Tuproqning ekologik muvozanatini saqlashda organik o’gitlar va trixoderma zamburug’ining ekologik ahamiyati




Download 0.58 Mb.
bet22/26
Sana24.03.2017
Hajmi0.58 Mb.
#1657
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
3.2. Tuproqning ekologik muvozanatini saqlashda organik o’gitlar va trixoderma zamburug’ining ekologik ahamiyati

Dehqonchilikda organik o’g’itlarning qishloq xo’jaligi ekinlari o’sib rivojlanishi va tuproq xususiyatlariga tasiri ko’pgina olimlar tomonidan o’rganilgan, biroq ularning ba’zi mikroorganizmlar, jumladan, trixoderma lignorum zamburug’i bilan uyg’unlashgan holdagi ta’siri yetarlicha o’rganilmagandir. Shu maqsadda ularning qishloq xo’jaligi ekinlar, jumladan, g’o’zaning o’sib rivojlanishi va tuproq ekologiyasiga ta’sirini o’rganish ilmiy kuzatishlarimizning asosi qilib olindi. Tajribalarda 6 ta variant o’rganildi. 1. Nazorat 2. Nazorat + trixoderma 3. Go’ng 30 t/ga 4. Go’ng 30 t/ga + trixoderma 5. Siderat 375 s/ga 6.Siderat 375 s/ga + trixoderma.Tajribaning birinchi yilida sanoat asosida yetishtirilgan trixoderma lignorum 19 zamburug’i (titr 1g/da 1mln dan ortiqroq spora,70 kg/ga) yekish bilan birgalikda chigit ostiga 5-6 sm chuqurlikka berildi.

Tajribalar Pastdarg’om tumanining “Toshquvvat bobo” fermer xo’jaligi dalalarida olib borildi va mavsum davrida xo’jalikdagi mavjud agrotexnikaga amal qilindi.

Tajriba variantlarida organik o’g’itlar va trixoderma lignorum zamburug’i ta’sirida tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyati va ularning organik o’g’itlar chiritish dinamikasi bo’z gazmolining tuproqdagi chirishi uslubi asosida o’rganildi.

Kuzatishlar shuni ko’rsatdiki,bo’z gazmolining chirish tezligi 30 kunda organik o’g’itlar va trixoderma lignorum zamburug’I uyg’unlashgan holda qo’llanilgan variantlarda jadal kechib gazmolning chirishi 95,5-98,0 % ni tashkil etdi. Organik o’g’itlar qo’llanilgan variantning dastlabki 10 va 20 kunlarida gazmolning chirishi sekin bordi. Bu tuproqdagi haroratning va organik o’g’itlarning chirishining pastligi bilan tushuniladi. Shuningdek, mavsumning boshi, o’rtasi va oxirida tuproqdagi mavjud mikroorganizmlar va ular sonining dinamik o’zgarishi doimiy kuzatildi (3.2.1- jadval).

3.2.1-jadval ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, nazorat variantda mavsum oxirida trixoderma lignorum sonida sezilarli o’zgarish kuzatilmaydi. Biroq qolgan variantlarda trixoderma sonining oshishi kuzatiladi, ayniqsa, organik o’g’itlar berilgan variantlarda yaqqol ko’rinadi.



3.2.1-jadval



Download 0.58 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 0.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuproqning ekologik muvozanatini saqlashda organik o’gitlar va trixoderma zamburug’ining ekologik ahamiyati

Download 0.58 Mb.