|
Sotsial psixologiya
|
bet | 32/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024Rolning masshtabi - shaxslararo munosabatlar oralig‘iga bog‘liq. Masalan, er va xotin roli ular munosabatlarining kengligi yoki torligiga bog‘liq.
Rolni qabul qilish – shaxs uchun ushbu rolning qanchalik muhimligiga bog‘liq. Kampir, chol, erkak, ayol kabi rollar shaxsning yoshi va jinsi bilan bog‘liq ravishda egallanadi va uni egallashda hech qanday murakkablik kuzatilmaydi.
Ba’zi rollar esa hayot davomida egallanadi va hatto maxsus choralar orqali egallanadi, bular shaxsning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq rollar hisoblanadi.
Sotsial rollar emotsionallik darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Har bir rol uning sub’yekti namoyon qiluvchi emotsionallikni o‘zida aks ettirish imkoniyatiga ega. Ya’ni, sotsial normalar, urf-odatlar, moda ma’lum vaziyatlarda inson emotsional holatini namoyon qilishiga ta’sir qiladi.
Sotsial rolni shakllantirish ayni rolni bajaruvchining shaxslararo munosabatdagi o‘ziga xosligi bilan aniqlanadi. Ba’zi rollar faqat xulq-atvorning
qat’iy reglamenti bilan rasmiy munosabat o‘rnatishni talab etsa; ba’zilari - faqat norasmiy; boshqasi esa o‘zida rasmiy va norasmiy munosabatlarni uyg‘unlashtirishi mumkin.
Masalan, birga ishlaydigan hamkasblar rasmiy munosabatlardan so‘ng yaqin munosabatlarda ham bo‘lishlari mumkin.
Rollar motivatsiyasi esa shaxsning ehtiyoj va motivlariga bog‘liqdir. Turli xil rol o‘ziga xos motivatsiya bilan shartlashgandir. Ota-onalik roli bolasiga g‘amxo‘rlik qilishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, rahbar shu tashkilotning yutug‘i uchun qayg‘uradi.
Sotsial rollarning turi shaxsning qaysi munosabat va faoliyat turiga taalluqli ekanligiga ko‘ra ajratiladi. Jamoatchilik munosabatlariga ko‘ra sotsial va shaxslararo sotsial rollar mavjud.
Sotsial rollar sotsial maqom, kasb yoki faoliyat turiga bog‘liq. Bu shaxsi noaniq bo‘lgan standartlashtirilgan rollar uni kim bajarayotganligidan qat’iy nazar shu rolning huquq va majburiyatlari asosiga quriladi. Ijtimoiy demografik rollar: er, xotin, o‘g‘il, qiz va h.k kirsa, shaxslararo rollarga emotsional darajada boshqariluvchi shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan lider, arazlagan shaxs, xafa yoki xursand shaxs kabi rollar kiradi.
|
| |