• 3 (uch) ish kunidan ortiq muddatga
  • III. BUYURTMACHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI




    Download 33,49 Kb.
    bet3/9
    Sana21.05.2024
    Hajmi33,49 Kb.
    #248478
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Oxunjonov J. Fargona Haq evaziga hizmat korsatish FHSh 19.03.24

    III. BUYURTMACHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI:
    3.1. Buyurtmachi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
    3.1.1. Mazkur Shartnoma shartlariga rioya qilish.
    3.1.2. Ijrochi tomonidan ko‘rsatilgan Xizmatlar ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq bo‘lmasa va (yoki) kamchiliklar aniqlansa, bu haqda Ijrochiga xabar berish.
    3.1.3. Ushbu Shartnomaning 2-bobida belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rsatilgan Xizmatlarga haq to‘lash.
    3.1.4. Ijrochi o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatishi uchun lozim darajadagi sharoitni tashkil qilish, shu jumladan, zarur materiallar va jihozlar bilan ta'minlash.
    3.2. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
    3.2.1. Ijrochidan ushbu Shartnoma talablariga rioya etilishini, shu jumladan, predmeti bo‘yicha Xizmatlarni ko‘rsatishni hamda zarur ma'lumotlarni taqdim etishni talab qilish.
    3.2.2. Ijrochidan ushbu Shartnoma doirasida berilgan material va jihozlarni mazkur Shartnoma muddati tugaguniga qadar qaytarilishini talab qilish.
    3.2.3. Ijrochi ushbu Shartnoma predmeti bo‘yicha Xizmatlarni to‘liq xajmda va/yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda yoxud ushbu Shartmoma bo‘yicha majburiyatlarni shuningdek, mazkur Shartnomaning 4.1.3-kichik bandida ko‘rsatilgan korruptsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda, Buyurtmachi ushbu Shartnomani bajarishdan bir tomonlama tartibda voz kechishga haqli. Buyurtmachi tomonidan Shartnomani ushbu kichik bandga muvofiq bekor qilingan taqdirda, Ijrochining sarf-harajatlarini va (yoki) yetkazilgan moddiy ziyonni qoplab berish majburiyatiga ega bo‘lmaydi.
    3.2.4. Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma doirasida Xizmatlarni ko‘rsatish va (yoki) majburiyatlarni bajarish jarayonida maxfiy va (yoki) tijorat sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni oshkor qilinishi yoki bunday ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etilishi va (yoki) ushbu harakatlar natijasida Buyurtmachiga yetkazilgan har qanday zarar uchun Buyurtmachi ushbu Shartnomani bir tomonlama bekor qilish hamda yetkazilgan zararni Bajaruvidan undirish huquqiga ega.
    3.2.5. Ushbu Shartnomaga muvofiq, Ijrochi tomonidan o‘z vaqtida yoki sifatli xizmat ko‘rsatilmagan taqdirda, Ijrochi tomonidan faqat haqiqatda ko‘rsatilgan Xizmatlar haqini mutanosib to‘lab berishga.
    3.2.6. Ijrochi mazkur Shartnoma doirasida Xizmatlarni ko‘rsatish va (yoki) majburiyatlarni bajarish jarayonida barcha turdagi alkogol ichimliklar yoki giyohvandlik vositalari yoxud psixotrop moddalarini iste'mol qilganda, saqlaganda va (yoki) ushbu vositalarni Buyurtmachi belgilangan xizmat ko‘rsatish joyiga olib kelganda yoxud xizmat ko‘rsatish joyida tarqatganda, shuningdek, alkogol ichimlik yoki giyoxvand moddalarining ta'siri ostida bo‘lganda va (yoki) 3 (uch) ish kunidan ortiq muddatga Xizmatlarni ko‘rsatishga imkon bermaydigan va (yoki) xalaqit beradigan kasallikka chalingan holatda Xizmatlarni ko‘rsatganda, Buyurtmachi ushbu Shartnomani bir tomonlama va oldindan yozma ravishda ogohlantirish bermasdan bekor qilishga haqli.

    Download 33,49 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 33,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. BUYURTMACHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

    Download 33,49 Kb.