• Tayanch tushunchalar
  • Bilimlarni mustahkamlash uchun test savollari
  • Huquqbuzarlikning oldini olish




    Download 3,89 Mb.
    bet128/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    Huquqbuzarlikning oldini olish. Bu soha va unga aloqador muammolar har doim ham psixolog aralashuvini talab qilib kelgan. Chunki jinoyatchi yoki huquqbuzar shaxsi o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi, uni shakllantiruvchi omillar, motivlar va bolani qayta tarbiyalash va reabilitatsiya masalalari sotsial psixologik jarayonlar mohiyatini bilish va ularga faol ta’sir ko‘rsatish talab qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida huquqiy ma’rifat va huquqiy madaniyatni shakllantirishga juda katta e’tibor qaratilgan va bu ishda amaliyotchi xodim - psixologning o‘rni va roli katta bo‘ladi.
    Yuqorida e’tirof etilgan psixologiyaning tadbiqiy sohalari uchun umumiy narsa shuki, bu sohalarda ishlaganlar avvalo yaxshi psixodiagnost, ya’ni psixologiya metodlarini o‘z o‘rnida samarali ishlatishni bilishi va yaxshigina psixoterapevt va psixokorrektor - ya’ni, aniqlangan muammo yoki «kasallikni» tuzatuvchi mohir professional bo‘lishi kerakligini taqozo etadi.
    Tayanch tushunchalar: tadbiqiy, amaliy, soha, sanoat, ishlab chiqarish, marketing, xodim, siyosat, oila va nikoh, maorif, huquqbuzarlik.
    Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar

    1. Sotsial psixologiyaning tadbiqiy va amaliy sohalari deganda nimani tushundingiz?

    2. Sanoat va ishlab chiqarish sohasi sotsial psixologiyaning ahamiyati nimada?

    3. Siyosat sohasidagi psixologiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

    4. Oila va nikoh borasidagi tadbiqiy ishlar bo‘yicha bugungi kunda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

    5. Maorif sohasidagi amaliy ishlar nimani nazarda tutadi?

    6. Ta’lim sohasida amaliy psixologiyaning vazifalari haqida gapirib bering.

    7. Huquqbuzarlikning oldini olishda sotsial psixologiyaning ahamiyatini izohlab bering.

    8. Sotsial psixologiyaning tadbiqiy sohalari uchun umumiy narsa nimalarda namoyon bo‘ladi?

    Bilimlarni mustahkamlash uchun test savollari

    1. Qaysi sohada tatbiqiy ishlar birinchi navbatda konkret tashkilotda kadrlar zahirasini to‘g‘ri va oqilona tashkillashdan tortib, xodimlar ish sharoitlari va mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar kompleksini ilmiy ravishda o‘rganib, hayotda natija olishga qaratilgan harakatlar majmuidir?

    1. Oziq-ovqat

    2. Sanoat va ishlab chiqarsh

    3. Ma’orif

    4. Siyosat


    1. Download 3,89 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   143




    Download 3,89 Mb.