121
chiziq bilan ustma-ust tushganda shkalaning chap tomoni sindirish ko‘rsatkichi "
n"
ning, o‘ng tomoni esa "
n" ga mos kelgan eritma konsentratsiyasi "
S " ning
qiymatlarini ko‘rsatadi. SHunday qilib, refraktometr yordamida "
n" va "
S " larning
qiymatini bir vaqtning o‘zida aniqlay olamiz. Aniq o‘lchash ishlarida suyuqlik
haroratini ham bilish kerak. Haroratni aniqlash uchun maxsus moslama
o‘rnatilgan. Laboratoriya mashg‘ulotlari vaqtidagi o‘lchashlarda unchalik katta
aniqlik talab qilinmaganligi uchun tekshiriladigan suyuqlik xona haroratida
o‘lchanadi. Quyida biz turli xildagi eritmalarni tarkibidagi qand miqdorini hamda
dori vositalari tarkibidagi ta’sir etuvchi moddalarni konsentratsiyasini aniqlash,
ularni analiz qilish uchun ishlatiladigan refraktometrlarni qiyoslash metodikasi
bilan tanishamiz.