|
IV. IJROCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
|
bet | 4/9 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 33,49 Kb. | | #248478 |
Bog'liq Oxunjonov J. Fargona Haq evaziga hizmat korsatish FHSh 19.03.24IV. IJROCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI:
4.1. Ijrochi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
4.1.1. Ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq Xizmatlarni shaxsan sifatli va belgilangan muddatda xizmat ko‘rsatish.
4.1.2. Shartnoma shartlariga muvofiq Xizmatlarni Buyurtmachining hududida (ma'muriy binosi va boshqalar) va Buyurtmachi bilan kelishilgan vaqt mobaynida ko‘rsatish (bajarish), bundan qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiy sanalarni nishonlash davrida (qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilanishi va (yoki) rasmiy dam olish kunlari sababli) Buyurtmachining xududida ushbu Shartnomaga muvofiq Xizmatlarni ko‘rsatishning imkoni bo‘lmagan holatlar mustasno.
4.1.3. O‘zbekiston Respublikasining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablariga qat'iy rioya qilish hamda ushbu Shartnoma doirasidagi majburiyatlari bilan bog‘liq korruptsiyaga qarshi qonunchilik hujjatlari talablarini buzishi mumkin bo‘lgan hatti-harakatlarga rozi bo‘lmaslik va bunday harakatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish, shu jumladan, yuridik shaxslar va (yoki) davlat organlari va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, har qanday darajadagi davlat xizmatchilari, ularning vakillarini o‘z ichiga olgan (cheklanmagan holda) shuningdek, har qanday jismoniy shaxslarga naqd pul yoki har qanday ko‘rinishda pora berishni o‘z ichiga olgan (cheklanmagan holda) takliflar, sanktsiyalar (rozilik) va (yoki) va'dalar bermaslik, noqonuniy to‘lovlarni amalga oshirmaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
4.1.4. Ijrochi barcha toifadagi xavfsizlik qoidalariga muvofiq Buyurtmachining nazorati ostida Xizmatlarni taqdim etadi, shu bilan birga, axborot xavfsizligi va (yoki) kiberxavfsizlik, elektr va yong‘in xavfsizligi, shuningdek, Buyurtmachining ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy binolar hududlarida belgilangan odob-ahloq qoidalariga, shu jumladan, barcha zarur shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish talablariga rioya qilish.
4.1.5. Sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan moddiy qimmatliklar (mol-mulk)dan ehtiyotkorlik bilan va oqilona foydalanish, Buyurtmachi tomonidan berilgan hujjatlar, materiallar va jihozlarning xavfsiz va butun saqlanishini ta'minlash.
4.1.6. Buyurtmachining mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda, Ijrochi Buyurtmachi tomonidan tuzilgan va tasdiqlangan dalolatnoma asosida rasmiy talab topshirilgan vaqtdan boshlab 10 (o‘n) kalendar kun davomida har qanday turdagi yetkazilgan moddiy zararni qoplab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Bunda, Ijrochi rasmiy talabnoma bilan tanishgan vaqtdan boshlab, bunday talab Ijrochi tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi.
4.1.7. Buyurtmachining hududiga, shu jumladan, Uztelecom brendi ostidagi sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislariga tashrif buyuruvchi shaxslarga nisbatan diqqat-e'tibor va hurmat bilan munosabatda bo‘lish, Buyurtmachining vakillari bilan yuksak ma'naviy va axloqiy munosabatda bo‘lish.
4.1.8. Mazkur Shartnoma asosida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan Xizmatlar va majburiyatdan tashqari boshqa masalalarni Buyurtmachining vakillari bilan muhokama qilmaslik.
4.1.9. Buyurtmachining hududida, shu jumladan, bino ichida sanitariya qoidalariga rioya qilishi, ifloslantirmasligi, barcha turdagi alkogol ichimliklar yoki giyohvandlik vositalari yoxud psixotrop moddalarini va tamaki mahsulotlarini iste'mol qilmasligi (chekmasligi) va (yoki) bunday vositalarning ta’siri ostida Buyurtmachining hududiga kelmaslik, shuningdek, umume'tirof etilgan kiyinish madaniyatiga rioya etishi.
4.1.10. Mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun xalaqit beradigan va (yoki) imkonsiz qilib qo‘yadigan holatlar yuzaga kelganda, Ijrochi bu haqda Buyurtmachini darhol (bunday holat vujudga kelgan vaqtdan boshlab 1 (bir) ish kuni davomida) xabardor qilishi shart.
4.1.11. Ushbu Shartnoma doirasida majburiyatlarni bajarish (Xizmatlarni ko‘rsatish) vaqti tugagandan so‘ng, keyingi kun yakuniga qadar Buyurtmachidan olingan barcha hujjatlar, jihozlarni va (yoki) moddiy qimmatliklar (mol-mulk)ni Buyurtmachiga qaytarish, shuningdek, Buyurtmachining hududi va binosiga kirib-chiqish uchun ruxsatnomani topshirish (agar Ijrochiga shunday ruxsatnoma berilgan bo‘lsa).
4.1.12. Mazkur Shartnoma Buyurtmachi tomonidan bir tomonlama va (yoki) Tomonlar kelishuviga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, Ijrochi 4.1.11-kichik bandida ko‘rsatilgan barcha xujjatlarni (shu jumladan, abonent shartnomalarini, ko‘shimcha hizmatlar uchun arizalar va boshqalarni) belgilangan tartibda Buyurtmachining vakolatli vakiliga topshiradi va to‘liq topshirgandan so‘ng, ko‘rsatilgan Xizmatlar uchun Shartnomaning 2-moddasiga asosan hisob-kitob ishlari amalga oshiriladi.
4.1.13. Shartnomaning 2.3-2.4-bandlarida belgilangan tartibda va muddatda Buyurtmachiga elektron hisob-faktura va dalolatnomalarni topshirish.
4.2. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:
4.2.1. Ushbu Shartnomaga muvofiq ko‘rsatgan Xxizmatlari uchun belgilangan xaqni olish va ushbu xizmatlari uchun xaq to‘lashni Buyurtmachidan talab qilish.
4.2.2. Sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, Buyurtmachidan zarur bo‘lgan qurilmalar, uskunalar va boshqa aloqa vositalari, hujjatlar, materiallar va asbob-uskunalarni taqdim etish hamda elektr va yong‘in xavfsizligi va texnika xavfsizligi qoidalari talablariga mos ravishda sharoit yaratib berilishini talab qilish.
4.2.3. Ushbu Shartnoma doirasida ko‘rsatilayotgan Xizmatlar xususiyatidan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshirish.
4.3. Ijrochi mazkur Shartnomani imzolash bilan bir vaqtning o‘zida Shartnomaning 1-ilovasiga muvofiq tijorat siri va boshqa maxfiy (konfidentsial) ma'lumotlarni oshkor etmaslik (sir saqlash) haqida majburiyatnoma/kelishuv shartlarini bajarish majburiyatlarini zimmasiga oladi.
|
| |