|
Zamonaviy transakt tahlil
|
bet | 25/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024Zamonaviy transakt tahlil - shaxs nazariyasini, kommunikatsiyalar nazariyasini, bolalar rivojlanish nazariyasini o‘z ichiga oladi. Amaliyotda u alohida odamlar bilan ishlashdan tashqari er-xotin, oilalar va turli guruhlarni korrektsiyalash tizimini tashkil etadi.
Bern bo‘yicha shaxs tuzilishi (strukturasi) uch «Men» yoki «Ego-holatlar»ning mavjudligi bilan xarakterlanadi: «Ota yoki ona», «Farzand», «Katta».
«Ota yoki ona» - shartlar, talab va ta’qiqlarning interiorizatsiyalashgan ratsional me’yorlari bilan namoyon bo‘luvchi «Ego-holat». «Ota yoki ona» - bu bolalikda ota-onadan yoki boshqa obro‘li shaxslardan olingan ma’lumot bo‘lib, o‘z ichiga xulq-atvor qoidalarini, sotsial me’yorlarni, u yoki bu vaziyatda amalga oshirish mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan me’yor va ta’qiqlardir. Ota-ona ta’siri ikki yo‘nalishda amalga oshadi: birinchisi, «Mendek qil» shiori ostida olib boriluvchi bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir, ikkinchisi, «Mendek emas, men aytganimdek qil» shiori bilan amalga oshiriluvchi bilvosita ta’sir. «Ota yoki ona» nazorat qiluvchi (ta’qiqlar, sanktsiyalar) yoki g‘amxo‘rlik qiluvchi (maslahat, qo‘llab-quvvatlash) bo‘lishi mumkin.
«Ota yoki ona»ga «Mumkin», «Majbur», «Hech qachon», «Demak, eslab qol», «Qanday bema’nilik», «Bechora» kabi direktiv jumlalar xos.
«Farzand» - odamdagi mazkur emotiv asos ikki shaklda namoyon bo‘ladi. «Tabiiy bola» - bolaga xos bo‘lgan barcha impulslar: ishonuvchilik, bevositalik, to‘g‘rilik, qiziquvchanlikni o‘z ichiga oladi; bular odamga munosabatlardagi o‘ziga xos maftunkorlik va iliqlilikni baxsh etadi. Shu bilan birga u injiq, tez hafa bo‘ladi, egotsentrik, o‘jar va agressivdir. «Adaptatsiyalangan bola» - ota-ona umid va talablariga mos keluvchi xulq-atvorni nazarda tutadi. «Adaptatsiyalangan bola»ga yuqori konformlik, o‘ziga ishonchsizlik, uyatchanlik, tortinchoqlik xos». Adaptatsiyalangan bola» qatoriga ota-onasiga qarshi chiquvchi «qo‘zg‘alonchi» bolalar ham mansub. «Farzand»ga «Men xohlayman», «Men qo‘rqaman», «Men yomon ko‘raman», «Meni ishim yo‘q» kabi jumlalar xos.
|
| |