• Aqliy sifatlarning yo‘qolishi.
  • Shaxsiy sifatlarning yo‘qolishi




    Download 3,89 Mb.
    bet6/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    Shaxsiy sifatlarning yo‘qolishi. Boshqa odamlar ta’sirida individ o‘ziga xos sifatlarni yo‘qotishi, buning o‘rniga impulsiv instinktiv harakatlarni amalga oshirishi mumkin.

  • Hissiyotlarga o‘ta beriluvchanlik. Ommada aql, tafakkur, hissiyot, instinktlarga o‘z o‘rnini bo‘shatadi. Shuning uchun ham ommaning ta’sirchanligi o‘ta oshib ketadi.

  • Aqliy sifatlarning yo‘qolishi. Ommaning «aqli» uni tashkil etuvchilar aqlidan ancha past bo‘ladi. Shuning uchun ham ommaning tazyiqiga uchramaslik uchun har bir kishi aqlan mulohaza yuritishdan bosh tortishi, munozaradan qochishi lozim.

  • Shaxsiy mas’uliyatning yo‘qolishi. Ommaga qo‘shilib qolgan shaxs shunchalik hissiyotlarga berilib ketishi mumkinki, u o‘z harakatlarini nazorat qilish, o‘z ishiga mas’uliyatni esidan chiqaradi. Yakka holda sodir qila olmaydigan ishini, u ommaga qo‘shilib qilib qo‘yishi mumkin.

    Yuqorida sanab o‘tilgan ommaning belgilari Ernesto Grassi tomonidan nemis entsiklopediyasiga ham kiritilgan. Shunday qilib, omma tartibsiz, u mustaqil ravishda tartib o‘rnatish qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun ham unga doimo «dohiy» kerak, dohiylar elita tashqaridan kelib omma o‘rtasida tartib o‘rnatishi mumkin. Bu fikrlarning mafkuraviy ma’nosi tushunarli, chunki omma deganda, ular ishchilar sinfini, dohiylar deganda esa, burjuaziyani nazarda tutishgan. Demak, shaxs va jamiyat ziddiyatlari masalasi omma psixologiyasi nazariyasida ayrim shaxslar, dohiylar foydasiga hal qilindi. Lekin bu nazariya, nima uchun ommaviy hodisalarda ommaning o‘zidan chiqib qoladigan liderlar, ommaning ba’zan tashqaridan hech kimni tan olmay qolishi masalalariga umuman javob topa olmadi, chunki ularning ham fikrlarida ko‘proq idealizmga moyillik sezilib turardi.
    Sotsial xulq-atvor instinktlari nazariyasi XX asrning boshida Angliyada shakllandi. Uning asoschisi ingliz psixologi Uilyam Mak-Dugall bo‘lib, u o‘zining 1908-yilda yozgan «Sotsial psixologiyaga kirish» kitobidagi inson xulq-atvorining motivi yoki uni harakatga keltiruvchi kuch instinklardir deb yozgan. Keyinchalik u instinkt tushunchasi bilan birga layoqat, intilish iboralarini ham ishlata boshladi. Uning fikricha, xulq-atvorni ta’minlovchi narsa tug‘ma, psixofiziologik tayyorgarlik holati bo‘lib, u nasldan-naslga uzatiladi. Mak-Dugall barcha harakatlarni refleksiv holda tushuntirishga intilib, refleksiv yoyga xos bo‘lgan barcha qismlar ya’ni efferent qabul qiluvchi, retseptiv bo‘lim, afferent (harakat) va markaziy bo‘limdan iborat tizim sifatida tasavvur qiladi. Barcha sotsial harakatlar ham ana shunday refleksiv tabiatga egadir, deb oʻqtiradi.
    Shunga o‘xshash fikrlar Edvard Ross («Sotsial psixologiya») va Jeyms Mark Bolduin («Sotsial psixologiya bo‘yicha tadqiqotlar») qarashlarida ham rivojlangan. Masalan, Bolduin ikki turli irsiyat haqida tabiiy va sotsial irsiyat haqida yozib, sotsial irsiyat odamlardagi taqlid qilish qobiliyati bilan bog‘liq, deb yozadi. Jamiyatda yashayotgan odamlar bir birlariga ta’sirlarini o‘tkazishga moyildirlarki bu narsa ular o‘rtasidagi munosabatlarini boshqarib turadi.
    Shunday qilib, bu yo‘nalish tarafdorlarining fikricha, barcha ongli harakatlarning boshi ongsizlikdir, ya’ni instinktlar bo‘lib, ular asosan hissiyotlarda namoyon bo‘ladi. Hissiyot bilan instinktlar bog‘liqligini Mak-Dugall juftliklarda ko‘rsatishga harakat qilgan: masalan, kurash instinkti - qo‘rquv, g‘azab hissi, nasl qoldirish instinkti - rashk, ayollardagi tobelik hissi, o‘zlashtirish instinkti - xususiylikka intilish hissi va h.k. Ijtimoiy hodisalarni tushuntirishda tug‘ma instinktlar rolining yuqori qo‘yganligi uchun bu nazariya ilmiy taraqqiyot bosqichida salbiy o‘rin tutdi, deb aytishimiz mumkin. Lekin uning ayrim hodisalar sabablarini tushuntirishga harakat qilishi fan oldiga ulkan vazifalarni qo‘ydi. Sotsial psixologiya fan sifatida ana shu muammolarni tadqiq qilishi lozim edi.
    Demak, yuqorida to‘xtab o‘tilgan uchala nazariyaning ahamiyati shundan iborat ediki, ular yangi tug‘ilishi lozim bo‘lgan, lekin yetarli ilmiy asosi bo‘lmagan fan sotsial psixologiyaning tadqiqot mavzuini ochib berdi. Qolaversa, bu uchala yo‘nalish ham nazariy qarashlarni isbot qilishda ob’yektiv tekshiruv usuli hisoblangan eksperimentdan foydalanish zaruriyatini ko‘rsatdi. Bu narsa yana bir bor maxsus fanning kelajak rejalarini aniqlashga yordam berdi.

    Download 3,89 Mb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




    Download 3,89 Mb.