• O‘zi-o‘ziga bahoning o‘ta yuqori bo‘lishi
  • Realistik baho
  • O‘z-o‘ziga bahoning past bo‘lishi




    Download 3,89 Mb.
    bet36/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    O‘z-o‘ziga bahoning past bo‘lishi ko‘pincha atrofdagilarning shaxsga nisbatan qo‘yayotgan talablarining o‘ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e’tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o‘qishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyatsizliklar oqibatida hosil bo‘lishi mumkin. Bunday o‘smir yoki katta odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetroqda yurishga harakat qilishi, o‘zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik kayfiyatida bo‘lishi bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar va xatti- harakatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suisidal harakatlar, ya’ni o‘z joniga qasd qilish, real borlig‘idan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin.
    O‘zi-o‘ziga bahoning o‘ta yuqori bo‘lishi ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo‘rttirilishi, noo‘rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chetlab o‘tishga intilish tufayli shakllanadi. Ana shunday sharoitda paydo bo‘ladigan psixologik holat «noadekvatlilik affekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchraganda yoki o‘zida nochorlik, uquvsizliklarni sezganda ham buning sababini o‘zgalarda deb biladi va shunga o‘zini ishontiradi ham (masalan, «xalaqit berdi-da», «falonchi bo‘lmaganida» kabi bahonalar ko‘payadi). Ya’ni, nimaiki bo‘lmasin, aybdor o‘zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar haqida bora-bora odamlar «oyog‘i yerdan uzilgan», «manmansiragan», «dimog‘dor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar. Demak, o‘z-o‘ziga baho realistik, adekvat, to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
    Realistik baho shaxsni o‘rab turganlar - ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qo‘ni-qo‘shni va yaqinlarning o‘rinli va asosli baholari, real samimiy munosabatlari mahsuli bo‘lib, shaxs ushbu munosabatlarni ilk yoshligidanoq holis qabul qilishga, o‘z vaqtida kerak bo‘lsa to‘g‘rilashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Bunda shaxs uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi - referent guruhning roli katta bo‘ladi. Chunki biz kundalik hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq
    solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari, hattoki, maqtab turib bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday referent guruh real mavjud bo‘lishi (masalan, ota-ona, o‘qituvchi, ustoz, yaqin do‘stlar), yoki noreal, xayoliy (kitob qahramonlari, sevimli aktyorlar, ideal) bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yoshlar tarbiyasida yoki real jamoadagi odamlarga maqsadga muvofiq ta’sir yoki tazyiq ko‘rsatish kerak bo‘lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
    Shunday qilib, o‘z-o‘ziga baho sof sotsial hodisa bo‘lib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni o‘rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Keng ma’nodagi yirik sotsial jamoalar etalon rolini o‘ynashi oqibatida shakllanadigan o‘z-o‘ziga baho - o‘z-o‘zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi. Masalan, mustaqillik sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy qadriyatlarimiz, vatanparvarlik, adolat va mustaqillik mafkurasiga sadoqat hislarining tarbiyalanishi, tabiiy, har bir yosh avlodda o‘zligini anglash, o‘zi mansub bo‘lgan xalq va millat ma’naviyatini qadrlash hislarini tarbiyalamoqda. Bu esa, o‘sha yuksak o‘z-o‘zini anglashning poydevori va muhim shakllantiruvchi mexanizmidir.
    Demak, o‘z-o‘zini baholash - o‘z-o‘zini tarbiyalashning muhim mezonidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi:

    • o‘z-o‘zi bilan muloqot (o‘zini konkret tarbiya ob’yekti sifatida idrok etish va o‘zi bilan muloqotni tashkil etish sifatida);

    • o‘z-o‘zini ishontirish (o‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali ijobiy xulq normalariga bo‘ysundirish);

    • o‘z-o‘ziga buyruq berish (tig‘iz va ekstremal holatlarda o‘zini qo‘lga olish va maqbul yo‘lga o‘zini chorlay olish sifati);

    • o‘z-o‘ziga ta’sir yoki autosuggestiya (sotsial normalardan kelib chiqqan holda o‘zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish);

    • ichki intizom - o‘z-o‘zini boshqarishning muhim mezoni, har doim har yerda o‘zining barcha harakatlarini muntazam ravishda korreksiya qilish va boshqarish uchun zarur sifat.

    Yuqoridagi o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlari orasida psixologik nuqtai nazardan o‘z-o‘zi bilan amalga oshiriladigan ichki dialog alohida o‘rin tutadi. O‘z- o‘zi bilan dialog - oddiy til bilan aytganda, o‘zi bilan o‘zi gaplashishdir. Aslida bu qobiliyat bizning boshqalar bilan amalga oshiradigan tashqi dialoglarimiz asosida rivojlanadi, lekin aynan ichki dialog muhim regulyativ rol o‘ynaydi. Yevgeniy Aleksandrovich Klimov bunday dialogning bosqichlarini ko‘rsatib o‘tadi. 3-jadvalda shaxs ichki dialogining bosqichlari va har bir bosqichga xos bo‘lgan belgilar keltirilgan.

    Download 3,89 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   143




    Download 3,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘z-o‘ziga bahoning past bo‘lishi

    Download 3,89 Mb.