• VI. MAXFIYLIK
  • Son pullik xizmat koʻrsatish haqidagi fuqarolik-huquqiy shartnomasi




    Download 33,49 Kb.
    bet5/9
    Sana21.05.2024
    Hajmi33,49 Kb.
    #248478
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Oxunjonov J. Fargona Haq evaziga hizmat korsatish FHSh 19.03.24

    V. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
    5.1. Ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik va (yoki) lozim darajada bajarmaganlik uchun Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
    5.2. Buyurtmachi, Ijrochi tomonidan Xizmatlarni amalga oshirish jarayonida, shu jumladan, maxfiy (konfidentsial) ma'lumotni suiste'mol qilish yoki ularni oshkor qilish natijasida yetkazilgan barcha toifadagi zararlarni to‘liq qoplashni talab qilishga haqlidir.
    5.3. Buyurtmachi ushbu Shartnomaning 2.3-bandida ko‘rsatilgan shartlarini bajarmaganlik uchun javobgar bo‘ladi, bundan Shartnomaning 2.4.1-kichik bandidagi holatlar mustasno.
    5.4. Ushbu Shartnomaning 1-bobida belgilangan Xizmatlar ko‘rsatish muddatlari buzilgan taqdirda, Ijrochi Buyurtmachiga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq penyaning umumiy summasi ko‘rsatilmagan Xizmatlar haqining 50 (ellik) foizidan oshib ketmasligi lozim.
    5.5. Penyani to‘lash majburiyati, Shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni (buning oqibatida boshqa tomonga zarar yetkazilishiga olib kelsa), yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
    VI. MAXFIYLIK
    6.1. Ijrochi ushbu Shartnoma doirasida olingan ma'lumotlardan, shu jumladan, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tijorat siri yoki maxfiy (konfidentsial) axborot toifasiga kiruvchi ma'lumotlardan bevosita yoki bilvosita Buyurtmachiga zarar yetkazadigan va/yoki Shartnomaning amal qilish muddati davomida biron-bir foyda va foyda olish maqsadida foydalanmaslikka majburdir.
    6.2. Tijorat siri va/yoki maxfiy (konfidentsial) axborot toifasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq deb tasniflanishi yoki oshkor etilishi Buyurtmachiga yuklatilgan axborotni o‘z ichiga olmaydi.
    6.3. Tijorat siri yoki maxfiy (konfidentsial) axborotni oshkor qilish oqibatida yetkazilgan zarar uchun tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar.


    Download 33,49 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 33,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Son pullik xizmat koʻrsatish haqidagi fuqarolik-huquqiy shartnomasi

    Download 33,49 Kb.