|
VII. YENGIB BO‘LMAYDIGAN KUCHLAR (FORS-MAJOR) HOLATLARI
|
bet | 6/9 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 33,49 Kb. | | #248478 |
Bog'liq Oxunjonov J. Fargona Haq evaziga hizmat korsatish FHSh 19.03.24VII. YENGIB BO‘LMAYDIGAN KUCHLAR (FORS-MAJOR) HOLATLARI
7.1. Ushbu Shartnoma bo‘yicha Tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari, yong‘inlar va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab import va eksportni taqiqlash, pandemiya yoki sanitariya-epidemiologik vaziyat yomonlashishi oqibatida karatin yoxud vaqtinchalik boshqa cheklovlar o‘rnatilishi va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda vaziyat, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar fors-major holatlari deb toifalanadi.
7.2. Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin kelib chiqqan va tomonlarning nazorati ostida bo‘lmagan fors-major holatlarining (favqulodda vaziyat xarakterining) bevosita natijasi bo‘lsa, tomonlarning hech biri o‘z majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.
7.3. Ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati, bunday holatlar va ularning oqibatlari amal qilish muddatiga mutanosib ravishda qoldiriladi (uzaytiriladi). Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning mumkin emasligi, mazkur moddada ko‘rsatilgan holatlarning kelib chiqishi, amal qilish muddati va bekor qilinishi to‘g‘risidagi tomon 3 (uch) kalendar kuni davomida yozma ravishda boshqa tomonga xabarnoma yuboradi. Agar majburiyatlarning to‘liq yoki qisman bajarilmasligi 3 (uch) kalendar oyidan ortiq vaqt mobaynida mavjud bo‘lsa, Ijrochi Shartnomani Buyurtmachining mumkin bo‘lgan zararlarini (shu jumladan xarajatlarni) qoplash majburiyatisiz to‘liq yoki qisman bekor qilishga haqli.
VIII. NIZOLARNI HAL QILISH
8.1. Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha yuzaga kelgan nizolarni va kelishmovchiliklarni muzokaralar orqali hal qilish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishga majburdirlar. Barcha nizolar Tomonlar o‘rtasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq nizolarni sudgacha hal etish tartibiga, shu jumladan, mediatsiya qoidalarini qo‘llagan holda hal etilishi lozim.
8.2. Nizoni Shartnomaning 8.1-bandiga muvofiq hal qilish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ushbu nizo Buyurtmachi joylashgan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudida qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqilishi kerak.
|
| |