|
Sotsial psixologiya
|
bet | 38/143 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #229196 | Turi | Учебник |
Bog'liq Darslik tayyor 2024Tayanch tushunchalar: sotsial norma, sanksiya, rol, rolning masshtabi, rolni qabul qilish, emotsionallik, rolni shakllantirish, rollar motivatsiyasi, faol va yashirin rollar, imagoterapiya, texnik va fikriy, “Men” obrazi, refleksiya, haqiqiy “Men”, yolg‘on “Men”, Persona, referent.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
Sotsial norma deganda nimani tushundingiz?
Sotsial sanksiyalar qanday holatlarda ishlatiladi?
Ilk marotaba sotsial rol tushunchasini kimlar kiritgan, ularning ta’rifi?
Namoyon qilinishiga qarab faol va yashirin rollarni tushuntirib bering.
Rollardagi nizolar haqida olimlarning fikrlarini bayon qiling.
T.Parsons bo‘yicha sotsial rolning asosiy tavsiflari
Refleksiya tushunchasiga izoh bering.
“Men” obrazi deganda nimani tushundingiz?
O‘z-o‘zini anglashda yosh va jinsiy o‘ziga xoslik haqida fikr bildiring.
Persona tushunchasi haqida fikringizni bayon qiling.
O‘z-o‘ziga bahoning mohiyatini tushuntiring.
O‘z-o‘zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga nimalar kiradi?
Bilimlarni mustahkamlash uchun test savollari
Shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanuvchi obraz?
Men
Individ
Jamoa
Rol
Kimning nazariyasiga ko‘ra, o‘z-o‘zini anglash, o‘zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko‘pincha konkret shaxs tomonidan og‘ir kechadi, ya’ni inson tabiati shundayki, u o‘zidagi o‘sha jamiyat normalariga to‘g‘ri kelmaydigan, noma’qul sifatlarni anglamaslikka, ularni «yashirishga» harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi?
Leybnits
Darvin
Z. Freyd
E. Fromm
|
| |