Sohadinova nargiza sodiqovna




Download 0.58 Mb.
bet25/26
Sana24.03.2017
Hajmi0.58 Mb.
#1657
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
XULOSALAR

1.Tuproq mikrobiologik faolligi uning unumdorligida muhim o’rin tutadi. Mikroorganizmlarning fiziologik guruhlaridan azot fiksatorlar ham muhim rol o’ynaydi ular tabiatda azotning aylanishida faol ishtirok etadi. Shuning uchun tuproqda ular miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga ega.

2.O’rganilgan barcha variantlarida g’o’zaning hosildorligi, nazorat variantga nisbatan sezilarli oshganligi qayd etildi. Eng yuqori hosildorlik organik o’g’itlar va trixoderma zamburug’i uyg’unlashgan holda berilgan variantlardan olindi. Bu variantlardan olingan qo’shimcha hosil nazorat variantga nisbatan 0.50 - 0.54 tonnani, iqtisodiy samara esa 170 – 180 % ni tashkil etdi.

3.Tuproqqa har yili 30 t/ga miqdorida go’ng solinganda, gumusning miqdori 1,75 foizga yetdi va dastlabkisidan 33,5 foizga, azotning miqdori 25 foizga ortganligi aniqlandi.Paxta-beda almashlab ekishning 4-5 yilida yuqoridagi miqdorda mineral o’g’itlar qo’llanilganda tuproqda gumusning miqdori 10 foiz, azot esa 11,8 foizga ortdi.

4. Oraliq yekinlarning ta’sirida g’o’za hosildorligi yillar davomida nazorat variantlariga nisbatan o’rtacha 2,3-3,3 sentnergacha yuqori bo’lihi hisobga olindi.

5.Olib borilgan kuzatishlarimiz asosida shunday xulosalar qilishimiz mumkinki, organik o’g’itlar (go’ng va siderat)ni alohida trixoderma bilan uyg’unlashgan holda qo’llaganimizda tuproqning ekologik holati yaxshilanadi. Tuproqning oziqa tartibotiga ijobiy ta’sir ko’rsatib tuproqning biologik va agrofizik xususiyatlarining yaxshilanishiga olib keladi.



TAVSIYALAR

Organik o’g’itlar me’yorini 20 t/ga dan 40 t/ga oshirish azotfiksatorlar sonini butun o’suv davri davomida barqarorlashishini ta’minlaydi. Mineral va organik o’g’itlar ayniqsa azotli o’g’itlar tuproqda mikroorganizmlarning fiziologik guruhlari sonini sezilarli ravishda oshiradi. Bunday qonuniyatlar o’tloq va o’tloq bo’z tuproqlar mikrobiologik faolligiga sezilarli ta’sir ko’rsatib, ulardagi mikroorganizmlarning taksonomik va fiziologik guruhlari vakillari sonini ishonarli oshiradi. Mineral va organik o’g’itlar birgalikda qo’llanilganda azotfiksatorlar soni eng yuqori darajada bo’ladi. Buni ayniqsa N250P175K125+40 t/ga go’ng variqntida yaqqol kuzatishimiz mumkin va ushbu variantni ishlab chiqarish sharoitiga tavsiya qilish mumkin.





Download 0.58 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 0.58 Mb.