|
Namoyon qilinishiga qarab
|
bet | 33/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024Namoyon qilinishiga qarab faol va yashirin rollarga ajratiladi. Faol rol aniq bir vaziyat yoki vaqtda bajariladi, yashirin rol esa dolzarb vaqtda namoyon bo‘lmaydi, lekin ushbu jarayonda u mavjud bo‘ladi.
Bundan tashqari taqdirga bitilgan (ayol, yosh bola, o‘zbek) va hayot davomida o‘zlashtirilgan (ona, rahbar, o‘qituvchi) rollarga bo‘linadi.
Sotsial rollar borasida ish olib borgan psixologlar Djorj Mid va Tamotsu Shibutanining fikriga ko‘ra, sotsial rollar shaxsning aniq bir vaziyatda optimal harakat qilishini ta’minlovchi uzoq vaqt davomida shakllanib kelgan xulq-atvor usullaridir.
Har bir rol o‘zining huquq va majburiyatlar to‘plamiga egadir. Majburiyat - o‘z rolidan kelib chiqib unga yoqadimi yoki yo‘qmi qat’iy nazar shaxs bajarishi lozim bo‘lgan xulq-atvor va xatti-harakatlar ketma-ketligi.
O‘z roliga mos bo‘lgan majburiyatini bajarar ekan, har bir shaxs boshqalardan talab qilishi mumkin bo‘lgan huquqlarga ham ega. Majburiyatlar hamisha burchlar bilan birgalikda kechadi. Ularning uyg‘unligi sotsial rolning me’yorida bajarilishini ta’minlaydi, aksincha holat esa sotsial rolning yaxshi o‘zlashtirilmaganligidan dalolat beradi.
V.4. Sotsial rolning shaxs shakllanishiga ta’siri
Sotsial rolning shaxs shakllanishiga ta’siri juda katta. Shaxs o‘zi bajaradigan rollar tufayli boshqalar bilan munosabatga kirishadi. Shaxsning bajaradigan rollari qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning hayotga va jamiyatga moslashuvi osonroq kechadi. Yangi rolni zimmasiga olish ham shaxsdan katta mas’uliyatni talab etishi bilan birga shaxs ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun psixoterapiyada shaxs xulqini korreksiya qilishga yordam beruvchi o‘zida psixodrammani qamrab olgan imagoterapiya deb nomlanuvchi usul qo‘llaniladi.
Bu usul Yakob Levi Moreno tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, unga ko‘ra patsientga yangi - o‘zi istagan, lekin imkoni bo‘lmagan rolni bajarish imkoni beriladi. Bu orqali Moreno nevrozlarni davolagan. Har bir rolni o‘ziga xos bajarilishida shaxsning xarakteri, temperamenti va shaxsiy xususiyatlari ham katta rol o‘ynaydi.
|
| |