|
Mavzu:Shaxsiy sug‘urtaning mazmuni va turlari
|
bet | 4/43 | Sana | 16.03.2017 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #164 |
Тibbiy sug‘urta- aholi sog‘ligini himoya qilish vositalaridan biri. Sug‘urta hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan, sug‘urta polisi orqali bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi. Тibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta kompaniyasi to‘laydi. Тibbiy sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi.
Mulkiy sug‘urta - turli ko‘rinishdagi mol-mulklarni saqlash bilan bog‘liq manfaatlar sug‘urta munosabatlarining ob’ekti hisoblangan, sug‘urtaning mustaqil tarmog‘i. Sug‘urtalanuvchining shaxsiy mulki, uning qaramog‘ida joylashgan mol-mulklar sug‘urtalanishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi sifatida, nafaqat mol-mulkning sohiblari, balki mol-mulkning saqlanishi uchun mas’uliyatli bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar ham bo‘lishi mumkin.
Netto-stavka - brutto-stavkaning asosiy tarkibiy qismi. Netto-stavka sug‘urta qoplamasini to‘lashga mo‘ljallangan pul mablag‘lari resurslari bo‘lib, u brutto-stavkaning 90 foizigacha miqdorini tashkil etishi mumkin.
|
| |