• XIII.1. Sotsial psixologiyaning tadbiqiy va amaliy sohalari 259 XIII.2. Sotsial psixologiyaning asosiy sohalari 260 Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar 264
  • Sotsial psixologiyada guruhlar muammosi 269 Olomon psixologiyasi 270 Guruh sharoitida zamonaviy o‘qitishning pedagogik va psixologik 270 texnologiyalari 270
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 281 Rahbariy adabiyotlar: 281 Asosiy adabiyotlar: 281 Qo‘shimcha adabayotlar: 282
  • IV BOB. SOTSIAL PSIXOLOGIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI IV.1. Sotsial psixologiyaning eksperimental fan sifatida rivojlanishi
  • VI.3. Sotsial psixologiyada psixoanaliz
  • IV.5. Sotsial psixologiyada interaksionizm
  • Qaysi atama shaxsning guruhga munosabatini ifodalab, uning a’zolariga ta’sir o‘tkazuvchi va maqsadga yetaklovchiga nisbatan ishlatiladi? 256




    Download 3,89 Mb.
    bet23/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    2.Qaysi atama shaxsning guruhga munosabatini ifodalab, uning a’zolariga ta’sir o‘tkazuvchi va maqsadga yetaklovchiga nisbatan ishlatiladi? 256
    3.Lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa... 256
    5.Ikki nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo‘lgan uchinchi nazariya liderlikning qaysi nazariyasi sanaladi? 256
    XIIIBOB. SOTSIAL PSIXOLOGIYANING TADBIQIY SOHALARI 259
    XIII.1. Sotsial psixologiyaning tadbiqiy va amaliy sohalari 259
    XIII.2. Sotsial psixologiyaning asosiy sohalari 260
    Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar 264
    Sotsial psixologiyaning asosiy yo‘nalishlari 268
    Sotsial psixologiyada shaxs muammosi 268
    Muloqot sotsial va shaxslararo munosabatlarning ifodasi sifatida 268
    Sotsial psixologiyada guruhlar muammosi 269
    Olomon psixologiyasi 270
    Guruh sharoitida zamonaviy o‘qitishning pedagogik va psixologik 270
    texnologiyalari 270
    Shaxs sotsializatsiyasi 270
    Sotsial ustanovka 271
    Sotsial psixologiyada boshqaruv muammosi 271
    Sotsial psixologiyaning tatbiqiy sohalari 271
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 281
    Rahbariy adabiyotlar: 281
    Asosiy adabiyotlar: 281
    Qo‘shimcha adabayotlar: 282

    10.Sotsial psixologik testlar nechinchi yillarda kirib kelgan?

    1. 1910-yillar

    2. 1920-yillar

    3. 1930-yillar

    4. 1925-yillar

    IV BOB. SOTSIAL PSIXOLOGIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI
    IV.1. Sotsial psixologiyaning eksperimental fan sifatida rivojlanishi
    XX asr shu bilan xarakterli ediki, u turli fanlar oldiga konkret topshiriqlar qo‘ya boshladi. Bundan tashqari, juda ko‘p fanlarda ob’yektiv eksperimental usul bilan ilmiy faktlar to‘plash yo‘lga qo‘yildi. Psixologiya fani ham bundan istisno emas edi. Sof psixologlar individ psixologiyasini eksperimental o‘rganar ekanlar, ularning boshqa individlar ta’sirida bo‘lishi faktini inkor qila olmas edilar.
    Sotsial psixologiya taraqqiyotining eksperimental davri 1945-yildan so‘ng boshlandi. Hisob rasman Valter Myode (Yevropa) va Floyd Ollport (AQSh) tomonidan yaratilgan dasturdan boshlangan. Dasturda sotsial psixologiyani eksperimental fanga aylantirishga bo‘lgan asosiy talablar o‘z aksini topgan. Bu vaqtda AQShda iqtisodning kapitalistik shakli barq urib rivojlanishi, amaliy tadqiqotlarning faol rivojlanishi kuzatilayotgan edi. Mazkur tadqiqotlarning ahamiyati sodir bo‘lgan iqtisodiy krizislar fonida yanada orta bordi. Eski tavsifiy sotsial psixologiya yuzaga kelgan yangi vazifalarni hal qilishga ojizlik qila boshladi. Natijada 1936 yilda AQShda «Ijtimoiy muammolarni psixologik tadqiq
    etish jamiyati» tashkil topdi.
    Ko‘pchilik amaliy tadqiqotlar birinchi marotaba funksionalizm doirasida paydo bo‘ldi. Funksionalizm tarafdorlari (D.Dyui, D.Endjell, G.Kerr va b.) odamlar va ular mansub bo‘lgan guruhlarni sotsial adaptasiya nuqtai nazaridan turib o‘rganishardi. Tadqiqotchilar psixik jarayonlarning ichki jihatiga emas, balki sotsial funksiyalariga o‘z diqqatlarini qaratishdi. Ilmiy tadqiqotning asosiy ob’yekti qilib kichik guruh tanlandi. Bunga hamma joylarda faqatgina kichik guruhlarda qo‘llash mumkin bo‘lgan eksperimental metodikalarning yoyilishi sabab bo‘ldi. Bu hol avvalo AQShda sotsial psixologiyaning bir yoqlama rivojlanishiga olib keldi, chunki sotsial psixologiyaning nazariy muammolarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish yo‘qolib borayotgan edi. Nazariyadan bunday «begonalashuv» shunga olib keldiki, sotsial psixologiya o‘zining eksperimental davrida nihoyatda qarama-qarshiliklar asosida rivojlana bordi.

    Bu davrda ijobiy deb hisoblash mumkin bo‘lgan hol, bu kichik guruhlar sohasida ko‘p sonli izlanishlarning olib borilishi, klassik darajadagi metodikalarning ishlab chiqilganligi, amaliy tadqiqotlar sohasida katta tajribaning to‘planganligi edi. Salbiy tomon - ommaviy jarayonlarning psixologik jihatlarini tahlil etishni rad etish edi. Mazkur jarayonlarni juda sodda tahlil etishni tanqid ostiga olishdan so‘ng, ulardan butunlay voz kechib qo‘ya qolishdi. Natijada laboratoriya o‘rnini egallay boshladi.


    1950-yildan boshlab nazariy bilimlarga bo‘lgan qiziqish qayta tug‘ila boshladi.
    Tadqiqotchilar (G.M. Andreyeva, N.N.Bogomolova, L.A.Petrovskaya, P.N.Shixerev) 1960-yillarda mavjud bo‘lgan to‘rtta asosiy nazariy maktablarni ajratib ko‘rsatishadi.Bular: bixeviorizm, psixoanaliz, kognitivizm, interaksionizm. Bularning birinchi uchtasi psixologik fikrlashning sotsial-psixologik variantlarini, to‘rtinchisi - interaksionizm esa - sotsiologik tomonini o‘zida aks ettiradi.
    IV. 2. Sotsial psixologiyada bixeviorizm
    Bixeviorizm - inglizcha «xulq-atvor» degan ma’noni bildiradi.
    Bixeviorizm - xulq psixologiyasi bo‘lib, u inson va hayvonlar xulq-atvori qonuniyatlari muammolarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bunday ta’rif I.P.Pavlov,
    V.M.Bexterev, D.Uotson, E.Tolmen, B.Skinner, K.Xallar tomonidan berilgan. Xulq- atvor stimul-reaksiya formulasi asosida o‘rganilgan. Reaksiya bu - tashqi stimulga beriladigan javob, uning vositasida individning tashqi muhitga moslashuvi ro‘y beradi. Inson xulq-atvori qonuniyatlari tashqi stimul qonuniyatlaridan keltirib chiqariladi.
    Bixeviorizm yo‘nalishlari doirasida o‘tkazilgan sotsial psixologik tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K.Xall va V.Skinnerlar nomi bilan bog‘liq. Ular va ularning izdoshlari hisoblangan N.Miller, D.Dollard, Dj.Tibo, G.Kelli diada - ikki kishi o‘rtasidagi munosabatlarning xilma xil eksperimental ko‘rinishlarini tadqiq qilib, ularda matematik o‘yin nazariyasi elementlarini qo‘lladilar. Diada sharoitida laboratoriyalarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda asosan mustahkamlash g‘oyasini isbot ‘
    qilishga urinildi. Klassik bixeviorizmdan farqli o‘laroq sotsial psixologik bixevioristlar hayvonlar o‘rniga laboratoriyaga naqd pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning g‘oyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi hayvonlarda to‘plangan dalillar modelini insonlarda qo‘llash hollari kuzatildi.
    VI.3. Sotsial psixologiyada psixoanaliz
    Psixoanaliz - XIX asr oxiri XX asr boshlarida avstriyalik nevrolog Zigmund Freyd tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nazariyaga ko‘ra, shaxs uch qism: Id, Ego va Superegodan iborat insonning ichki, psixologik hosilasidir. Id - bu anglanmaganlik, bunga biologik ichki sezgilar va insonning hayvonlar bilan umumiy bo‘lgan organik ehtiyojlari kiradi.
    Zigmund Freyd jinsiy ehtiyojlar va tahdidlilikni, Alfred Adler - hokimiyatga intilishni, Karen Xorni - turli-tuman komplekslarni, Erik Fromm - odamning ozodlikka yoki uni cheklashga intilishini ajratib ko‘rsatadilar. Bu - shaxsning o‘zini anglashi, ya’ni Ego. Superegoga inson qadriyatlari, uning hayotiy maqsadlari, ideallari kiradi. Shaxsning bu uch tarkibiy qismlari, odatda, uyg‘unlik holatida bo‘lmaydi, ular o‘rtasida nevrozlarga, inson ruhiyati va xulq-atvoridagi nuqsonlarga sabab bo‘luvchi nizolar yuzaga keladi.
    Sotsial-psixologik nazariyalarning mazkur yo‘nalish doirasida tizimga keltirish E.Fromm va Dj.Sallivan nomlari bilan bog‘liq. Sotsial psixologiyaning ba’zi bir muammolari K.Yung, A.Adler tadqiqotlarida rivojlantirildi.
    Psixoanaliz doirasida yechishga qaratilgan ikkita sotsial-psixologik muammoni keltirish mumkin: inson va jamiyat o‘rtasidagi konflikt, insonning sotsial cheklovlar bilan to‘qnashuvida namoyon bo‘lishi va shaxsning sotsial faollik manbalari.
    Bu oqim ta’sirida T-guruhlar (trening guruhi) o‘tkazish amaliyoti, ya’ni odamlarning bir-biriga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlaridan foydalanish paydo bo‘ldi.
    Psixoanaliz yangi psixologik yo‘nalish - gumanistik psixologiyaning kelib chiqishiga turtki bo‘ldi (A.Maslou, K.Rodjers) .
    IV.4. Sotsial psixologiyada kognitivizm
    Kognitivizm K.Levin nazariyasi asosida paydo bo‘lgan psixologik yo‘nalish bo‘lib, undagi o‘rganish ob’yekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo‘lgan kognitiv holatlar bo‘ldi. Kognitiv maktab vakillari (J.Piaje, U.Nayser, J.Bruner, R.Atkinson va b.) inson bilimlarining shakllanish usullari; sensor axborotning hosil bo‘lishi, bilish jarayonlari tuzulmaviy bloklarining vujudga kelishi va rivojlanishi, inson bilimi va xulq-atvorining xotirada bilim hosil bo‘lishidagi roli, intellektual funksiyalarning rivojlanishi, verbal va obrazli komponentlarning xotira va fikrlash jarayonlaridagi nisbatini o‘rganishdi. Ular inson aksariyat hayotiy vaziyatlarda fikrlash xususiyatlariga asoslangan holda qaror qabul qiladi degan xulosaga kelishdi.
    Kognitivizm doirasida shunday mukammal nazariya yaratildiki, ular hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
    Kognitiv sotsial psixologiyada kognitiv muvofiqlik nazariyasi muhim o‘rin egallaydi. Unda insonni motivatsiyalovchi omil sifatida muvofiqlikni izlashga bo‘lgan ehtiyoj va uning muvozanatlashgan kognitiv tuzulmasi olib qaraladi. Mazkur nazariyalarga Frits Xayderning muvozanatlashtirilgan tizimlar nazariyasi, Teodor Nyukomning kommunikativ aktlar nazariyasi, Leon Festingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar kiradi. Ulardagi asosiy g‘oya shundan iboratki, shaxs o‘ziga o‘xshagan shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruhiy mutanosiblik, tenglik bo‘lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan chiqishiga harakat qiladi. Maqsad - turli sotsial sharoitlarda shaxs xulq-atvorining psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning oldini olish yo‘l-yuriqlarini ishlab chiqishdan iborat.
    G.Andreyeva fikricha, kognitivizm sotsial ong psixologiyasi kabi insonning sotsial hodisalarni anglash muammosini tadqiq etuvchi yo‘nalishning kelib chiqishiga turtki bo‘ldi.

    IV.5. Sotsial psixologiyada interaksionizm


    Interaksionizm kelib chiqishi bo‘yicha - sotsiologik nazariya bo‘lib, Gerbart Midning simvolik (belgili) interaksionizmiga asoslangan. G.Mid insonlarning sotsial faoliyat va muloqot jarayonidagi o‘zaro hamkorligini tadqiq etgan. Asosiy g‘oya - shaxs doimo sotsial va u jamiyatdan tashqarida shakllanishi mumkin emas.Shaxsning rivojlanishi belgilar tizimini o‘zlashtirish orqali qaraladi. Bu bilan inson va hayvonot dunyosi orasidagi farq qiyoslanadi. Kommunikatsiya deganda esa simvollar almashinuvi nazarda tutilib, ushbu jarayonda yagona mohiyat va fikrga kelinadi. Bosh belgi tizimi til hisoblanadi.

    Download 3,89 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   143




    Download 3,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qaysi atama shaxsning guruhga munosabatini ifodalab, uning a’zolariga ta’sir o‘tkazuvchi va maqsadga yetaklovchiga nisbatan ishlatiladi? 256

    Download 3,89 Mb.