• I.BOB. SOTSIAL PSIXOLOGIYA FAN SIFATIDA I.1. Sotsial psixologiya fanining predmeti va vazifalari
  • Sotsial psixologiya




    Download 3,89 Mb.
    bet1/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024



    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


    SOTSIAL PSIXOLOGIYA
    Darslik
    60310900-Psixologiya (sport) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun

    ANNOTATSIYA
    Mazkur darslikda sоtsial psixоlоgiya faning predmeti, metоdlari, fanlar bilan alоqasi, ijtimоiy-psixоlоgik qarashlarning rivоjlanish tarixi, katta va kichik guruhlar muammоsi, shax xususiyatlari va ijtimоiylashuvi, shaxs xafsizligi, ijtimоiy psixоlоgiyaning amaliy-tadbiqiy sоhalari haqida ma`lumоtlar berilgan aks ettirilgan. О’quv adabiyоtida shaxs xusisiyatlari farqlarini bilib оlishga, psixik taraqqiyоt qоnuniyatlarini bilishga, hamda egallangan bilimlarni amaliyоtda qо’allashga yоrdam beradi.
    Darslikda oliy oʻquv yurtlari 60310900-Psixologiya (sport) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun moʻljallangan.
    АННОТАЦИЯ
    В этом учебнике даются сведения о предмете социальной психологии, ее методах, взаимосвязи с науками, истории развития социально-психологических взглядов, проблеме больших и малых групп, особенностях личности и социализации, безопасности личности, практические и прикладные области социальной психологии. Учебная литература помогает познать различия свойств личности, познать законы психического развития и применить полученные знания на практике.
    Учебник предназначен для высших учебных заведений 60310900-Психология (спорт) довузовского образования.

    ANNOTATION
    This textbook provides information about the subject of social psychology, its methods, relationships with the sciences, the history of the development of socio-psychological views, the problem of large and small groups, personality traits and socialization, personal security, practical and applied areas of social psychology. Educational literature helps to understand the differences in personality traits, learn the laws of mental development and apply the acquired knowledge in practice.
    The textbook is intended for higher educational institutions 60310900-Psychology (sports) of pre-university education.
    KIRISH
    Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog‘liq bo‘ladi.
    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘zining nutqida
    “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz.
    Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz1”, deb ta’kidlagan edi.
    Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo‘lmadi.
    O‘zbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida davlatimizning Birinchi prezidenti I.A.Karimov oliy ta’limni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatida alohida o‘rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratgan edi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo‘lish uchun shaxs nafaqat o‘z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha sotsial munosabatlar tizimiga tayyor bo‘lmog‘i, sotsial faoliyatni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamog‘i zarur.
    Boshqaruv, marketing va menejment, ta’lim va tarbiya sohalarida, ayniqsa, inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi - jamiyatda sog‘lom insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish yo‘lidir. Shuning uchun bugungi kunda Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, sotsial
    psixologiya va umuman, sotsial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fanlaming asosiy vazifasi barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Bu o‘rinda, ayniqsa sotsial tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o‘rganish eng dolzarb masalalardandir. Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada o‘ylashga, fikrlashga, mulohaza yuritib, o‘zi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda. Ya’ni, bu cheksiz olamda biz o‘zimizni o‘zgalarsiz, o‘z manfaatlarimizni o‘zgalar manfaatisiz tasavvur qila olmaganimiz uchun ham sotsial psixologiyani bilishga majburmiz. Zero, mustaqil davlatimizning siyosati inson manfaatini himoya qilish, uning uchun munosib turmush tarzini yaratish ekan, bu ishlarni amalga oshirish uchun bo‘lg‘usi mutaxassis, pedagog-o‘qituvchi, ziyoli ijtimoiy borliq qonuniyatlarini bilishi va undan maromida foydalanib, turmush normalariga bo‘ysungan holda jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallab, fuqarolik burchini ado etishga tayyor bo‘lishi darkor. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, talabalar hukmiga havola etilayotgan “Sotsial psixologiya” darsligi shaxs va jamiyat munosabatlari qonuniyatlarini tavsiflashga bag‘ishlangandir.
    I.BOB. SOTSIAL PSIXOLOGIYA FAN SIFATIDA
    I.1. Sotsial psixologiya fanining predmeti va vazifalari
    Psixik taraqqiyot qonuniyatlari bilan ish olib boradi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, hozirgi kungacha sotsial psixologiyaning mavzu bahsi va u o‘rganadigan sohalar borasida turlicha qarashlar va tortishuvlar mavjud.Taniqli nemis olimlari Gans fon Gibsh va Manfred Forverglar bu fanning Insoniyat jamiyati paydo bo‘lib, odamlar hamkorlikda mehnat qilish va yashash ehtiyojini sezgan davrdan boshlab ularda sotsial psixologik tafakkur, sotsial ruh paydo bo‘lgan. Insoniyatning eng ilg‘or vakillari bunday ruh qonuniyatlarini o‘rganish, uning sirli tomonlarini sharhlashga urinib kelganlar. Lekin sotsial ruh qanchalik qadimiy bo‘lsa, uning sirlarini o‘rganuvchi fani sotsial psixologiya shunchalik navqirondir.
    Sotsial psixologiya fan sifatida yaratilgan yili rasman 1908-yil hisoblanib,
    xuddi ana shu yil Londonda ingliz psixologi Uilyam Mak-Dugall (1871-1938)
    «Sotsial psixologiyaga kirish», Nyu-Yorkda amerikalik sotsiolog Edvard Olsvort
    Ross (1866-1951) esa «Sotsial psixologiya» darsligini chop etdilar. Bu yilda ham psixologning, ham sotsiologning bir soha bo‘yicha kitob yozishlarining o‘zi ramziy ma’noga ega bo‘lib, bu fanning ikki fan oralig‘ida psixologiya va sotsiologiya oralig‘ida paydo bo‘lganligining yana bir isboti bo‘lib xizmat qildi. Ya’ni, sotsial psixologiya ikki turdagi qonuniyatlar sotsial hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlari bilan ish olib boradi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, hozirgi kungacha sotsial psixologiyaning mavzu bahsi va u o‘rganadigan sohalar borasida turlicha qarashlar va tortishuvlar mavjud.
    Taniqli nemis olimlari Gans fon Gibsh va Manfred Forverglar bu fanning predmetiga quyidagicha ta’rif beradilar: «Odamlar uyushmasi, kooperatsiyalar sotsial psixologik tadqiqotlarning asosidir, uning ob’yekti esa sotsial ta’sir jarayonlari, ularni uyushishga majbur qiladigan shart-sharoitlar hamda motivlar sotsial psixologiya o‘rganishi kerak bo‘lgan sohalardir»
    Rus sotsiologlari German Pavlovich Predvechniy va Yuriy Aleksandrovich Sherkovinlarning 1975-yilda bosilib chiqqan «Sotsial psixologiya» kitobida esa uning predmeti « ... ob’yektiv borliqning va unda ro‘y beradigan hodisalarning psixika tomonidan o‘ziga xos tarzda in’ikos etilishidir», deb hisoblaniladi. Bu mualliflar sotsial psixologiyaning barcha o‘rganish ob’yektlarini sharhlar ekanlar, ko‘proq sotsiologik yondashish bilan muammolarni yechishga harakat qilganlar.
    Sotsial psixologiyaning mavzu bahsini ta’riflashga psixologik yondashuv Artur Vladimirovich Petrovskiy va Vladislav Viktorovich Shpalinskiylarning «Jamoaning sotsial psixologiyasi» kitobida bayon etilgan. Bu mualliflarning fikricha «Sotsial psixologiya psixologiya fanining shunday tarmog‘iki, u turli uyushgan va uyushmagan guruhdagi odamlarning muloqoti, o‘zaro ta’sir va munosabatlaridan kelib chiqadigan psixik hodisalarni o‘rganadi».
    Ilmiy sotsial psixologiyaning asoschilaridan bo‘lgan rus faylasufi va psixologi Boris Dmitriyevich Parigin sotsial psixologiyaning predmetiga quyidagicha ta’rif beradi: «Sotsial psixologiyaning predmeti bu - guruhiy, jamoaviy va ommaviy psixologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni odamlarning umumiy faoliyatida namoyon bo‘luvchi ularning xulqi, kechinmalari va bir-birlari bilan psixologik muloqot qilish yo‘llaridir».
    Hozirgi zamon amerikalik sotsial psixolog olimlardan Devid Myers fanning predmetiga quyidagicha ta’rif beradi: «Sotsial psixologiya bu - odamlarning bir- birlari haqida nimalarni o‘ylashlari, bir-birlariga qanday ta’sir ko‘rsatishlari hamda bir-birlariga qanday munosabatda bo‘lishlarini o‘rganuvchi fandir»1.
    Shuning uchun ham Galina Mixaylovna Andreyeva sotsial psixologiyaning mavzu bahsi haqidagi hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, bu o‘rinda uch xil yondashish mavjudligini e’tirof etadi (1-jadval):

    Download 3,89 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




    Download 3,89 Mb.