|
Sotsial psixologiya
|
bet | 2/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 20241-jadval
№
|
Yondashuv
|
Mazmuni
|
1
|
Sotsiologik
|
Sotsial psixologiya asosan ommaviy psixologik jarayonlarni xalqlar psixologiyasi, ommaviy marosimlar, udumlar, rasm-rusmlar, modaning inson ongiga singishi, sotsial xulq-atvorda namoyon bo‘lishini o‘rganishi kerak (Yu.A.Sherkovin, G.P.Predvechniy, R.Pento, M.Gravitts va boshqalar).
|
2
|
Psixologik
|
Shaxsning sotsial psixologik xislatlari, uning turli
|
1 Майерс Д. Социальная психология, 2010. - 14 С.
|
|
guruhlarda tutgan o‘rni, mavqei, sotsial ustanovkalar va hokazolarni o‘rganmog‘i lozim (A.V.Petrovskiy, B.F.Parigin, A.G.Asmolov, U.Mak-Dugall va boshqalar).
|
3
|
Ham sotsiologik, ham psixologik
|
Ham ommaviy jarayonlarni, ham shaxsning shu jarayonlardagi xulq-atvorlari motivlarini o‘rganishi kerak.
|
Masalan, Vladimir Nikolayevich Myasishev 1960-yilda nashr etilgan «Shaxs va nevrozlar» kitobida, sotsial psixologiya shaxslararo o‘zaro ta’sir jarayonida shaxsda paydo bo‘ladigan ruhiy faoliyat xususiyatlarini ham, guruhlarning o‘ziga xos psixologiyasini ham, jamiyatda ruy beradigan jarayonlarning psixologik tomonlarini ham bir vaqtda o‘rganishni taklif etadi.
Amerika sotsial psixologiyasida ham sotsial psixologiyaning mavzu bahsi borasida uzoq tortishuvlar mavjud bo‘lgan. Ularda bu fanning mavzu bahsini sotsiologiya yoki psixologiya fani ichidan qidirish (intradistsiplinar yondashuv) yoki ikkala fan oralig‘idan qidirish hollarini kuzatishimiz mumkin. Lekin bu sohadagi tortishuvlar qanchalik bo‘lmasin, baribir, G.M.Andreyevaning obrazli iborasiga ko‘ra, uning «ota-onasi» sotsiologiya bilan psixologiya ekanligini tan olishi kerak.
Bu boradagi aniq fikrni fransuz olimlari R.Pento va M.Gravittslar ham ta’kidlashgan: «Shu paytgacha shaxs va jamiyat muammolari sohasida ikki xil yondashuv bo‘lib kelgan edi: psixologiya inson tabiatini, uning psixikasini, sotsiologiya esa, jamiyat tabiatini, psixikasini o‘rganib keldi. Sotsial psixologiya paydo bo‘ldiki, u insonning jamiyatda munosabatining psixologik tomonini o‘rganmoqda».
Umumiy holda, fanning predmetini sotsial psixologiya odamlarning jamiyatda birgalikdagi ish faoliyatining natijasida hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarni tushuntirib beruvchi fandir2deb ta’rif berishimiz mumkin.
Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning sotsial normalariga rioya qilgan holda o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan o‘rnatadigan murakkab o‘zaro munosabatlari va ularning ta’sirida hosil bo‘ladigan hodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish sotsial psixologiyaning muhim tomonidir. Bundan kelib chiqadigan umumiy ta’riflarga, sotsial psixologiya, sotsial muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir.
I.2. Sotsial psixologiyaning hozirgi kundagi mavqei
Jamiyat bu insonlar majmuidir. Uning taraqqiyoti va ma’naviy salohiyati ko‘p jihatdan ana shu insonlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlarning tabiatiga, ular amalga oshiradigan murakkab sotsial hamkorlik faoliyatining mazmuniga bog‘liq. Har bir inson jamiyatda yashar ekan, u unda o‘ziga xos o‘rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, binobarin, u o‘ziga xos intilish, layoqat va faollik namunalarini namoyish qiladi. Insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning jamiyatdagi o‘rni va uning turlicha sotsial munosabatlari tabiatini o‘rganuvchi qator sotsial fanlar mavjud bo‘lib, ularning orasida sotsial psixologiya alohida o‘rin egallaydi.
Sotsial psixologiya juda qadimiy va shu bilan birga u o‘ta navqiron fandir. Uning qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma’naviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o‘rtasidagi, sotsial munosabatlarning va tafakkurning xosilasi bilan e’tirof etilsa, u o‘z uslubiyoti, predmeti va fanlar tizimida tutgan o‘rnining yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi.
«Yer-u ko‘kdagi buyuk o‘zgarishlarni sezish, his qilish va ulardan saboq chiqarish, o‘rnak olish uchun odamzot o‘zining yon atrofiga uyg‘oq nigoh, qalb ko‘zi bilan qarashi lozim». Respublikamizning Birinchi prezidenti aytgan bu fikrni shaxs va uning psixologiyasi bilan qanday bog‘lash mumkin. Bu fikrni mag‘zini chaqadigan bo‘lsak, uning butun mazmun-mohiyati go‘yoki sotsial psixologiya va shaxs psixologiyasiga bog‘liqligini ko‘rishimiz mumkin. Axir har bir individ tug‘ilganidan boshlab to umrining oxiriga qadar haqiqatan ham «уеr-u ko‘kdagi o‘zgarishlarni sezib, his qilib, ulardan saboq chiqarib» yashaydi-ku! Aytish mumkinki, aynan mana shunday jarayonlarni boshidan kechirgan individgina shaxs bo‘lib shakllanadi va jamiyat hayotiga qo‘shila oladi. Buning uchun undan hamisha «o‘zining yon-atrofiga uyg‘oq nigoh, qalb ko‘zi bilan qarash» talab etiladi. Shundagina u yetuk inson bo‘lib ulg‘ayishi va jamiyat uchun kerakli shaxs bo‘la olishi mumkin1.
«Biz, faqat o‘zimiz uchungina yashay olmaymiz, - deb yozadi, mashhur romannavis yozuvchi German Melvill, - bizning hayotimiz boshqalarning hayoti bilan bir-biriga minglab rishtalar bilan chambarchas bog‘langandir». Sotsial psixologiya aynan mana shu rishtalarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fan hisoblanib, nima uchun jamiyatdagi kishilar bir-birlariga ta’sir o‘tkazishlari, bir- birlari haqida o‘ylashlariga oid ma’lumotlarning ilmiy asoslarini o‘rganadi.
O‘zbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida davlatimizning Birinchi prezidenti I.A.Karimov oliy ta’limni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatida alohida o‘rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo‘lish uchun shaxs nafaqat o‘z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha sotsial munosabatlar tizimiga tayyor bo‘lmog‘i, sotsial faoliyatni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamog‘i zarur.
Boshqaruv, menejment va marketing, ta’lim va tarbiya sohalarida, ayniqsa, inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi - jamiyatda sog‘lom insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish yo‘lidir. Shuning uchun bugungi kunda birinchi prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, sotsial psixologiya va umuman, sotsial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Bu o‘rinda, ayniqsa sotsial tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o‘rganish eng dolzarb masalalardandir.
|
| |