Sohaning faol va nofaol terminlari Reja: kirish sohaviy nofaol terminlar




Download 22.61 Kb.
bet1/2
Sana03.11.2023
Hajmi22.61 Kb.
#93889
  1   2
Bog'liq
Sohaning faol va nofaol terminlari
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш, wuhratova cala, 2-lekciya kompleks sanlar. Kompleks sanlardin algebraliq ham tri-fayllar.org, Favqulodda vaziyatlarda tez tibbiy yordam asoslari (Y.Allayorov, Y.Tojiboyev), Nukus davlat pedagogika instituti, Blog, i, Mundarija kurs ishi aziz, 5-tema, 6-Seminar jumısı, Dars vaqti 2 soat I. Ma`Ruzaning maqsadi-fayllar.org, Suyuqliklarning zichligini o‘lchash, Moodle masofaviy ta\'lim tizimining tavsifi. Axborotlashtirish va, photo 2024-02-27 12-24-33


Sohaning faol va nofaol terminlari
Reja:
KIRISH
1.Sohaviy nofaol terminlar
2.Faol terminlar
3.Hozirgi qoʻllanilayot terminlar


KIRISH
Nofaol so‘zlar. Adabiy tilga o‘xshab shevalar ham rivojlanib, yangi so‘zlar hisobiga boyib, o‘zgarib boradi. Bunday o‘zgarish, ko‘pincha, shevalar lug‘at tarkibida ro‘y beradi. Bu ijtimoiy hayotda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, jamiyatda ro‘y beradigan har xil o‘zgarish sababli zamon talablariga javob bermagan so‘zlar iste’moldan chiqadi, ularning o‘rniga boshqalari kirib keladi. Demak, til, jumladan, uning shevalarida ham yangilanishlar, eskirishlar sodir bo‘lib turadi. Bular davr talabi bilan bog‘liqdir. Ba’zi so‘zlar qo‘llanish doirasining kengayish va aksincha, ayrimlarining passiv qatlamga o‘tishi bu jarayonni yanada tezlashtirishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, bular hammasi nisbiy hodisadir. Sababi zamonaviylik va eskirganlikning o‘zi ham davrga ko‘ra nisbiy hisoblanadi. Eskirgan so‘zlar vaqti kelib, yana faollashishi va aksincha yangi so‘zlar tezda muomaladan chiqib ketishi mumkin. Buni faqat adabiy tildagina emas, shevalarda ham kuzatilayotganligini ta’kidlash kerak.
Arxaizmlar eskirgan so‘z tiplaridan biri bo‘lib, zamonaviy narsa va hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir. Agar istorizm hodisasida predmet yoki hodisaning o‘zi ham, nomi ham eskiradigan bo‘lsa, arxaizm hodisasida esa predmet va hodis zamonaviy bo‘ladi, ularning nomi yoki nomlaridan biri eskiradi, iste’moldan chiqadi, natijada narsa yoki predmetlar, hodisalar nomlari yangisi bilan atalaoshlaydi. Xullas, bunda, asosan, hozirda hayotda mavjud bo‘lgan narsalarni ifodalashda kamida ikkita so‘z ishtirok etadi, ulardan biri faol ishlatilsa, ikkinchisi, passiv leksik qatlamga o‘tadi va asta-sekin eskiradi, faqat tarixiy davr kaloritini berish maqsadidagina qo‘llanishi mumkin.
Shevalarda bir paytlar faol ishlatiladigan soqta so‘zi o‘ynaladigan kartani anglatgan. Keyingi davrda karta so‘zining aktiv qo‘llanishi natijasida soqta so‘zi passiv leksik qatlamga o‘tib, iste’moldan chiqa boshlagan. Shuni alohida ta’kdlash kerakki, arxaik so‘zlar shevalarda tarixiy so‘zlarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil qilmaydi. Sababi shevalarda eski so‘zlar o‘rnini yangisi egallanishi jarayoni juda sekinlik bilan o‘tadi. Adabiy tilda bo‘lganidek, shevalarda ham so‘zlarning iste’moldan
chiqishi,ularning o‘rnini boshqasi egallashi jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Narsa, hodisa nomidan biri eskirgan so‘zlar-leksik arxaizmlar shevalarda ko‘pchilikni tshkil qiladi. Qadimgi davrdan to hozirgacha shevalarda arxaizmga aylangan leksemalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Satil (chelak), talak (omborxona), madrapxana (xojatxona), tuzuv (taqinchoq), kaparat (magazin), lazim (ishton), dukart (qaychi), tirnaq (fundament), savax (ip), shangil//sarxum (kurshka), alam (bayroq), bandirga(chorraxa), karman (shlyapa), diyzil (avtobus), dabil‘ng‘ir (og‘ solinadigan idish) va hakazo.
Ko‘p ma’noli so‘zlardagi ma’nolaridan birining o‘zgarishi, eskirishi natijasida semantic arxaizmlar yuzaga keladi. Shevalardagi g‘assal so‘zi arabcha bo‘lib, uning o‘lik yuvuvchi ma’nosi hozirda eskirgan, uning o‘rniga ishyoqmas ma’nosi ihlatiladigan bo‘lgan. Shuningdek, kir suvi ma’nosini anglatadigan mag‘zava so‘zining ta’kidlangan ma’nolari iste’moldan chiqqan, kullap so‘zining qarmoq, o‘lik ma’nosidagi miyt so‘zining ushbu ma’nosi ham eskirib, tobut ma’nosida qo‘llaniladigan bo‘lgan. Bulardan tashqari xalpa so‘zining bilimi oz o‘quvchiga berkitilib qo‘yiladigan savodli o‘quvchi, battal so‘zining qaysar, tentak; oxur so‘zining otxona ma’nolari ham arxaiklashgan. Arxaizmlarning sinonimlari mavjud bo‘lganligidan, ana shu sinonimik qatorni tashkil etgan ma’nodosh so‘zlardan bittasi eskirishi mumkin.
Chunonchi, aravak // burunchop (buloqi) qatoridagi burunchop, sardoz, torqa , chizim,shnur qatoridagi sardoz so‘zi passiv leksik qatlamga o‘tib, arxaiklashgan so‘zlardir. Demak arxaizmlar zamonaviy narsa, hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir.
Arxaizmlardan predmet, narsa, hodisalar nomlaridan biri iste’moldan chiqadi, ya’ni eskiradi. Ular endilikda boshqa nom bilan ataladigan bo‘ladi. Bu jarayon jamiyatda, hayotdagi sodir bo‘ladigan har xil o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir.
Jamiyatda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘zida aks ettira olmagan so‘zlar iste’moldan chiqib ketadi. Bu jarayon adabiy tilga nisbatan shevalarda sekinlik bilan o‘tadi. Chunki shevalardaso‘zlarning eskirishi, yangi so‘zlarning kirib kelishi tez sodir bo‘lmaydi. Tarixiy so‘zlar ko‘pincha moddiy va ma’naviy hayot, turmush, davlat tuzilishi , din, urf-odatlar, turli lavozimlar, unvonlar, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-asboblar bilan aloqador bo‘lib, jamiyatdagi ro‘y bergan o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda ularning nomlari ham davr o‘tishi bilan eskiradi, ular o‘rnini boshqa so‘zlar egallaydi. Xorazm qipchoq shevalaridagi istorizmlarni turli sohalarga oid so‘zlar doirasida uchratish mumkin:
Qishloq xo‘jaligi va dehqonchilikga oid so‘zlar: kunda (omoch), zambarchi
(zambil bilan mahalliy o‘g‘it tashiydiganlarga nisbatan ishlatiladi), digir
(charxpalakning suv chiqaradigan ko‘zasi), vahim (vaqf qilingan yer yoki narsa) va hakazo.
2. Suv chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zlar: kunda (juvozning yerga ko‘milib turgan qismi), arish (kundaga bog‘lanadigan uzun yog‘och); darvaz yip (ikkita katta o‘qni bog‘laydigan ip); ayri ag‘ach (o‘qni tushirishga xizmat qiladigan yog‘och); ayri baqan (katta o‘qni ko‘tarib turishga xazmat qiladigan narsa); kämal (tushirishga xizmat qiladigan narsa); kamalcha (o‘qqa kiydiriladigan narsa); . Tarixiy so‘zlar (istorizmlar). O‘tmishga oid narsa, hodisalarni ifodalagan, biroq hozirgi tilimizda o‘z sinonimiga ega bo‘lmagan so‘zlardir. Masalan: miri, paqir, (pul birliklari) qozi, qushbegi, yasovul, xalifa (mansab nomlari), omoch, yorg‘ichoq, charx kabilar.
Iqtisodiyot terminologiyasini, umuman, boshqa soha terminologiyalarini ham boyitishda ona tili imkoniyatlaridan foydalanish haqida gap ketganda quyidagi uch holatga e‘tibor berish zarur bo’ladi:
Muayyan bir tilda, shuningdek, o’zbek tilida ham iqtisodga oid tushunchalarni aniq ifodalovchi qator leksemalar qadim-qadimdan Qo’llab kelinmoqda. O’zbek adabiy tili boyligining bir qismi O’laroq, bunday so’zlar keyinroq, konkret terminologik tizim vujudga kela boshlashi bilan iqtisod fanining maxsus tushunchalarini ifodalash uchun jalb qilina boshlangan edi. Masalan, haq, bitim, pay, garov, dallol, pul, so’m, sug’urta, savdo, omonat, g’amlama va boshqalar.
Iqtisodiyot bilan aloqasi bo’lmagan, boshqa-boshqa sohalarda Qo’llanadigan terminlar ham maxsuslashtiriladi, ya‘ni iqtisodiy terminlar sifatida ishlatiladi. Masalan, taklif, sohibkor, O’sim, qoldiq, daraja, palata, kadrli, yetakchi, yig’im, qonun, qaydnoma, baho, xO’jalik kabi yuzlab leksemalar iqtisodiy terminologik tizimda yakka holida ham, so’z birikmalar ining tarkibiy qismlari sifatida ham ushbu soha terminlari sifatida amal qilinaveradi.
Iqtisodiyot terminologiyasining boyishidagi yana bir manba, bu iqtisodiy tushunchalarni ifodalash uchun xilma-xil affikslar ishtirokida hosil qilingan yasama lug’aviy birliklar hisoblanadi: jamg’arma, ijarachi, ishsizlik, uyushma, tejamkor, iqtisodiyot, tadbirkor, bojxona, qarzdor, boylik kabilar shular jumlasidandir. Bunday terminlarning bir qismi tegishli ruscha-baynalmilal muqobillarining O’zbek tilidagi kalkasi sifatida yuzaga kelgan.
Hozirgi O’zbek tili lug’at tarkibida, uning iqtisodiy terminlar tizimida yuqoridagidek umumturkiy, O’zbek terminlari bilan bir qatorda fors -tojikcha, arabcha, shuningdek, ruscha-baynalmilal leksemalar ham Qo’llanib kelinayotir. Masalan, sarmoya, savdogar, tojir, sarkor, daromad, dastmoya kabi fors- tojikcha so’zlar asosiy iqtisodiy terminlar bo’lib Qo’llanmoqda. O’zbek tili iqtisodiyot terminologiyasining ruscha-baynalmilal terminlar hisobiga to’ldirilishi haqida gap ketganda shuni aytish kerakki, rus tili leksikasi imperiya davrida mahalliy tillarga, xususan, O’zbek tiliga ham O’z ta‘sirini O’tkazdi. Masalan, veksel, preyskursant, kredit, tovar, buxgalter, bank, kassir, avans, makler va boshqalar.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan, leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi.
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Ilm-fan, texnika, qishloq xo`jaligi va san'atga oid tushunchalarning aniq nomini bildiruvchi bir ma'noli so`z va birikmalar terminlar deyiladi.
Terminlar yig`indisi va shu terminlarni o`rganuvchi soha terminologiya deyiladi. Termin grekcha terminos so`zidan olingan bo`lib, chek, chegara ma'nolarini bildiradi.
Respublikamiz mustaqil deb e’lon qilingandan keyin, bu sohadagi ahvol butunlay o‘zgardi. Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlari bilan xilma-xil aloqalarga keng yo‘l ochildi. Bu omillar o‘zbek tilida yangi-yangi terminlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu yangi terminlar sirasida iqtisodiy terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan, fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiy terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliy, ayniqsa, nazariy masalalarni hal etish uchun iqtisodiy terminlar tizimini, ularning yasalish qonunlarini, shakllanish manbalarini, umumtilda qo‘llanish doirasini, mazkur tizimda ro‘y berayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash kabi qator masalalarni o‘rganish zaruriyati paydo bo‘ldi.
Fanning yana bir maqsadi hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanib kelinayotgan iqtisodiy terminlarni to‘plash va sistemalashtirishdan ham iboratdir. Hozirgi bosqichda, ya’ni yuqori saviyadagi ilmiy-texnik inqilob davrida ishlab chiqarish, fan va texnikaning barcha sohalarida yangidan-yangi narsa, predmet va tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Bu hol til lug‘at tarkibining salmoqli ravishda boyishiga olib kelmoqda. Binobarin, termin muammosi hozirgi leksikologiyaning asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi. “Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”.
Yuqorida terminshunoslarning terminning asosiy vazifasi va xususiyati haqidagi, ya’ni terminlarning nominativligi yoki definitivligi haqidagi fikrini keltirdik. Terminologik birikmalarning ko‘p leksemaliligi, ya’ni ular komponentlarining soni nechtagacha bo‘lishi keyingi yillarda terminshunoslarning diqqat-e’tiborini jalb etib kelmoqda. Haqiqatan ham keyingi yillarda miqdoran ortib borayotgan ko‘p komponentli birikma terminlar tushuncha mazmunini to‘laroq ifodalashga xizmat qilsa-da, ularni amalda qo‘llash va esda saqlab qolish ancha noqulaydir. Aslini olganda, bunday terminlar ikki, nari borsa uch, to‘rt komponentdan iborat bo‘lishi lozimki, natijada, birikma terminlarning komponentlari, tegishli belgilarni to‘laroq aks ettirish maqsadida, aniqlovchilar, sifatdoshli o‘ramlar qo‘shish orqali hosil qilinishi lozim.
Ta’kidlash joizki, terminlar masalasi bilan shug‘ullangan deyarli barcha olimlar mazkur tushunchaning ta’rifini berishga urinib ko‘rishgan. Ularning barchasigina emas, ayrimlarini, ham namuna tariqasida keltirib o‘tish ko‘plab sahifani egallagan bo‘lardi. Shuning uchun ularni jamuljam etgan holda “termin” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Termin kasbiy ma’no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va shakllantiruvchi ayrim obyektlar va ular o‘rtasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtai nazaridan bilish hamda o‘zlashtirish jarayonida ishlatiladigan so‘z yoki so‘z birikmadir.
Har bir sohaning, tarmoqning termini borki, u o‘sha soha, tarmoq doirasida qo‘llanadi, aniqroq qilib aytganda, kasb-hunar egasining nutqini shakllantiradi, o‘zaro nutqiy muomala uchun shart-sharoit yaratadi. Bu o‘rinda shuni qayd etish lozimki, muayyan kasb-hunar yoxud mutaxassislikka ega bo‘lgan kishilar ko‘pincha u yoki bu sohaning o‘ziga xos spetsifik terminlari bilan ish ko‘radi. Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma yoki og‘zaki nutqida kartel, kliring, tovar oboroti, mayda mulkchilik, mablag‘ ajratish, renta kabi tor doiradagina qo‘llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi.
Iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar ishlatilaveradi. Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi, olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.
Ta’kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot balki fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil soha va terminlar majmui, ya’ni yig‘indisi terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar.
O‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish, ularni tartibga solish, terminologik lug‘atlar tuzish kabi qator chora-tadbirlar XX asrning 20-yillari o‘rtalaridan boshlangan.
Zero, ayrim leksikografik ishlarni hisoblamaganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda o‘rganish, hozirgi o‘zbek tilshunosligining fan sifatida yuzaga kelishi ham shu davrdan boshlangan. Albatta, terminlarni o‘rganish ehtiyoji o‘z-o‘zidan kelib chiqqan emas, barcha bilim sohalari bo‘yicha o‘zbek tilida ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish, bilim sohalarining sezilarli darajada rivojlana borishi, ilmiy tafakkur doirasining kengayishi, sobiq ittifoqdagi milliy tillar, jumladan, o‘zbek tili lug‘at tarkibining boyib borishi, binobarin, tilda terminlarning ko‘payib borishi ularni (terminlarni) har tomonlama o‘rganish va tartibga keltirishga turtki bo‘lgan edi.
O‘zbek tilshunosligida turli fan sohalariga oid terminologik tizimlarni lingvistik jihatdan har tomonlama ham ilmiy, ham amaliy o‘rganish, asosan, 1950-yillardan keyin izchilroq tus ola boshladi; termin va terminologiyaning nazariy masalalariga bag‘ishlangan maqolalar ayrim fan sohalari terminlarini lingvistik jihatdan tahlil etishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyalari yuzaga keldi, mukammal terminologik lug‘atlar yaratishga kirishildi.
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy jihatlarini yanada chuqurroq o‘rganish, termin qo‘llashni tartibga solish davlat ahamiyatidagi masalaga aylandi.
1984-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Respublika Muassasalararo terminologik komissiya (RMTK)ning tashkil etilgan.

Download 22.61 Kb.
  1   2




Download 22.61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sohaning faol va nofaol terminlari Reja: kirish sohaviy nofaol terminlar

Download 22.61 Kb.