|
Son pullik xizmat koʻrsatish haqidagi fuqarolik-huquqiy shartnomasi
|
bet | 9/9 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 33,49 Kb. | | #248478 |
Bog'liq Oxunjonov J. Fargona Haq evaziga hizmat korsatish FHSh 19.03.24MAJBURIYATNOMA (KELISHUV)
/Tijorat sirlari va boshqa maxfiy axborotni tashkil qiluvchi
maʼlumotlarni sir saqlash haqida/
Men, _________________________________________________________________ (keyingi oʻrinlarda – Bajaruvchi), “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – Buyurtmachi) bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi pullik xizmat koʻrsatish haqidagi shartnoma tuzgan shaxs sifatida, men ushbu shartnoma doirasida xizmatlarni koʻrsatishim/ishlarni bajarishim jarayonida bevosita yoki bilvosita, Buyurtmachining tijorat sirini tashkil etuvchi yoki boshqa maxfiy axborotlarni tashkil etuvchi maʼlumotlardan foydalanishim mumkinligini toʻliq tushunaman va anglayman.
Men ushbu majburiyatnomaga zid boʻladigan yoki Buyurtmachining manfaatida faoliyatimni cheklaydigan uchinchi shaxs (jismoniy yoki yuridik) oldida hech qanday majburiyatlarim yoʻqligini tasdiqlayman.
Buyurtmachi (yoki uning huquqiy vorisi) bilan shartnomaviy munosabatlarim boʻlgan davrida va ushbu munosabatlar tugatilganidan keyingi 3 (uch) yil davomida:
a) Buyurtmachi bilan bogʻliq har qanday maʼlumotni va xizmat koʻrsatish jarayonida menga maʼlum boʻlgan boshqa maxfiy maʼlumotlarni oshkor qilmaslikka;
b) Buyurtmachining tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor qilmaslikka va uchinchi shaxslarga oʻtkazilmaslikka;
v) menga maʼlum boʻlib qolgan tegishli davlat boshqaruvi organlarining rasmiy yoki boshqa tijorat sirlarini, shuningdek, Buyurtmachining biznes hamkorlari/kontragentlari bilan munosabatlari jarayonida ega boʻlgan tijorat sirlarini saqlab qolishga;
g) har qanday faoliyat bilan shugʻullanish uchun Buyurtmachining tijorat sirini va boshqa maxfiy maʼlumotlarini ishlatmaslikka;
d) Buyurtmachi bilan oʻrtamizda mavjud shartnoma bekor qilingan taqdirda, Buyurtmachining tijorat sirlarini va boshqa maxfiy maʼlumotlarning barcha tashuvchilari: xizmat koʻrsatish shartnomasi boʻyicha mening ixtiyorimda boʻlgan qoʻlyozmalar, loyihalar, hujjatlar va boshqalar, elektron vositalarni Buyurtmachiga topshirish va bulardan har qanday koʻrinishdagi nusxa olmaslikka;
ye) Buyurtmachining tijorat sirlarini va boshqa maxfiy maʼlumotlarni tashuvchilarning yoʻqolishi yoki yetishmasligi haqida darhol Buyurtmachiga xabar berish majburiyatini oʻz zimmamga olaman.
Shaxsan men tomondan (yoki men jalb qilgan boshqa shaxslar bilan hamkorlikda) shartnoma doirasidagi faoliyatim davomida tayyorlangan tijorat sirini yoki boshqa maxfiy axborot/maʼlumotlarni tashkil qilishi mumkin boʻlgan barcha hujjatlar Buyurtmachining mulki boʻladi va men oʻzim (yoki men jalb qilgan boshqa shaxslar) tomondan yoxud boshqa shaxslar yuqoridagi hujjatlardan nusxalar, koʻchirmalar yoki izohlar olishiga yoʻl qoʻymayman va bunga imkoniyat yaratib beradigan harakatlarni sodir etmayman.
Men (yoki men jalb qilgan boshqa shaxslar) ushbu majburiyatnomaning yuqorida koʻrsatilgan qoidalaridan birini bajarmaganligim yoki buzganligim taqdirda, menga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunda hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralari, shu jumladan, Buyurtmachiga yetkazilgan barcha zararlarni qoplash majburiyati qoʻllanilishi mumkinligi haqida ogohlantirildim.
Buyurtmachi
________________________
(imzo)
“____”___________________2024 y.
______________________________
(lavozimi)
F.Sh.Rustamov
|
Bajaruvchi
________________________
(imzo)
“____”________________2024 y.
____________________FISH
|
|
| |