Sohadinova nargiza sodiqovna




Download 0.58 Mb.
bet11/26
Sana24.03.2017
Hajmi0.58 Mb.
#1657
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Siderat yekinlarning bahorda haydash oldidan ko’k massa miqdori (t/ga),ularning tuproq agrokimyoviy holatiga va g’o’za hoslidorligiga ta’siri[Masharipov,Oripov,Toshtemirov]

T/r

Tajriba variantlari

Sideratlarning massasi

Tuproqning 0-30 sm qatlamida oziqa elementlari miqdori,mg/kg

G’o’-za hosil-dorligi

Yer ustki qismi

Yer ostki qismi

Jami

Nitrat

Harakatchan fosfor

Haydash oldidan

G’o’zaning shonalash davrida

Haydash oldidan

G’o’zaning shonalash davrida

1.

Kuzgi shudgor

-

-

-

3,8

11,2

22,9

30,2

31,1

2.

Arpa

26,51

3,75

30,20

3,2

21,5

24,8

36,2

31,1

3.

Javdar

25,31

3,92

29,23

3,1

20,7

24,3

35,8

33,4

4.

Arpa+ko’k no’xat

25,82

3,32

29,14

6,2

30,3

26,2

39,2

33,6

5.

Raps

30,37

3,27

33,64

3,8

22,6

25,8

36,3

33,8

6.

Raps+ko’k no’xat

34,72

3,76

34,48

5,9

28,7

25,8

38,7

34,4

E=0,54 s/ga

P=1,6 %


1.3.1-jadval ma’lumotlariga ko’ra oraliq ekinlarning jami to’plagan ko’k massasi har gektar maydon hisobiga 27,72 tonnadan 38,5 tonnagacha bo’lib, eng ko’p biomassa bergan ekinlar yakka holda ekilgan oraliq ekinlarga nisbatan raps + ko’k no’xat qo’shib ekilgan variantlarda kuzatildi.Yashil massa hosildorligi har gektar maydon hisobiga eng yuqori ko’rsatkich 38,48 tonnagacha bo’lganligi hisobga olindi.Ushbu to’plangan biomassa haydalgan bo’lakchalarda oraliq ekinlarning turlariga qarab nitratlar 1 kg tuproqda g’o’zaning shonalash davriga kelib 20,7 dan 34,1 mg gacha nazorat variantlarida esa kamroq ya’ni 11,2-12,3 mg bo’lganligi aniqlandi. Harakatchan fosfor miqdorining o’zgarishda ham shunday ijobiy ma’lumotlar olindi. Yashil o’g’it sifatida Siderat ekinlarning to’plagan ko’k massasini haydalishi natijasida tuproqning agrofizik, agrokimyoviy xossalarini yaxshilanishi hamda tuproqning organik moddalar bilan boyitilishi sababli, ularning o’rnida parvarish qilingan g’o’zalarning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligining oshishiga samarali ta’siri kuzatildi.

Jadval ma’lumotlari tahlil etilganda shu narsa ma’lum bo’ldiki, oraliq ekinlarning ta’sirida g’o’za hosildorligi yillar davomida nazorat variantlariga nisbatan o’rtacha 2,3-3,3 sentnergacha yuqori bo’lishi hisobga olindi.Ayniqsa siderat ekinlarni yakka holda yemas, balki aralashma holda ekilganda ularning samaradorligi yanada yuqori bo’lishi e’tiborga molikdir.

Ma’lumki, keying yillarda ekinlar strukturasida boshoqli don o’simliklarini salmoqli o’rinni egallab keng maydonlarda ekilganligi sababli, almashlab ekish tizimida ham, katta o’zgarishlar yuz bermoqda, ya’ni beda-g’o’za almashlab ekish o’rniga qisqa rotasiyali navbatlab ekish keng maydonlarga joriy etilmoqda.Shuni ye’tiborga olib tuproqlarda organik moddalarni to’planishning zarur choralaridan hisoblangan usullari-asosiy ekin yig’ib olingandan so’ng, ularni o’rniga dukkakli takroriy ekinlar ekish, oraliq ekinlarni parvarish qilib “ko’k” o’g’it sifatida foydalanish tuproq unumdorligini oshirishda shu kunning ustuvor zaruriy tadbirlaridan hisoblanadi.

Yuqorilardagiga asoslanib O’zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot Institutining Samarqand filialida ushbu mavzu bo’yicha dala tajribalari olib borilgan.

Tajriba filialining №2 brigadasida o’tloq-bo’z tuproq sharotida bajarilgan [36].

Tajribada oraliq ekin sifatida: javdar, perko, ko’k no’xat (gorox), raps ekinlari ekilib ularning o’sishi, rivojlanishi va ko’k massa (biomassa) to’planishi qiyosiy o’rganildi.Oraliq ekinlar to’plangan biomassa bahorda dalaga g’o’za parvarish qilindi va oraliq ekin turlarining paxta hosildorligiga ta’siri o’rganildi.

Shuning bilan birga tajriba dalasida kuzgi va bahorgi muddatlarda shudgorlash ham bir-biriga solishtirib nazorat variant tariqasida o’rganildi.

Tajriba dalasiga kuzda paxta hosili yig’ib olingandan so’ng, (oktabrni birinchi dekadasida) KPX – 4 rusumli kultivator yordamida g’o’za qator oralari yumshatilinib oraliq ekinlarining urug’lari ekildi va sug’orish joylari olinib sug’orildi.

Erta bahorda har gektar maydon hisobiga 70 kg me’yorda azot o’g’iti berilib sug’orildi.

O’tgan yillarda bahor faslining ancha iliq kelganligi sababli, oraliq ekinlarni jadal o’sishi kuzatildi.Natijada aprel oyining ikkinchi dekadasida (17-aprelda) oraliq ekinlar tomonidan to’plangan ”biomassa” KIR-1,5 agregati yordamida maydalanib, yerga sochilib, so’ngra qo’sh yarusli plug yordamida haydalib yerga ko’mildi.

Tajribada o’rganilgan oraliq ekinlarning to’plangan biomassasi ularni haydash oldidan aniqlangandi.Ma’lum bo’lishicha javdar o’simligi ekilgan variantda har gektar maydon hisobiga yer ustki qismi 338 sentner, raps bilan perko o’simliklari massasi 322-324 sentner, ko’k no’xatni to’plagan massasi 303 sentnerni tashkil qildi.

O’tkazilgan tajribalardan olingan ma’lumotlarni ko’rsatishicha, shudgorlash turli muddatlar o’tkazilganda va har xil oraliq ekinlar kuzda ekilib ularning to’plagan biomassasi ko’k o’g’it sifatida foydalanilgandan so’ng ularning o’rniga g’o’za o’stirilganda paxta hosilini miqdoriga ijobiy ta’siri borligi aniqlandi (1.3.2-jadval). Jadval ma’lumotlarini ko’rsatishicha, g’o’zalarning nihol qalinligi kuzda va bahorda shudgorlangan variantlarda oraliq ekinlarning biomassasi haydalgan variantlarga nisbatan sezilarli darajada yuqoriligi aniqlandi.Bunga sabab,bizlarni kuzatuvimizni ko’rsatishicha, oraliq ekinlarning biomassa haydalgan variantlarda ularning jadal tarzda parchalanishi sababli ayrim o’simliklarni nobud bo’lishidir.

Tajriba dalasida paxta hosili kuzda shudgorlangan dalada o’rtacha har gektar maydon hisobiga 30,2 sentnerni,bahorda shudgorlangan dalada 28,3 sentnerni tashkil etdi.

1.3.2-jadval





Download 0.58 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Download 0.58 Mb.