• Anderrayter
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги




    Download 0.67 Mb.
    bet14/43
    Sana16.03.2017
    Hajmi0.67 Mb.
    #164
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
    Aktuar hisob-kitoblar - sug‘urta tarifi stavkalarini hisoblashning iqtisodiy-matematik usullari yig‘indisi. Ushbu hisob-kitoblar katta sonlar qonuniga asoslanadi. Aktuar hisob-kitoblarning metodologiyasi, ehtimollar nazariyasi, demografiya qonuniyatlariga asoslanadi, tarif stavkasini miqdori sug‘urta hodisalari ro‘y berishining ehtimoliyligiga bog‘liq. Demografiya ma’lumotlaridan fuqarolarning hayotini sug‘urtalashda sug‘urtalanuvchilarning yoshiga mos ravishda sug‘urta tarifi stavkasini tabaqalashtirishda foydalaniladi. Uzoq muddatli hayotni sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summalari sug‘urtalangan shaxs vafot etganda yoki u ma’lum bir yoshga yetganda to‘lanadi. Yetarli miqdordagi sug‘urta fondini shakllantirish uchun, sug‘urtalovchi shartnoma amalda bo‘lgan davrda qancha shaxs vafot etishi yoki ma’lum bir yoshga yetishi ehtimoliyligini bilishi zarur. Aholi o‘limi darajasi haqidagi statistik ma’lumot asosida turli yoshga yetishi ehtimolligini hisoblash hamda fuqarolarning o‘limi to‘g‘risidagi jadvalni tuzish mumkin. Bu jadval asosida nafaqani va hayotni sug‘urtalash bo‘yicha tarif stavkalarni hisoblash mumkin.

    Anderrayter – 1) turli risklarni sug‘urtalash vakolatiga ega, sug‘urta kompaniyasi tomonidan tayinlanadigan shaxs. Sug‘urta kompaniyasini sug‘urta portfeli shakllanishi uchun javob beradi. U sug‘urta shartnomalarini tuzish, risklarni baholash va sug‘urta tarifi stavkasini belgilash yuzasidan tegishli malakaga ega bo‘lishi zarur; 2) Lloyd sug‘urta polislarini beradigan Lloyd sug‘urta korporatsiyasini a’zosi; 3) potensial mijozlarga sug‘urta polisini sotish bilan shug‘ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga sug‘urta sohasi bo‘yicha yuqori darajada maslahat xizmatlarni ko‘rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs.

    Anderrayter siyosati- sug‘urtalash bilan bog‘liq yangi takliflarni ko‘rib chiqish va mazkur taklifni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida xulosalar chiqarishga qaratilgan siyosat.



    Annuitet – renta va nafaqalarni sug‘urtalashning hamma turlarini umumlashtiruvchi tushuncha. Bunda sug‘urtalanuvchi sug‘urta kompaniyasiga bir vaqtning o‘zida yoki bir necha yillar davomida tegishli sug‘urta mukofotlarini to‘laydi. Keyin sug‘urtalanuvchi butun hayoti davomida sug‘urta kompaniyasidan daromad oladi. Annuitetning bir turi hisoblanadigan fuqarolarning yillik daromadini sug‘urtasi bugungi kunda Buyuk britaniyada, Fransiyada va AQShda keng rivojlangan.

    Dispasher – dengiz transportida umumiy avariya sodir bo‘lganda ko‘rilgan zararni kema, yuk va fraxt o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadigan mutaxassis. Rivojlangan mamlakatlarda dispasher funksiyasini maxsus kompaniyalar bajaradi. Zararlarni taqsimlash bo‘yicha hisob-kitoblar dispasha deyiladi va dispashani tuzganlik uchun haqni manfaatdor tomonlar (kema egasi, yuk egasi, yukni sotib oluvchi shaxs) to‘laydi.



    Download 0.67 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




    Download 0.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

    Download 0.67 Mb.