|
Qaysi nazariya yangi psixologik yo‘nalish - gumanistik psixologiyaning kelib chiqishiga turtki bo‘ldi?
|
bet | 29/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024Qaysi nazariya yangi psixologik yo‘nalish - gumanistik psixologiyaning kelib chiqishiga turtki bo‘ldi?
Bixeviorizm
Kognitivizm
Psixoanaliz
Interaksionizm
Qaysi psixologik yo‘nalish o‘rganish ob’yekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo‘lgan kognitiv holatlar sanaladi?
Psixoanaliz
Kognitivizm
Bixeviorizm
Interaksionizm
Qaysi nazariya shaxs doimo sotsial va jamiyatdan tashqarida shakllanishi mumkin emas degan g‘oyani ilgari suradi?
Psixoanaliz
Interaksionizm
Kognitivizm
Bixeviorizm
Sotsiometriyaga kim asos slogan?
Yakob Levi Moreno
R.Atkinson
Ya.L.Kolominskiy
Erik Lennard Bern
Qaysi nazariya amaliyotda alohida odamlar bilan ishlashdan tashqari er- xotin, oilalar, turli guruhlarni korrektsiyalash tizimini tashkil etadi?
A) Psixodinamika
B) Bixeviorizm
C) Zamonaviy transakt tahlil
D) Psixoanaliz
Ekzistentsial psixologiya asoschilari kimlar?
R.Mey, I.Yalom
I.Pavlov, V.Bexterev
G.Xaymen, T.Sarbin
K.Yung,
E.Fromm
V BOB. SOTSIAL PSIXOLOGIYADA SHAXS MUAMMOSI
V.1. Shaxs - sotsial ta’sirlar mahsuli sifatida
«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llanilladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning sotsial mavqei, sotsial tadqiqotchi ham shaxsning sotsialligi va aynan jamiyat bilan bo‘lgan aloqasi masalasini chetlab o‘tolmagan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Homo sapiens» - «aqlli zot» tushunchasini o‘zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo‘lganiga tahminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish.
Charlz Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko‘proq biologik omillardan ko‘ra, sotsial omillar ta’sirida ro‘y bermoqda. Shuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o‘rganish masalasi uning bevosita sotsial muhiti va uning sotsial normalari doirasida o‘rganishni taqozo etadi.
Sotsial muhit - bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu sotsial olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan sotsial xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo‘ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bo‘lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar.
Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, A.Navoiy kabi ko‘plab Sharq allomalari ham bu o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va sotsial sirlarini ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlaganlar. Barcha qarashlarda umumiy bo‘lgan narsa shu bo‘lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda tutgan o‘rni va mavqeini bilish zarur. Shaxsni o‘rganishning munosabatlar tizimidagi o‘rni bilan belgilanishi kerak.
Lekin, shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar masalasi birdaniga, bir xil yechimga kelinmagan. Bu o‘zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan kelib chiqadi.
N ativizm yo‘nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni tug‘ma xarakterga ega, deb e’tirof etadilar (Lens, Gruber va boshqalar).
Empirizm tarafdorlarining fikricha, yangi tug‘ilgan va bola go‘yoki «top-toza taxta» (tabula rasa), unga hayot va undagi talablar o‘zining qonuniyatlarini yozadi va bola ularga so‘zsiz bo‘ysunishga majbur. Bu yo‘nalishning asoschilaridan biri Djon Lokk bo‘lib (1632 - 1704) uning fikricha, tug‘ma fikrlar yoki g‘oyalar bo‘lishi mumkin emas, ular xohish-tilak va og‘riq kabi elementar sezgilarning qayta ishlanishi natijalaridir. Hayotda ana shunga o‘xshash turli xil sezgilar va g‘oyalarning assotsiatsiyasi ro‘y beradi.
Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716) Lokka e’tiroz bildirib, hayotda umuman toza, sof doskaning o‘zi bo‘lmaydi, xattoki, eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida ham sezilarli teshiklar, do‘ngliklar yoki tug‘ma asoratlar bo‘ladiki, ular layoqatlardek, inson taqdirida ma’lum rol o‘ynaydi.
Bu ikkala yirik yo‘nalish o‘rtasidagi tortishuvlarga chek qo‘yish maqsadida Frensis Galton qator eksperimental tadqiqotlar o‘tkazib, har bir individga xos differensial xususiyatlar mavjudligini «egizaklar metodi» yordamida asoslashga harakat qildi.
Galtondan keyingi tadqiqotlarda musiqaga bo‘lgan qobiliyatga ona tilining xususiyati ta’sir qilishi aniqlandi: yumshoq-tonal yoki keskir (qo‘pol) tonal bo‘lmagan tillar. Masalan, keskinroq hisoblangan rus tilida gapiruvchi bolalardagi musiqani idrok qilish yumshoq, tonal tillarda so‘zlashuvchi vyetnamliklarning idrokidan ancha past chiqqan.
Lekin yuqoridagi fikrlar va tortishuvlaming kelib chiqish sababi tushunarli bo‘lishi kerak: ular insonning asl mohiyatini tushunish va uning xulqini boshqarish ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Demak, inson jamiyat a’zosi sifatida uning normalariga bo‘ysunadi, uning kutishlariga javob berishga harakat qiladi va o‘z xulqini uning talablariga monand qilishga intiladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, shaxs fenomeniga ta’rif berish mumkin.
Shaxs - sotsial va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning sub ’yekti bo‘lmish individdir. Shaxsga taalluqli bo‘lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab sotsial munosabatlarga bevosita aloqadorlik, sotsial faoliyatga nisbatan ham ob’yekt, ham sub’yekt bo‘lishlikdir.
Shaxsga taalluqli bo‘lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, sotsial ta’sirlarni o‘z ongi va idroki bilan qabul qilib (ob’yektni), so‘ngra shu ta’sirlarning sub’yekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq «mening hayotim», «bizning dunyo» degan sotsial muhitga tushadi.
Bu muhit o‘sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit - kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, udumlar, turli xil tillar olami bo‘lib, undagi ko‘plab qoidalarga ko‘pchilik mutloq qo‘shiladi, ba’zilar qisman qo‘shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo‘ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta’qiqlanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib-qoidalarni qabul qiluvchi sub’yekt bo‘lsa, jamiyat - sotsial intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko‘rinishidir.
Shaxs sotsial xulqiga turli tashqi kuchlar ta’sir qiladi: siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy va boshqalar. Bu ta’sirotlar mohiyatan aslida jamiyat a’zolari bo‘lmish shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ayrim alohida yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Shunday qilib, shaxs turli sotsial munosabatlar tizimi ta’sirida bo‘ladi va ko‘plab sotsial institutlar (oila, mahalla, o‘quv maskanlari, mehnat jamoalari, norasmiy tashkilotlar, din, san’at, madaniyat va boshqalar) bilan bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, shaxsdagi turli g‘oyalar, fikrlar va mafkura mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog‘cha, maktab va boshqa o‘quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta’sir uning e’tiqodi darajasida ko‘tarilsa va unda yana yangidan-yangi fikrlar va g‘oyalarning paydo bo‘lishi va o‘sishiga olib kelsa, shaxs taraqqiyoti jarayonida shunday faoliyat sohasini tanlaydiki, u o‘z qobiliyatlari, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli sifatida yoki o‘qituvchi, yoki vrach, yoki olim, kashfiyotchi, muhandis bo‘lib, elu- yurtiga xizmat qiladi.
Iqtisodiy munosabatlar ham shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlari shakllanishida katta rol o‘ynaydi. Masalan, bosqichma-bosqich bozor munosabatlariga o‘tayotgan O‘zbekiston sharoitini oladigan bo‘lsak, yangicha iqtisodiy o‘zgarishlar, bozor, raqobat, legalizatsiya, liberalizatsiya, ya’ni erkinlashtirish va shunga o‘xshash yangiliklar har bir shaxsning moddiy boyliklar va ularga bo‘lgan shaxsiy munosabatlarida aks etib, uning iqtisodiy ongi, tafakkuri va iqtisodiy xulqi normalarini belgilaydi.
V.2. Sotsial normalar, sanksiyalar va shaxs
|
| |