|
Sotsial psixologiya
|
bet | 9/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024Tayanch tushunchalar: shaxs, jamiyat, xalqlar psixologiyasi, omma psixologiyasi, sotsial xulq-atvor instinktlari, taqlid, refleksiv yoy, muhit, oila, sotsial tasavvurlar
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
1.Platon o‘zining «Davlat» va «Qonunlar» dialoglarida shaxsning jamiyat bilan aloqalari masalasiga to‘xtalib qanday fikr bildirgan?
2.Aristotelning shaxsning jamiyat bilan aloqalari masalasidagi fikrlari?
3.XIX asrning o‘rtalariga kelib, bir qator sotsial fanlarning rivojlanishiga sabab nima bo‘ldi?
4.Sotsial psixologiyaning ilmiy manbalari sohasida sotsiologiya fanining xizmati qanday?
5.Gabriel Tard «Sotsial fakt» deganda nimani nazarda tutdi?
6. Xalqlar psixologiyasi nazariyasining mohiyatini tushuntiring.
7. Omma psixologiyasi nazariyasining mohiyatini izohlang.
8. Sotsial xulq-atvor instinktlari nazariyasidagi asosiy g‘oyani tushuntiring.
9. Rossiyada sotsial psixologik tadqiqotlaming rivojlanishi qanday kechgan?
10.O‘zbekistonda sotsial psixologik tadqiqotlaming rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar haqida fikr bildiring.
Bilimlarni mustahkamlash uchun test savollari
Amerikalik olim G.Ollport sotsial psixologik g‘oyalarning yaratilishi va rivojlanishi qaysi faylasuf nomi bilan bog‘liq, deya ta’kidlaydi?
Aristotel
Platon
Suqrot
Demokrit
Platon o‘zining qaysi dialogida shaxsning jamiyat bilan aloqalari masalasiga to‘xtalib, jamiyat individga nisbatan o‘zgarmas bir birlikki, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlarga bo‘ysunadi, degan fikrni ilgari surgan?
«Davlat» va «Qonunlar»
«Davlat» va «Jamiyat»
«Jamiyat» va «Qonunlar»
«Qonunlar» va «Hokimiyat»
Platonga qarshi fikrni bayon etib, individni barcha sotsial o‘zgarishlarning sababchisi, deb kim aytadi?
Aristotel
Suqrot
Demokrit
Aflotun
Sharq faylasuflaridan kimlar barcha asarlarida shaxs va jamiyat qarama- qarshiliklarini ilmiy asosda sharhlashga uringanlar?
Farg‘oniy va Beruniy
Ibn Sino va Forobiy
Beruniy va Forobiy
Ibn Sino va Beruniy
XIX asr o‘rtalariga kelib qator sotsial fanlar rivojlanishi uchun qulay shart- sharoitlar paydo bo‘lganligiga sabab bo‘lmagan omil qaysi?
Kapitalistik munosabatlaming keskinlashuvi
Turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalaming tobora o‘sib borishi
Migratsiya
To‘g‘ri javob yo‘q
XIX asrda yashagan qaysi ingliz olimi ibtidoiy jamoa tuzumidagi madaniyatni to‘liq o‘rganib chiqqan?
L. Morgan
E.Teylor
Levi-Bryul’
J.Lokk
XIX asrda psixologiyaning qaysi sohalariga individ bilan boshqa individlar munosabati masalasini chetlab o‘tish mumkin bo‘lmay qoldi?
Atomistik psixologiya
Sotsial psixologiya
Patopsixologiya, pedagogik psixologiya
Individ psixologiyasi
Jamiyatdagi sotsial hodisalarni o‘rganish uchun, albatta, o‘ziga xos, ayrim psixologik holatlarni o‘rganish lozim, degan fikrni kimlarga tegishli?
Gabriel Tard
Ogyust Kont, Gerbert Spenser
L.Morgan, Levi-Bryul’
E.Teylor
Har bir individda «Sotsial fakt» bor degan fikrni kim ilgari surgan?
Ogyust Kont
Gerbert Spenser
L.Morgan
Gabriel Tard
Kimlarning fikricha, sotsial fakt bu sotsial aql, tafakkur hisoblanadi?
Gerbert Spenser, Ogyust Kont
Gabriel Tard, Gyustav Lebon
L.Uord, F.Giddings
Gobbs, Russo
III.BOB. SOTSIAL PSIXOLOGIYA METODOLOGIYASI VA METODLARI
I.1.Sotsial psixologik tadqiqotlar metodologiyasi tushunchasi
Har qanday fan boshqa fanlardan faqatgina mavzu bahsi yoki paydo bo‘lish tarixi bilangina emas, balki faktik ma’lumotlar to‘plash, u yoki bu g‘oyani isbotlash uchun ishlatiladigan uslublari bilan ajralib turadi. Uslublar mukammalligi aslida nazariy taraqqiyotni, fan taraqqiyotini belgilovchi asosiy omildir.
Hozirgi zamon fanlarining taraqqiyoti shu bilan o‘ziga xoski, ularda metodologik muammolarga qiziqish ancha yuqoridir. Buning bir qancha sabablari mavjud bo‘lib, ular avvalo jamiyatda ro‘y berayotgan keskin o‘zgarishlarning sabablaridan biri hisoblangan fan-texnika taraqqiyoti maqsadlari bilan fan maqsadalarining uyg‘unlashuvi, amaliyotning fan oldiga qo‘yayotgan talablari darajasining tobora ortib borayotganligi, tadqiqot qilish vositalarining murakkablashib borayotganligi va nihoyat har bir fanda ro‘y berayotgan o‘z tadqiqot printsiplari va tekshirish usullarini qayta ko‘rib chiqishga intilishning yaqqol namoyon bo‘layotganligidir.
Sotsial psixologiya to‘g‘risida gapiriladigan bo‘lsa, shuni alohida ta’kidlash lozimki, avvalo jamiyatning bu fan oldiga qo‘yayotgan talablari o‘ziga xos bo‘lib, bu talablarga javob berish uchun uning tekshirish uslublari u darajada mukammal emasligidadir. Chunki shu davrgacha sotsial psixologiyada kuzatilgan narsa shu bo‘ldiki, bu yerda nazariy ishlar tadbiqiy ishlardan ancha ko‘pdir. Shuning uchun ham, G.M.Andreyeva sotsial psixologiyaning metodologik muammolariga to‘xtalar ekan, uning bu boradagi intilishlari, vazifalari ko‘pligini ta’kidlaydi. Metodologik muammolarga qiziqish, deb yozadi u, sotsial psixologiyaning kuchsizligi emas, balki uning yetilish davriga kirganligining belgisidir.
«Metodologiya» tushunchasining ilmiy mohiyati nimada? Bu tushunchani turli nazariy qarashlardagi olimlar va turli tilda turlicha sharhlaydilar va tushunadilar. Masalan. Amerikalik psixologlar metodologiya deganda, tadqiqot jarayonida ishlatiladigan barcha tadqiqot uslublari va texnik jarayonlarini tushunadilar. Lekin «metodologiya» tushunchasi aslida uslublar yig‘indisidan kengroq tushunchadir. Hozirgi zamon Yevropa mamlakatlaridagi olimlar, xususan, rus olimlari fandagi metodologiya deganda, ushbu fan falsafiy asoslari va nazariy qonuniyatlaridan kelib chiqadigan bilimlar bilan tekshirishning konkret usullari majmuasini tushunadilar. Ya’ni, «metodologiya» tushunchasi «konkret metodlar» yoki texnik usullar tushunchalaridan kengroqdir.
Sotsial psixologik tadqiqotlarning metodologik muammolariga quyidagilar kiradi: Birinchidan, empirik ma’lumotlar muammosi, ya’ni ko‘p turdagi ma’lumotlarni sotsial psixologik ma’lumotlar sifatida qabul qilish mumkin. Chunki, bixevioristlar bunday ma ’lumotlar sifatida koZ bilan ko‘rib qayd qiladiganlar xulq- atvor shakllarini qabul qilishsa, kognitiv psixologiya vakillari faqat ongga taalluqli bo‘lgan belgilarini tushunadilar. Demak, har qanday tadqiqotchi ish boshlamay turib, avvalo nimani empirik birlik qilib olishini aniq tasavvur qilishi va uning nazariy jihatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, tadqiqot birligi aniqlangan taqdirda, qanday hajmdagi birliklar tadqiqotchini qanoatlantirishi masalasi ham muhimdir. Masalan, sotsial psixologiya bo‘yicha sof eksperimental ish qilinganda, ilgari sinalgan usul yordamida cheklangan miqdordagi kishilar yoki guruhda tadqiqot o‘tkazish mumkin bu eksperimental ma’lumotlar deyiladi. Lekin, ba’zan tadqiqotchi ko‘p sonli tekshiruvchilar bilan ish ko‘radiki, bunda turli guruhlarni o‘zaro taqqoslash bilan ma’lumotlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi aniqlanadi. Bunday tadqiqotlar korrellyatsion tadqiqotlar deb ataladi.
|
| |