• Bernda «Katta»
  • TRANSAKT TAHLIL QUYIDAGILARNI O‘Z ICHIGA OLADI
  • IV.8. Sotsial psixologiyada ekzistentsial psixologiya
  • «Katta (ulg‘aygan) «Men - holati»




    Download 3,89 Mb.
    bet26/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    «Katta (ulg‘aygan) «Men - holati» - odamning o‘z tajribasiga tayangan holda borliqni ob’yektiv baholash va shu asosda mustaqil, vaziyatga mos keluvchi qarorlar qabul qilish qobiliyati xos. Ulg‘ayganlik holati butun hayot davomida rivojlanish imkoniyatiga ega. «Katta»ning lug‘ati reallikga bo‘lgan beasos mulohazalardan holi ravishda qurilgan bo‘lib, ob’yektiv va sub’yektiv reallikni ob’yektiv ravishda o‘lchash, baholash va ifoda eta olish imkonini beruvchi tushunchalardan iborat. «Kattalik, ulg‘ayganlik» holati ustun odamlar ob’yektiv ratsional bo‘lib, eng muvofiq adaptiv xulq-atvorni amalga oshirish imkoniyatiga egalar. Agar «Ulg‘ayganlik» holati muhrlangan bo‘lib, faoliyat ko‘rsatmasa, bunday odam o‘tmishda yashaydi, u o‘zgaruvchan dunyoni anglay olmaydi. «Farzand» va «Ota-ona» hayot kontseptsiyasi bo‘lsa, «Farzand» his-tuyg‘ular asosidagi hayot kontseptsiyasidir, «Ulg‘ayganlik» esa ma'lumot yig‘ish va uni tahlil etishga qaratilgan tafakkur asosidagi hayot kontseptsiyasidir.


    Bernda «Katta» - «Ota-ona» va «Farzand» orasidagi qozi rolini o‘ynaydi. U «Ota-ona» va «Farzand»da yozilgan ma'lumotni tahlil etgan holda mazkur vaziyatda qanday xulq-atvor muvofiqligini, qaysi stereotiplardan voz kechib, qaysilarini qoldirish kerakligini tanlaydi. Shu sababli korrektsiya doimiy «Ulg‘aygan, katta» xulq-atvorni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, uning maqsadi «Doimo katta (bo‘ladi)».
    TRANSAKT TAHLIL QUYIDAGILARNI O‘Z ICHIGA OLADI:

    Tizimli tahlil - shaxs tizimi tahlili



    Transaktsiyalar analizi - odamlar orasidagi verbal va noverbal o‘zaro ta’sir (munosabat)lar

    Yutuqqa - xohlagan natijaga olib keluvchi yashirin transaktsiyalar, psixologik o‘yinlar analizi

    Inson o‘zi xohlamagan holda rioya qiluvchi ssenariy, individual hayotiy ssenariy analiz (skript - analiz)

    IV.8. Sotsial psixologiyada ekzistentsial psixologiya
    Ushbu terapevtik yo‘nalish asoschilari Rollo Mey va Irvin Yalom hisoblanadi. Bu nazariya dinamik xarakterda bo‘lib, unda terapiya mijozning universal ekzistensial notinchligiga qarama-qarshi ravishda olib boriladi.
    Bu terapevtik yo‘nalishning asosiy mohiyati «inson sub’yektivligi uning hayotiy tajribasi natijasidir» degan fikrga tayanadi. Bu yo‘nalishning asosiy vazifasi - insonga hayotning fundamental savollariga javob topishga ko‘maklashishdan iborat.
    Djeyms Byudjental ekzistensial yondashuvning nazariyotchisi sifatida quyidagi fikrlarni bildiradi:

    Download 3,89 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   143




    Download 3,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Katta (ulg‘aygan) «Men - holati»

    Download 3,89 Mb.