• O’RQ-391-sonli Qonuni
  • PF-4609-sonli
  • PQ-2164-sonli
  • 2014 yil 1 avgust holatiga
  • Sug’urtachilar uchun ustav kapitalining eng oz




    Download 0.67 Mb.
    bet19/43
    Sana16.03.2017
    Hajmi0.67 Mb.
    #164
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
    Sug’urtachilar uchun ustav kapitalining eng oz

    MIQDORLARI (ekvivalenti ming yevro)

    Sug’urta faoliyati turlari

    2012 yil 1 iyuldan

    2014 yil 1 iyuldan

    Umumiy sug’urta sohasida

    1 125,0

    1 500,0

    Hayotni sug’urtalash sohasida

    1 500,0

    2 000,0

    Majburiy sug’urtalash bo’yicha

    2 250,0

    3 000,0

    Faqat qayta sug’urtalash bo’yicha

    5 000,0

    6 000,0

    Хizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, avvalam bor qishloq joylarda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning turini kengaytirish hamda sifatini yaxshilash va buning asnosida mamlakat iqtisodiyotini barqaror va shiddatli rivojlantirishda, aholining bandligini ta’minlash, daromadini ko‘paytirish va farovonligini yuksaltirishda xizmat ko‘rsatish sohasining roli hamda ahamiyatini oshirish maqsadida 2012 yil 10 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida»gi PQ-1754-sonli Qarori qabul qilindi.

    Shuningdek, 2015 yil 20 avgustda O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’yektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-391-sonli Qonuni, 2012 yil 15 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi PQ-1756-sonli Qarori, 2012 yil 16 iyulda «Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4453-sonli, 2012 yil 18 iyulda «Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4455-sonli, 2014 yil 7 aprelda “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-4609-sonli, 2015 yil 15 mayda “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4725-sonli, 2015 yil 24 aprelda “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chara-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4720-sonli Farmonlari hamda 2015 yil 28 aprelda “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2340-sonli, 2014 yil 15 aprelda “Tadbirkorlik faoliyatini amalgam oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2164-sonli Qarorlari e’lon qilindi.

    Aksiyadorlik shaklidagi sug‘urta tashkilotlarining faoliyati «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun bilan bir qatorda «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq huquqiy tartibga solinadi. Aksiyadorlik sug‘urta tashkilotlari yopiq va ochiq turda tashkil etilishi mumkin. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorida boshqa mulk shaklidagi sug‘urta tashkilotlari bilan bir qatorda aksiyadorlik sug‘urta tashkilotlari ham muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishmoqda. Ular jumlasiga ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan «O‘zagrosug‘urta» va «Kafolat» davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalarini, «Madad» sug‘urta agenligini, «Kapital sug‘urta» ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini misol sifatida keltirish mumkin.

    Ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan sug‘urta tashkilotlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – ular aksiyalarining fond bozorida erkin savdoga qo‘yilishidir. hozirgi kunda ushbu sug‘urta tashkilotlari tomonidan sotuvga chiqarilgan aksiyalar to‘liq investorlar o‘rtasida joylashtirilgan bo‘lsada, ular ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorida oldi-sotdi ob’ektiga aylangani yo‘q.

    O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, aksiyadorlik shaklidagi jamiyatlarning, shu jumladan sug‘urta tashkilotlarining oliy boshqaruv organi – aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi maxsus vakolatiga quyidagilar kiradi:


    • Sug‘urta tashkiloti nizomiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish;

    • Sug‘urta tashkilotini qayta tashkil etish;

    • Sug‘urta tashkilotini tugatish, tugatish komissiyasini tayinlash hamda oraliq va yakuniy balansni tasdiqlash;

    • Sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashining tarkibi va sonini aniqlash, uning a’zolari va raisini saylash;

    • E’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;

    • Sug‘urta tashkilotining ustav kapitalini ko‘paytirish;

    • Sug‘urta tashkilotining auditorini tasdiqlash;

    Shunisi diqqatga sazovorki, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi unda qatnashayotgan aksiyadorlar yoki ularning vakillarining kamida 60 foiz ovozga ega bo‘lsa, vakolatli deb hisoblanadi.

    Sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashi aksiyadorlar orasidan saylanib, ular umumiy yig‘ilish orlag‘ida aksiyadorlarning manfaatlarini himoya etadi.

    Sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashi quyidagi huquqlarga ega:


    • Sug‘urta tashkilotining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;

    • Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibini belgilaydi;

    • Obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtiradi;

    • Sug‘urta tashkiloti filiallari va vakolatxonalarini tashkil etadi va tugatadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 16-bobi xususiy mulkka bag‘ishlangan bo‘lib, uning 207-moddasida «xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir», deb ko‘rsatilgan. Sug‘urta tashkilotlari xususiy mulk shaklida ham tashkil etilishi mumkin. Shuningdek sug‘urta tashkiloti mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida ham tashkil etiladi.

    Mas’uliyati cheklangan jamiyat deganda bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati tushuniladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasida alohida qayd etilgan. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.

    Biz yuqorida sug‘urta tashkiloti qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida ham barpo etilishi mumkin, deb ta’kidlagan edik. Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat hisoblanadi.

    Yuridik va jismoniy shaxslar mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tuzilgan sug‘urta tashkilotining ishtirokchilari bo‘ladi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin emas. Тa’kidlash joizki, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan sug‘urta tashkiloti ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi lozim.

    Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlariga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi litsenziyalar reyestriga ko’ra 2014 yil 1 avgust holatiga respublikamizda jami 33 ta sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari litsenziyalarga ega.



    Download 0.67 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




    Download 0.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sug’urtachilar uchun ustav kapitalining eng oz

    Download 0.67 Mb.