktometr –ko‘chirilib
yuriladigan
asbob,
laboratoriya, ishlab chiqarishda yoki dala sharoitlarida maxsulotni elektr
o‘tkazuvchanligini konsentratsiyaga bog‘liqligini tezlikda nazorat qilishga
mo‘ljallangan.
Laboratoriya konduktometri –ilmiy laboratiriyada mahsulotni tadqiq etish uchun
6.1-rasm. Ko‘chirilib yuriladigan
konduktometrlar
93
va ishlab-chiqarish laboratoriyalarida texnologik jarayonlarni davriy
nazorat qilish
uchun stol ustiga mo‘ljallangan o‘lchash asbobi hisoblanadi (6.2 va 6.3-rasmlar).
6.2-rasm.Laboratoriya konduktometri
Conductivity Meter 703
6.3-rasm.Laboratoriya konduktometr
Mettler Toledo S30