II.3. Sotsial psixologiyaning Rossiyada rivojlanishi




Download 3,89 Mb.
bet7/143
Sana13.05.2024
Hajmi3,89 Mb.
#229196
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   143
Bog'liq
Darslik tayyor 2024

II.3. Sotsial psixologiyaning Rossiyada rivojlanishi
Sobiq ittifoq davlatlarida, birinchi navbatda Rossiyada sotsial psixologiya
XX asrning 20-yillaridan boshlab rivojlana boshladi. Bu borada rus sotsial psixologiyasining asoschisi deb haqli ravishda Vladimir Mixaylovich Bexterev(1857- 1927)ni ko‘rsatish mumkin. U o‘zining refleksologiya nazariyasi doirasidan shaxs xulq-atvorining motivlarini tushuntirishga uringanlardan biridir. Uning fikricha, barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashqi xulq-atvorda, harakatlarda ifodalanadi, shuning uchun ham tashqi harakatlarni, qiliqlarni, nutqni, tovushni o‘rganish orqali shaxsning o‘zini va bu harakatlarning sabablarini o‘rganish mumkin. Bexterevning xatosi shu ediki, u o‘z qarashlarida sosiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa fiziologiya bilan aralashtirib yubordi, shu orqali shaxs va jamiyat taraqqiyotining universal qonunlarini topmoqchi bo‘ldi.
Bexterevdan keyingi olimlar, Yu.Vasilevning «biologik sotsiologiyasi» ham, M.A.Reysnerning «ommaviy psixologiyasi» ham, L.N.Voytolovskiyning «jamoa psixologiyasi» ham reflekslar qonunini mexanik tarzda sotsial psixologik jarayonlarni tushuntirishga ko‘chirish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi.
20-30 yillarda bolalar va o‘smirlar sotsial psixologik taraqqiyotini o‘rganishga qaratilgan ikki yo‘nalish paydo bo‘ldiki, ular ham qator kamchiliklardan holi bo‘la olmaydilar. Masalan, biologik yoki biogenetik nazariya tarafdorlari shaxsning shakllanishida irsiy va biologik nasliy omillar yetakchi rol o‘ynaydi, deb hisoblashsa (E.Arkin, I.Aryamov va boshqalar), sotsiologik yoki sotsiogenetik nazariyotchilar bu borada sotsial muhit rolini nihoyatda ortiq ekanligini himoya qilib chiqdilar (S.Molojaviy, A.Zalkind va boshqalar).
30-yillarda A.S.Makarenko, A.Zalujniy, L.S.Vigotskiy, N.K.Krupskaya va boshqa qator olimlar o‘z nazariy qarashlarini marksizm bilan bevosita bog‘lab, jamoa va shaxs nazariyasini yaratdilar. Ular shaxsning shakllanishida sotsial muhitning, jamoaning rolini, ta’lim-tarbiyaning ahamiyatini isbotlashga urindilar. Lekin, 40-60 yillar sotsial psixologiya taraqqiyotida nisbatan sokinlik davri bo‘ldi. Chunki psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar ichida sotsial psixologik tadqiqotlar yo‘q hisob edi. Bu fan Rossiyada va boshqa Sobiq ittifoqdosh davlatlarda 70- yillardan keyin keskin rivojlana boshladi.
Bunda Moskvalik va Leningradlik (hozirgi Sankt-Peterburg) olimlar maktabi katta rol o‘ynadi. Agar Moskva shahrida asosan sotsial psixologiya bo‘yicha fundamental nazariy tadqiqotlar ko‘plab o‘tkazilib, unda hozirgi zamon sotsial psixologik tadqiqotlarning empirik qonunlari asoslari ishlab chiqilgan bo‘lsa, Sankt- Peterburgda ko‘proq tadbiqiy ilmiy tadqiqot ishlar olib borildiki, ular birgalikda minglab yosh sotsial psixologlar avlodini tarbiyalab yetishtirdilar. Ular esa hayotimizga ilg‘or fikrlar va dadil tadqiqotlar bilan kirib kelib, hozirgi kun fanini dunyo miqyosida misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tardilar. Lekin, shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, Rossiyada sotsial psixologiyaning rivojlanishida chet el, ayniqsa Amerika Qo‘shma Shtatlari psixologiyasining ta’siri ancha sezilarlidir.

Download 3,89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   143




Download 3,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.3. Sotsial psixologiyaning Rossiyada rivojlanishi

Download 3,89 Mb.