|
Sotsial psixologiya
|
bet | 15/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024«Tugatilmagan hikoyalar» ham guruhdagi va yakka shaxslarning qarashlari, ulardagi psixologik yo‘nalishlarni o‘rganishda ancha qo‘l keladigan usuldir. Ularda shaxsning o‘ziga, atrofdagilarga, jamoaga munosabatlari aniqlanadi. «Mening hayotiy intilishlarim...», «Mening kayfiyatimning buzilishiga sabab, odatda....» va shunga o‘xshash hikoyalarning davomi yozilib, tugatilishi taklif etiladi.
Shunday qilib, sotsial psixologiya hozirgi kunda juda ko‘p metodlarga ega, biz tanishib chiqqan metodlar ularning asosiylari, bir qismi, xolos. Har bir tadqiqotchi o‘z tadqiqot ob’yektining xususiyatlari, tadqiqot maqsadi va mazmuniga qarab kerakli uslubni tanlaydi. Shuning uchun ham metodlar to‘plami bilan to‘laligicha tanishish uchun maxsus adabiyotlar bilan ham tanishib chiqish lozim
Tayanch tushunchalar: metodologiya, metod, kuzatish, hujjatlarni o‘rganish, kontent-analiz, anketa, eksperiment, test, proyektiv metod
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
Metodologiya deganda nimani tushundingiz?
Metodologiya tushunchasiga AQSh va Yevropa olimlarining ta’rifini izohlang.
Metodologik muammolar haqida fikrlaringiz.
Sotsial psixologiya va umumiy psixologiyadagi metodlaming bir-biridan farqini izohlang.
Kuzatish metodining mohiyatini tushuntiring.
Hujjatlarni o‘rganish metodi haqida fikrlaringizni bayon qiling.
Kontent-analiz usulining mohiyati nimada?
Anketa metodining mohiyatini izohlab bering.
Sotsial psixologik eksperiment va test metodlarini tushuntirib bering.
Proyektiv metodning maqsadi nimalarga qaratilgan?
Bilimlarni mustahkamlash uchun test savollari
Metodologik muammolarga qiziqish sotsial psixologiyaning kuchsizligi emas, balki uning yetilish davriga kirganligining belgisidir, deb kim yozadi?
G.Andreyeva
M.Latsarus
M.Otajonov
V.Vundt
Kim metodologiyani tadqiqot jarayonida ishlatiladigan barcha tadqiqot uslublari va texnik jarayonlar deya tushunadi?
Yevropalik psixologlar
Osiyolik psixologlar
Rus psixologlari
Amerikalik psixologlar
B.G.Anan’yev, E.S.Kuz’min, V.S. Merlin V.N.Myasishev, L.I.Umanskiylar tomonidan takomillashtirilgan eksperiment?
Laboratoriya eksperimenti
Tabiiy eksperiment
Apparatura
Sotsial psixologik eksperiment
«Rorshaxning siyoh dog‘lari» testi qaysi metodga misol bo‘ladi?
Anketa metodi
Hujjatlami o‘rganish metodi
Proyektiv metod
Kuzatish metodi
S.Rozentsveygning rasmli assotsiasiyalar usuli qaysi metodga kiradi?
Anketa metodi
Hujjatlarni o‘rganish metodi
Proyektiv metod
Kuzatish metodi
Hujjatlarni o‘rganish metodi qaysi fandan sotsial psixologiya faniga kirib kelgan?
Falsafa
Kibernetika
Sotsiologiya
Pedagogika
Hujjat deganda qanday ma’lumotlar nazarda tutiladi?
Yozma
Og‘zaki
Yozma va og‘zaki
Ma’ruza va nutq
Kontent analiz asoschilari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping
G.D.Lassuell va B.Berelson
I.Pavlov, V.Bexterev
G.Xaymen, T.Sarbin
K.Yung, E.Fromm
Anketa metodining tuzilishi necha qismdan iborat?
|
| |